Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.05.2000 yildagi 69-II-son
Дата вступления в силу
15.06.2000
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 24.06.2003 sanasi holatiga | Hujjat 24.03.2006 sanasi holatiga |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI |
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA | TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA |
I. UMUMIY QOIDALAR | I. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari | 1-modda. Qonunning asosiy vazifalari |
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. | Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. |
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari | 2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari |
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. | Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. |
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi. | Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi | 3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi |
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. | Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. |
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari | 4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari boʻlishi mumkin emas. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari boʻlishi mumkin emas. |
5-modda. Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlaridir: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, savdo, xizmat koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar; sanoat sohasida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan qirq kishi, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida koʻpi bilan yigirma kishi, fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — koʻpi bilan oʻn kishi boʻlgan kichik korxonalar. Xodimlarining oʻrtacha yillik soni kichik korxonalar uchun belgilanganidan koʻproq, ammo sanoatda — yuz kishidan, qurilishda — ellik kishidan, qishloq xoʻjaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlarida — oʻttiz kishidan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — yigirma kishidan koʻp boʻlmagan oʻrta korxonalar oʻrta tadbirkorlik subyektlaridir. Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi. Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari jumlasiga kiritiladi. | 5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar; quyidagi tarmoqlardagi: yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi; fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korxonalar. Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shuʼba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi. Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi. Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab oʻtilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning toʻgʻriligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan subyektlar zimmasiga yuklatiladi. Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. |
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik | 6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik |
Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. | Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. |
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq tufayli oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. | Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq tufayli oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. |
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi. | Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi. |
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati | 7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati |
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi: | Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi: |
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; | er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; |
oddiy shirkat; | oddiy shirkat; |
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin. | yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin. |
Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilayotganda tasdiqlanishi lozim. | Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilayotganda tasdiqlanishi lozim. |
Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bogʻliq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa aʼzolarining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bogʻliq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa aʼzolarining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. |
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari boʻlishlari mumkin. | Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari boʻlishlari mumkin. |
Dehqon xoʻjaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. | Dehqon xoʻjaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. |
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari | 8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli: | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli: |
qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; | qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; |
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va oʻz mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) isteʼmolchilarini tanlash; | mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va oʻz mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) isteʼmolchilarini tanlash; |
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno; | tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno; |
oʻz mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; | oʻz mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; |
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yoʻli bilan; | binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yoʻli bilan; |
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. | belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari | 9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari: | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari: |
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari; | oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari; |
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari; | yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari; |
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari; | xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari; |
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishlari; | realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishlari; |
pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari; | pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari; |
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari; | buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari; |
oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart. | oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari | 10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari |
Tadbirkorlik subyektlari oʻz huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. | Tadbirkorlik subyektlari oʻz huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. |
II. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI | II. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI |
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish | 11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. |
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas. | Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas. |
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydilar va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlaydilar. | Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydilar va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlaydilar. |
12-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxs ariza bergan paytdan boshlab uch kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. Jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimini toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etganidan keyin unga arizasida koʻrsatilgan muddatga yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimi bank muassasalari yoki aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlari orqali toʻlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimi stavkasining eng yuqori miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimi miqdorlari va uni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bunday qarorni qabul qilgan organ jismoniy shaxsni bu haqda uch kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlarida hisobga turishi shart. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi hisobga qoʻyish uchun asosdir. | |
13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash | 13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash |
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi. | Litsenziyalanishi lozim boʻlgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi. |
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi | 14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi |
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin. |
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin. | Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin. |
15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish | 15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafil boʻlishlari mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻlishlari mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafil boʻlishlari mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻlishlari mumkin. |
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash tariqasida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfi sugʻurtasi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisidan foydalanishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash tariqasida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfi sugʻurtasi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisidan foydalanishi mumkin. |
Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega. | Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish sugʻurta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish sugʻurta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish | 16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. |
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgartishlar kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq oʻzgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi oʻzgarishlar deb hisoblanmaydi. | Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgartishlar kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq oʻzgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi oʻzgarishlar deb hisoblanmaydi. |
17-modda. Hisob va hisobot | 17-modda. Hisob va hisobot |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar. |
Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar. | Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar. |
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi. | Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi. |
III. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI | III. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI |
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari | 18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari |
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. | Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. |
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. | Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. |
Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. | Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. |
Tadbirkorlarga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. | Tadbirkorlarga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. |
19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari | 19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari |
Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab oʻtish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin. | Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab oʻtish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin. |
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari | 20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno. |
21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari | 21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar. |
Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. | Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin. |
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari | 22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tariqasida qoʻshimcha roʻyxatdan oʻtmagan holda valyuta hisobvaraqlari ochishi va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi uchun asos boʻladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. |
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari | 23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi. |
Mol-mulk mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli. | Mol-mulk mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi. |
24-modda. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari | 24-modda. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari |
Fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. | Fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. |
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. | Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. |
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. | Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. |
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak. | Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak. |
25-modda. Dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari | 25-modda. Dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari |
Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. | Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. |
Dehqon xoʻjaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi boʻlinmaydi. | Dehqon xoʻjaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi boʻlinmaydi. |
Tomorqa yer uchastkasining oʻlchamlari va chegarasi faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. | Tomorqa yer uchastkasining oʻlchamlari va chegarasi faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. |
Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga koʻchirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. | Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga koʻchirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. |
26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni oʻz nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari | 26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni oʻz nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari |
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi hamda ularni amalga oshiradi. | Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi hamda ularni amalga oshiradi. |
Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini koʻrsatishi lozim. Bunday eslatmaning boʻlmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi. | Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini koʻrsatishi lozim. Bunday eslatmaning boʻlmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi. |
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim. | Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim. |
27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari | 27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin. |
28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika resurslari, urugʻlik materiallar, koʻchatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari | 28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika resurslari, urugʻlik materiallar, koʻchatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari |
Fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilgʻi-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral oʻgʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xoʻjalik yuritish subyektlari bilan teng huquqlarga ega. | Fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilgʻi-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral oʻgʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xoʻjalik yuritish subyektlari bilan teng huquqlarga ega. |
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) fermer va dehqon xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar. | Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) fermer va dehqon xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar. |
29-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suvdan foydalanishni amalga oshirish kafolatlari | 29-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suvdan foydalanishni amalga oshirish kafolatlari |
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suvdan foydalanishni qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilangan har yilgi limitlar asosida boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi. | Fermer va dehqon xoʻjaliklari suvdan foydalanishni qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilangan har yilgi limitlar asosida boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi. |
Suv isteʼmoli limitlari faqat fermer, dehqon xoʻjaligining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin, suv obyektlarida suvning pasayib ketish hollari bundan mustasno. | Suv isteʼmoli limitlari faqat fermer, dehqon xoʻjaligining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin, suv obyektlarida suvning pasayib ketish hollari bundan mustasno. |
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suvdan foydalanish huquqlarini davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. | Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suvdan foydalanish huquqlarini davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. |
30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari | 30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega. |
Budjetdan tashqari fondlar mablagʻlaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin. | Budjetdan tashqari fondlar mablagʻlaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin. |
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin. | Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin. |
31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari | 31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari |
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi. | Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi. |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin. | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin. |
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi. | Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi. |
32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari | 32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno boʻlib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya toʻgʻrisidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno boʻlib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya toʻgʻrisidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. |
33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari | 33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari |
Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyatining subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega boʻlib, bu nom ustavni tasdiqlash vaqtida belgilab qoʻyiladi hamda davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. | Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyatining subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega boʻlib, bu nom ustavni tasdiqlash vaqtida belgilab qoʻyiladi hamda davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomiga juda oʻxshash boʻlib, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatga olinishi mumkin emas. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomiga juda oʻxshash boʻlib, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatga olinishi mumkin emas. |
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatga olinganligi asosida beriladi. | Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatga olinganligi asosida beriladi. |
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli boʻladi. | Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli boʻladi. |
Firma nomini, tovar belgisini (xizmat koʻrsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. | Firma nomini, tovar belgisini (xizmat koʻrsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. |
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) egasiga tegishlidir. | Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) egasiga tegishlidir. |
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari | 34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari |
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. | Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. |
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. | Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno. |
IV. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh | IV. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh |
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish | 35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish |
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli. | Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli. |
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. | Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. |
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli. | Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli. |
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish | 36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning oʻziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazolarga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning oʻziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazolarga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi. |
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin. | Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin. |
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish | 37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish |
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini koʻrayotganligi tufayli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan hollarda himoya qilinadi. | Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini koʻrayotganligi tufayli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan hollarda himoya qilinadi. |
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi. | Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi. |
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqa maʼlumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. | Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqa maʼlumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart. | Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart. |
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi. | Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi. |
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash | 38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash |
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qoʻshib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qoʻshib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin. |
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak. | Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak. |
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sudning qarori asosida qoplanishi kerak. | Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sudning qarori asosida qoplanishi kerak. |
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning cheklanishi Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq rejali tartibda, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin. Soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda toʻlab turadigan, boshqa normalar va qoidalarga rioya etadigan, har yillik tegishli auditorlik xulosalariga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishdan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin. Oʻtkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib borishiga toʻsqinlik keltirib chiqarmasligi lozim. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi aʼzosi boʻlmish tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish mazkur palata vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Qoʻzgʻatilgan jinoiy ishning mavjudligi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tekshirish uchun asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining qoʻzgʻatilgan jinoiy ish bilan bogʻliq faoliyatigina qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega. Tekshirish natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi. | 39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning cheklanganligi Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu moddaning ikkinchi—beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilishi mumkin emas. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin. Oʻtkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga aʼzo tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar mazkur Palata vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish uchun qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligi asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin boʻlib, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi”; 391-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmasligi Tadbirkorlik subyektlari nazorat organlarining tekshirishlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi. |
40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar | 40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar |
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. |
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishni oʻtkazish rejasidan koʻchirma, nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi hamda tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning shaxsiy guvohnomalari boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. | Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishni oʻtkazish rejasidan koʻchirma, nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi hamda tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning shaxsiy guvohnomalari boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. |
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar. | Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar. |
V. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh | V. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh |
41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari | 41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari |
Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida: | Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida: |
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni oʻrganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi; | tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni oʻrganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi; | tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda koʻmaklashadi; | tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda koʻmaklashadi; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda koʻmaklashadi; | tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda koʻmaklashadi; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi; | tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashadi; | tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashadi; |
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi. | tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi. |
42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari | 42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida: | Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida: |
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; | tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; |
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi; | tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilaydi; | tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilaydi; |
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi. | tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi. |
43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi | 43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi |
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: | Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: |
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; | tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; |
eksport-import operatsiyalari, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish; | eksport-import operatsiyalari, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan taʼminlash; | tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan taʼminlash; |
zooveterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish; | zooveterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish; |
soliqlar, yigʻimlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar belgilash. | soliqlar, yigʻimlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar belgilash. |
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. |
44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari | 44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari |
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin. | Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin. |
45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya | 45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya |
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllashga haqli. | Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllashga haqli. |
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega. | Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega. |
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar tugatilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak. | Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar tugatilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak. |
46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya taʼminoti manbai isteʼmolidagi imtiyozlar | 46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya taʼminoti manbai isteʼmolidagi imtiyozlar |
Energiya taʼminoti manbai boʻyicha qishloq xoʻjalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi. | Energiya taʼminoti manbai boʻyicha qishloq xoʻjalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi. |
47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash | 47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash |
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi. | Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi. |
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. | Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. |
VI. YAKUNIY QOIDALAR | VI. YAKUNIY QOIDALAR |
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) | 48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) |
Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi. |
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi. |
Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi. | Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi. |
Tadbirkorlik subyekti faoliyatining toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Tadbirkorlik subyekti faoliyatining toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish | 49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish |
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishlariga koʻra boʻysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. | Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishlariga koʻra boʻysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. |
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi. | Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi. |
50-modda. Nizolarni hal etish | 50-modda. Nizolarni hal etish |
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. | Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. |
51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik | 51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik |
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2000-yil 25-may, | 2000-yil 25-may, |
69-II-son | 69-II-son |