14.03.2017 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish va davolashning samarali tizimini tashkil etish, uyqu arteriya stenoziga chalingan bemorlarni xirurgik davolashning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya boʻlimi negizida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish, uning bemorlar oʻrin fondini 40 oʻringacha yetkazish, shu jumladan 20 ta oʻrin pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga taʼminlanishi haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz muhriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlariga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish boʻyicha metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda koʻrgazmali operatsiyalar, taʼlim beruvchi maʼruzalar va seminarlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yoʻli bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan bogʻliq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sogʻliqni saqlash” tarmogʻiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar mablagʻlari, pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan bemorlar oʻrin fondi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika muassasalarining bemorlar oʻrin fondi doirasida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek Markazni amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-kilinkasi hududida joylashtirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diagnostika va statsionarda davolanish uchun Markazga yoʻllanma (order)ni birinchi navbatda olish huquqini beruvchi miya qon-tomir yetishmovchiligiga chalingan bemorlar toifalari roʻyxatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Magistratura oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari tasniflagichiga “qon-tomir xirurgiyasi” mutaxassisligini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan birgalikda Markazning shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida Markazni joriy taʼminlash va tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 14-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 164-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)