Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017-yil 18-mart shanba dam olish kunini 2017-yil 20-mart dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Umumxalq Navroʻz bayramining yurtimiz maʼnaviy hayotidagi katta oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2017-yil 18-mart shanba dam olish kuni 2017-yil 20-mart dushanba kuniga koʻchirilsin va ish kuni deb hisoblansin;
2017-yil 20-mart dushanba kuni dam olish kuni deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-mart,
PQ-2839-son