Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 27.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-oktabrdagi 265-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risida Nizom 6-bandining beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining” so‘zlari “O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tarkibining o‘zbek tilidagi matnida “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida namunaviy nizomning o‘zbek tilidagi matni 6-bandidagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tumanlar (shaharlar) bo‘limlari” bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to‘g‘risida namunaviy nizom 16-bandining “d” kichik bandi o‘ninchi xatboshidagi “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining” so‘zlari “O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi