1. | M.M. Ikramov | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri, Kengash raisi |
2. | A.X. Saidov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Kengash raisining o‘rinbosari |
3. | T.A. Madumarov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
4. | K. Tog‘ayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari |
5. | B.A. Dehqonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari |
6. | I.J. Ergashxodjayev | — | O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari |
7. | lavozim bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
8. | R.S. Qosimov | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari |
9. | U.I. Inoyatov | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri |
10. | M.M. Muratov | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
11. | A.X. Yunusov | — | O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
13. | E.S. Kanyazov | — | Toshkent davlat yuridik universiteti rektori |
14. | B.A. Matlyubov | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi boshlig‘i |
15. | M.X. Hazratqulov | — | O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi direktori |
16. | A.D. Xadjayev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi direktori |
17. | F.F. Abduxolikov | — | O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi |
18. | A.A. Abdullayev | — | O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
19. | N.U. Kosimov | — | Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari |
20. | Sh.S. Javlonov | — | Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi |
21. | K.K. Kuranbaev | — | O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.02.2017 yildagi PQ-2761-son
Дата вступления в силу
09.02.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Qabul qilingan qonun hujjatlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishida normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida tarqatish, ijrochilarga va aholiga ularning mohiyati va mazmunini tushuntirishning samarali mexanizmlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, qonun hujjatlarini tarqatishning yaxlit tizimi shakllanmagan, normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan rasmiy tarqatmalarni ijrochilarga yetkazishning, tushuntirish ishlarini olib borishning tartibi va muddatlari hamda bu sohadagi nazorat o‘rnatilmagan.
Fuqarolarni huquqiy xabardor qilish, asosan, an’anaviy ommaviy axborot vositalari orqali qog‘oz ko‘rinishida amalga oshirilmoqda, bu esa huquqiy axborotning to‘liqligi va erkin foydalanilishiga, uning o‘z vaqtida tarqatilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunda aholining ijtimoiy faol qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyoj va so‘rovlari inobatga olinmayapti.
Mavjud kamchiliklar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylik tamoyillari samaradorligiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, ijrochilar va aholini qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati haqidagi huquqiy axborot bilan ta’minlashning sifatini oshirish, ushbu sohadagi ishlarni tashkil etishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida:
1. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlash, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek tegishli qonun hujjatlari matnidan moneliksiz foydalanish imkonini yaratish va o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo‘llanilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining muhim vazifalari etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan aniq davlat organlari, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatilishi shart;
hujjat nazoratni amalga oshirish yuklatilgan mas’ul davlat organi yoki tashkiloti, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi;
normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali) qog‘oz va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlarning axborot-tahliliy materiallari asosida, qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasi negizida:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 7 shtat birlik bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har yili tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning ahvoli to‘g‘risidagi axborotining eshitilishi amaliyotga joriy qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy baza)ga 2017-yilning 25-sentabridan normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishi munosabati bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini ta’minlash mas’uliyati yuklatilsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida qonun hujjatlarini tezkor tarqatish maqsadida himoyalangan aloqa kanallari (VPN) orqali idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oliy sud Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi qarorlarini ular imzolangan kundan e’tiboran bir kun ichida elektron shaklda Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborish tavsiya etilsin;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 980-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining elektron versiyalarini ular kuchga kirgan kundan e’tiboran bir kun ichida Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Milliy baza doirasida eng ko‘p talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi ma’lumotlar bankini yaratish, Milliy bazani takomillashtirish va Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda texnik ko‘mak (grantlar)ni jalb qilish masalasini ishlab chiqsin.
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish va huquqiy targ‘ibot tizimini takomillashtirish maqsadida adliya organlari va Markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga ko‘ra olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan mexanizmlarini, ularni aholi o‘rtasida keng tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek yangilangan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo‘yicha rolini yanada kuchaytirishni, qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini joriy qilishni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning ekspert tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi hududiy bo‘linmalarining sonini ko‘paytirishga doir takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
LexUZ sharhi