Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 690-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 5-martda 4/6-108-son bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnoma (roʻyxat raqami 690, 1999-yil 2-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-yanvar,
78-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 21-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 68-modda)