1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning yangi tahriri “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va ko‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoyalashga ko‘maklashuvchi mustaqil moliyaviy nazorat tizimining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 - modda. Audit
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Audit — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik subyektlari faoliyati ustidan nazorat qilinishining o‘rnini bosmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 - modda. Auditor, auditorlik firmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ustaviga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxonadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyador jamiyatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olganlaridan keyin o‘z faoliyatlarini boshlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 - modda. Xo‘jalik yuritayotgan subyekt
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yuritayotgan subyektlar deyilganida mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yuritayotgan subyektlar auditor (auditorlik firmasi)ni tanlash huquqiga ega bo‘lib, bu huquq auditorlik firmasi va xo‘jalik yuritayotgan subyekt o‘rtasida tuziladigan shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 - modda. Auditorlik faoliyatiga litsenziya berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalar davlat ro‘yxatidan o‘tilgandan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyatiga doir litsenziyalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 - modda. Auditor xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditor xulosasi — buxgalteriya hisob-kitobini yuritishga hamda oshkor qilinadigan yillik moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablarga xo‘jalik yuritayotgan subyektning hisobot hujjatlari qay darajada muvofiqligi xususidagi auditor fikri bayon qilingan, imzosi qo‘yilgan va muhr bilan tasdiqlangan hujjatdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7 - modda. Auditorlik faoliyatiga doir qonunlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BO‘LIM. AUDITORNING XUQUQ VA VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8 - modda. Auditorning va auditorlik firmasining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditor (auditorlik firmasi):

imzolangan shartnoma asosida xo‘jalik yuritayotgan subyektning hisobot hujjatlarini auditdan o‘tkazish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarining talablariga asoslanib, tekshirishning shakl va uslublarini mustaqil belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritayotgan subyektning mulkiy holati va faoliyatini ko‘rsatuvchi, tekshirilayotgan obyektda ham, uchinchi shaxslarda ham bo‘lgan hujjatlar bilan erkin tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkazilayotgan tekshiruv yoki auditorlik xizmati ko‘rsatish munosabati bilan tekshirayotgan xo‘jalik subyekti rahbarlari va boshqa xodimlaridan, shuningdek uchinchi shaxslardan og‘zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyadan mahrum etishga doir qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9 - modda. Auditorning (auditorlik firmasining) vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditor (auditorlik firmasi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazishi, tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa auditorlik xizmatlari ko‘rsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritish subyektining rahbariyatiga tekshiruv chog‘ida aniqlangan buxgalteriya hisob-kitobi yuritish hamda moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablar va qonunlar buzilganligi hollarini ma’lum qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida sir saqlash qoidalariga rioya etishi. Mijozga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni faqat sud talabiga binoan oshkor etishga yo‘l qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirish tugallanib, xulosa chiqarilgunga qadar uzrsiz sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun mulkdorlarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
basharti, oldindanoq o‘z xatti-harakatlarida xolis va odil bo‘lolmasa, o‘z faoliyatini davom ettirishdan voz kechishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 - modda. Auditorlarni tayinlash va chaqirib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Auditor auditorlik xizmati ko‘rsatish to‘g‘risida mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi tomonidan xo‘jalik yuritayotgan subyekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Auditorni chaqirib olish faqatgina xo‘jalik yuritayotgan subyekt mulkdorlarining yoki auditorni tayinlagan yuridik shaxsning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bu haqda auditor oldindan uning xizmatlaridan voz kechilish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda xabardor etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Buyurtma asosida o‘tkazilayotgan tekshirish yoki boshqa ishlarni amalga oshirish chog‘ida auditor xizmatidan voz kechilsa, xo‘jalik yuritayotgan subyektning mulkdori auditorning xizmat haqini to‘lashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
(10-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11 - modda. Auditorning (auditorlik firmasining) ishlashi uchun shart-sharoit yaratib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yuritayotgan subyektning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabiga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya-xo‘jalik faoliyatiga doir hujjatlarni taqdim etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma yoki og‘zaki shaklda zarur tushuntirishlar berishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan obyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini ekspertizadan sifatli o‘tkazish uchun boshqa zarur shart-sharoit yaratib berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 - modda. Auditorning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditor va auditorlik firmasi auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish chog‘ida ushbu Qonunning va O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzganlik uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq mulkiy va ma’muriy javobgarlikka;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bergan idoraning qaroriga muvofiq auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishgacha yoki bunday litsenziyadan mahrum etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III BO‘LIM. AUDITORLAR PALATASI
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va o‘zga nodavlat notijorat tashkilotlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13 - modda. Auditorlar palatasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi hududida ish olib boruvchi auditorlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtirib, auditorlik faoliyatini rivojlantirishga, takomillashtirishga va birxillashtirishga da’vat etilgan mustaqil jamoat tashkilotidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14 - modda. Auditorlar palatasining O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditor litsenziyasi olish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladigan malaka imtihonlari dasturini va tartibini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvlari o‘tkazishning umumiy qoidalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunlarga zid kelmaydigan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Auditorlar palatasi davlatning boshqa idoralari, mamlakatdagi va xorijdagi auditorlar hamda buxgalterlar tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik firmalari tuzish masalalarini qarab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlatlarning auditorlik palatalari yoki shunday ishni bajarish vakolati berilgan idoralari bilan tegishli hududlarda O‘zbekiston Respublikasi auditorlarining litsenziyalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV BO‘LIM. E’LON QILINADIGAN MOLIYAVIY HISOBOT HUJJATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15 - modda. E’lon qilinadigan moliyaviy hisobot hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yuritayotgan subyektning e’lon qilinadigan moliyaviy hisobot hujjatlari — auditorlik xulosasini, balansni, foyda va zarar to‘g‘risidagi hisobotni yoki daromadlarga doir deklaratsiyani hamda buxgalteriyaga oid boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ma’lumotlar tashqaridagi foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16 - modda. Moliyaviy hisobot hujjatlarini e’lon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Dastlabki tarzda auditor tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobot hujjatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalari fond birjalarida qimmatga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritayotgan subyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk shaklidan qat’i nazar, banklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk shaklidan qat’i nazar, sug‘urta kompaniyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat sohasi uchinchi shaxslarning mablag‘larini aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga joylashtirishdan iborat bo‘lgan investitsiya va moliya kompaniyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birjalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el investitsiyalari ega bo‘lgan korxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doirasini har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan boshqa subyektlar tomonidan e’lon qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yillik moliyaviy hisobot hujjatlari tegishli moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan 5 oy ichida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V BO‘LIM. MAXSUS QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17 - modda. Auditorlik faoliyati yuritishni taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tekshiruvi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan xo‘jalik yuritish subyekti rahbarlari va mansabdor shaxslaridan birortasi bilan bevosita qarindosh shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan xo‘jalik yuritish subyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo‘lgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik yuritayotgan subyektning rahbarlari, muassislari yoki mulkdorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan xo‘jalik yuritish subyekti yoki uning filiali xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan o‘tkazilishi man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 - modda. Nizolarni hal etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlar va auditorlik firmalari o‘rtasidagi o‘zaro nizolar, shuningdek ular bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nizolar qonunlarda belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 9-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
734-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 15-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)