Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022 03.07.1992 yildagi 661-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GUVOHLAR, JABRLANUVChILAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARNING QILGAN XARAJATLARINI TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqiriladigan guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga oʻz turar joyidan shu chaqirilgan erga kelish va bu erdan qaytib ketish xarajatlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlariga xizmat safariga borish va qaytish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda toʻlanadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar oʻzlarining doimiy yashash joylaridan tashqaridagi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqirilganda va ular shu chaqirilgan joyda bir sutkadan ortiq turishlari lozim boʻlganda, ularga turar joy binosini ijaraga olganlik uchun qilingan xarajatlar va sutkalik xarajatlar, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan — ishning bir soatiga 0,0053-0,0071 koeffitsiyenti boʻyicha haq toʻlanadi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tarjimonlar yozma tarjimaga — har 1000 bosma (qoʻlyozma) belgi uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan — 0,0036-0,0053 koeffitsiyenti boʻyicha haq oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari oʻtkazadigan soʻroqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan — ishning bir soatiga 0,0053-0,0071 koeffitsiyenti boʻyicha haq oladilar.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu haqning miqdori ekspert, mutaxassis yoki tarjimonni chaqirgan idora tomonidan ularning malakasi va ishning murakkabligi, shuningdek bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Qonunda koʻrsatilgan barcha pullar chaqiruvchi organ tomonidan: jinoiy ishlar boʻyicha — smeta boʻyicha maxsus ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, fuqarolik ishlari boʻyicha esa — taraflar beradigan pullar hisobidan toʻlanadi, taraflar ish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni toʻlashdan ozod etilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda pullar smeta boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 318-moddasiga muvofiq guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanadigan mablagʻlar jinoiy ishlar boʻyicha protsessual chiqimlarga qoʻshiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 320-moddasida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan undirib olingan protsessual chiqimlar respublika budjetiga tushadi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga haq ularni chaqirgan organ tomonidan bu shaxslar oʻz vazifalarini bajarib boʻlganlaridan keyin, tegishli pullar ish yuzasidan qilingan xarajatlar tarzida yoki hukm etilganlardan protsessual chiqimlar tarzida tashqaridan olingan va undirib olingan yoki olinmaganligidan qatʼi nazar darhol toʻlanishi kerak.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar sifatida chaqiriladigan harbiy xizmatchilarning xarajatlarini (yoʻlkira haqi, sutkalik haq va kvartira haqi) sud harbiy qismlarning talabiga binoan va harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan normalar boʻyicha toʻlaydi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Qonun xizmat topshirigʻi sifatida oʻz vazifalarini bajaradigan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga taalluqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
661-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 359-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)