10.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2784
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 266-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda — BYuD deb yuritiladi) o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibini belgilaydi.
41. Elektron BYuDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona postiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilgan yangi BYuD bilan birga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq BYuDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish varag‘i taqdim etiladi hamda ushbu varaq bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.