O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-sonli Farmoni ijrosini bajarish hamda nogironlar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
markaziy apparat tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 6 nafardan iborat bo‘lgan, nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish boshqarmasini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tuzilmasida — 3 nafar, undan 1 nafari boshqaruv xodimidan iborat bo‘lgan, nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish shu’basini;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tuzilmasida — ishlab chiqarish xodimlarining soni xizmat ko‘rsatilayotgan mehnatga layoqatsiz yolg‘iz fuqarolar sonidan kelib chiqib, o‘rnatilgan shtat normativlariga muvofiq belgilangan holda nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limlarini tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkazilayotgan “Muruvvat” va “Saxovat” uy-internatlari, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari hamda urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya muassasalarining faoliyatini tashkil etish;
tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar va yolg‘iz keksalarni “Muruvvat” va “Saxovat” uy-internatlariga, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari hamda urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya muassasalariga yuborishga ko‘maklashish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘zganing yordamiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksa fuqarolarni aniqlash va ularga uyida parvarishlashni inobatga olgan individual dastur asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish;
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlarining talablariga ko‘ra ularga mos tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish turlarini tanlash va taqdim etish, shu jumladan ortopedik buyumlar, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalari bilan ta’minlash maqsadida ularning hisobini olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
markaziy apparat tuzilmasida — hududiy moliya bosh boshqarmasida boshqaruv xodimlari soni 3 nafardan iborat bo‘lgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish shu’basini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 2-3 nafardan iborat bo‘lgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish shu’basini;
tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 1 nafar, ishlab chiqarish xodimlarining soni fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish xodimiga biriktiriladigan fuqarolar sonidan kelib chiqib, o‘rnatilgan shtat normativlariga muvofiq muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish shu’balarini tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarga muvofiq quyidagi yangilangan tuzilmalar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 70 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi apparati, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmalari 3 — 5-ilovalarga* muvofiq;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari va Toshkent shahar tuman tibbiyot birlashmasi tuzilmalari 6 — 7-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziriga vazirlikning markaziy apparati va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruvi organlari apparatining tasdiqlangan tuzilmalariga xodimlarning umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilayotgan muassasalar ro‘yxati 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidan o‘tkazilayotgan reabilitatsiya markazlari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish muassasalarining kadrlar tarkibini tibbiyot muassasalarini optimallashtirish natijasida bo‘shayotgan tibbiyot xodimlari hisobidan mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 1 — 7-ilovalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.