Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOA XOʻJALIKLARINING NAMUNAVIY USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jamoa xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy boʻgʻinlaridan biri boʻlib, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlardan unumli foydalanishni, mehnat unumdorligini yanada oʻstirishni, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qilishini, jamoa xoʻjaligi aʼzolarining manfaatlarini umumxalq manfaatlari bilan uzviy bogʻlab borishni taʼminlashini koʻzda tutgan holda:
Oʻzbekiston Respublikasi Dehqonlar uyushmasi va jamoa xoʻjaliklari kengashida qabul qilingan jamoa xoʻjaliklarining Namunaviy Ustavi xoʻjalik rahbarlarini saylash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartiblari toʻgʻrisidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar bilan toʻlaligicha tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-yanvar,
PF-725-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 37-modda)