Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2016 20.01.2016 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-sonli “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilansinki, 2016-yil 1-iyulga qadar avtotransport vositalaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilishga Vazirlar Mahkamasining “2016-yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ulardan foydalanishning prognoz parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 4-yanvardagi 1-son qarori bilan tashkil etilgan Respublikaning ichki bozorida mevalar, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzumdan, shu jumladan dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek eksportga yetkazib berishni samarali tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal etish boʻyicha Ishchi guruh tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublikaning ichki bozorida mevalar, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzumdan, shu jumladan dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek eksportga yetkazib berishni samarali tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal etish boʻyicha Ishchi guruh 2016-yil 1-iyulga qadar avtotransport vositalaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum (TIF TN kodi 07-08) eksportini amalga oshirishga ruxsat beriladigan Yuridik shaxslar roʻyxatini (yangilab turgan holda) tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2015-yil 9-oktabrdagi 288-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 20-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 25-modda)