Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2016-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
2. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2016-yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-dekabr,
PQ-2456-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 24.12.2015-y., 247 (6430)-son)