LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vaziyat beqarorlashganligi munosabati bilan Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xo‘jaobod rayonlari va Andijon viloyatining Andijon shahri hududlarida 1990-yilning 8-iyunidan e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilinsin.
Ana shu rayonlarda va Andijon shahrida favqulodda holat bekor etilganligi to‘g‘risida darhol e’lon qilinsin.