LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Bayonnomaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 128-I-sonli “1966-yil 16-dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga doir fakultativ bayonnomaga qo‘shilish haqida”gi Qaroriga asosan qo‘shilgan.
Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi barcha davlatlar,
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi pakt (bundan buyon “Pakt” deb yuritiladi) maqsadlariga bundan keyin ham erishish uchun va uning qarorlarini amalga oshirish uchun Paktning IV qismi asosida ta’sis etiluvchi Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga (bundan buyon “qo‘mita” deb yuritiladi) mazkur protokolda ta’kidlanganidek, ushbu Paktda ifodalangan huquqlarimiz buzilib jabrlanayapmiz, deya ta’kidlayotgan ayrim shaxslarning xabarlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish imkoniyatini berish maqsadga muvofiqligini e’tiborga olib, quyidagilar borasida kelishdilar:
Mazkur Protokol ishtirokchisi bo‘ladigan, Paktning ishtirokchisi bo‘lmish davlat qo‘mitaning yurisdiksiyasiga kiradigan shaxslardan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish vakolatini e’tirof etadi, qayd etilgan shaxslar esa Paktda bayon qilingan huquqlardan biri ishtirok etuvchi davlat tomonidan buzilib, biz shuning jabrlanuvchisimiz deya tasdiqlaydi. qo‘mita Pakt ishtirokchisi sanalgan, lekin ushbu Protokol qatnashchisi bo‘lmagan davlatga aloqador bo‘lgan hech bir xabarni qabul qilmaydi.
1-modda qoidalariga rioya qilingan hollarda, Paktda qayd etilgan huquqlardan birortasi buzilgan va huquqiy muhofazaning mavjud bo‘lgan barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lindi deb uqtirayotgan shaxslar qo‘mita ko‘rib chiqishi uchun yozma ravishda xabar taqdim etishi mumkin.
qo‘mita mazkur Protokolga muvofiq taqdim etilgan har qanday xabarni, agar u imzosiz bo‘lsa, yoki qo‘mita fikriga ko‘ra shu kabi xabarlarni taqdim etish huquqini suiiste’mol qilish deb sanalsa yoki Pakt qoidalariga qarama-qarshi deb topilsa, nomaqbul deb hisoblashi mumkin.
1. 3-modda qoidalariga rioya etilgan hollarda ushbu Protokolga muvofiq qo‘mita o‘ziga taqdim etilgan har qanday xabarni mazkur Protokolda ishtirok etuvchi va tasdiqlayotganidek Paktning birorta qoidasini buzuvchi davlat e’tiboriga o‘sha xabarni yetkazadi.
2. Bunday xabarni olgan davlat olti oy mobaynida qo‘mitaga bu masalani aniqlashtiruvchi biror-bir choralar ko‘rilgan bo‘lsa, qo‘mitaga shu to‘g‘rida yozma tushuntirish yoki bayonot taqdim qiladi.
1. qo‘mita alohida shaxs tomonidan va manfaatdor ishtirokchi-davlat tomonidan taqdim etilgan barcha yozma hujjatlarni e’tiborga olgan holda, ushbu Protokolga binoan olingan xabarlarni ko‘rib chiqadi.
a) ayni shu masala boshqa xalqaro muhokama yoki tartibga solish tartib-qoidalariga binoan ko‘rib chiqilmayotgani haqida;
qo‘mita 45-moddada nazarda tutilgan yillik ma’ruzasiga ushbu Protokolga muvofiq o‘z faoliyati haqida qisqacha hisobotni kiritadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1960-yil 14-dekabrda qabul qilingan Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga Mustaqillik berish haqidagi Deklaratsiya xususidagi 1514 (XV) rezolyutsiyasi maqsadlariga erishilgunga qadar ushbu Protokol qoidalari mazkur xalqlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan muassasalarning boshqa xalqaro konvensiyalari hujjatlari taqdim etgan petitsiyalar berish huquqini hech bir shaklda cheklamaydi.
2. Ushbu Protkol Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan har bir davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi.
4. qo‘shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo‘shilish haqidagi hujjatni saqlash uchun topshirish bilan amalga oshiriladi.
5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Protokolni imzolagan yoki unga qo‘shilgan barcha davlatlarni qo‘shilish to‘g‘risidagi har bir ratifikatsiya yorlig‘i yoki hujjat saqlash uchun topshirilgani haqida xabardor qiladi.
1. Pakt kuchga kirgan sharoitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo‘shilish haqidagi o‘ninchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki hujjati saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy o‘tgach ushbu Protokol kuchga kiradi.
2. qo‘shilish to‘g‘risidagi o‘ninchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki hujjat topshirilgandan so‘ng mazkur Protokolni ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan har bir davlat uchun ushbu Protokol qo‘shilish to‘g‘risidagi o‘sha davlatning shaxsiy ratifikatsiya yorlig‘i yoki hujjati saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Protokol qarorlari federativ davlatlarning hamma qismlariga hech bir cheklash yoki istisnosiz tatbiq etiladi.
1. Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatish taklif etishi va ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh kotib so‘ngra hamma tuzatishlarni ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarga yuborib ular shu taklifni ko‘rib chiqish va shuning yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirok etuvchi davlatlar konferensiyasini chaqirishni yoqlash yoki yoqlamasligini bildirishini so‘rab iltimos qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida o‘sha konferensiyani chaqiradi. Ushbu konferensiyada ishtirok etib va ovoz berishda qatnashgan davlatlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday taklif Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
2. Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan so‘ng va ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarning konstitutsiya tartib qoidasiga muvofiq ularning uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilinishi bilan kuchga kiradi.
3. Tuzatishlar kuchga kirgach, shu tuzatishlarni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy bo‘ladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Protokol qarorlari va ular ilgari qabul qilgan barcha tuzatishlar majburiy bo‘lib qoladi.
1. Har bir ishtirokchi-davlat har qanday vaqtda Birlashgan Millatlar Tashqiloti Bosh kotibi nomiga yozma xabarnoma berish yo‘li orqali ushbu Protokolni bekor qilishi mumkin. Bosh kotib bunday xabarnomani olgan kundan boshlab uch oy o‘tgach bekor qilish kuchga kiradi.
2. Bekor qilish 21-moddaga asosan bekor qilish kuchga kiradigan sanagacha taqdim etilgan har qanday xabarga ushbu Protokol qoidalarini tatbiq etaverishga to‘sqinlik qilmaydi.
1 Ushbu Protokolning 8-modda 5-bandiga muvofiq berilgan xabarnomalardan qat’i nazar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Paktning 48-modda 1-bandida qayd etilgan barcha davlatlarga quyidagilarni ma’lum qiladi:
b) 9-moddaga asosan ushbu Protkolning kuchga kirish sanasi va 11-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish vaqti;
1. Ushbu Protokol ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan bo‘lib, hamma matnlar teng kuchga ega. Protokol saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti arxiviga topshirilishi lozim.
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Protokolning tasdiqlangan nusxalarini Paktning 48-moddasida ko‘rsatilgan barcha davlatlarga jo‘natadi.