Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2003 13.06.2002 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2003
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi 300-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-maydagi PF 3076-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Respublikasi, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari savdo korxonalarining qayerda joylashganligiga qarab tasdiqlangan bazaviy stavkalar va oʻzgaruvchan koeffitsiyentlardan kelib chiqib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliq stavkalarining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalarining aniq miqdorlarini belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. QoraqalpoGʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarining uyushgan savdosini taʼminlash uchun xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga firma doʻkonlari tarmogʻini tashkil etish va kengaytirishda koʻmaklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chakana savdo sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan toʻlanadigan belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi tushum hajmlari (tovar aylanishi hajmi) sunʼiy ravishda pasaytirilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda Ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan toʻlanadigan yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilarning soliq solishning belgilangan tartibiga rioya etishi va toʻliq qamrab olinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan toʻlanadigan soliq toʻlovlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoring oʻrnatsin, bunda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida yalpi tushum hajmining budjetga toʻlovlar toʻliq tushishiga muvofiqligini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda tanlab tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutsin. Aniqlangan tafovutlarga yalpi tushumni yashirish sifatida qaralsin va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli javobgarlik choralari qoʻllanilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslikka alohida eʼtiborni qaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Moliya vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring natijalari asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliq solishga doir belgilangan bazaviy stavkalar va oʻzgaruvchan koeffitsiyentlar miqdorlarini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 13-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
208-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 92-modda, 13-son, 108-modda, 21-son, 167-modda, 24-son, 200-modda)