30.04.2015 yildagi 122-III-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2020
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari (bundan buyon matnda qoidalar deb yuritiladi) “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, umumiy qabul qilingan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) uchun uning o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida majburiy bo‘lgan xulq-atvorning ma’naviy va axloqiy prinsiplarini, shuningdek xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar deputatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi.
3. Deputat o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga, shuningdek ushbu Qoidalarga amal qiladi.
10. Deputat ushbu Qoidalarning 9-bandida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchi: