Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1966-yil 16-dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1966-yil 16-dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-avgust,
127-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 202-modda)