Barcha darajalardagi, birinchi navbatda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ajratadigan mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan boshqaruv organlari xodimlarining amaldagi sonini o‘rganib chiqish natijasida xodimlar sonining asossiz ravishda o‘sishi hamda xodimlar soni ko‘p bo‘lgan boshqaruv apparati saqlanib kelinishi bilan bog‘liq salbiy holatlar aniqlandi.
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv tuzilmalari rahbarlari har yili boshqaruv apparati qisqartirilishiga qaramay, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sifatida hamon haddan tashqari ortiqcha kengaytirib yuborilgan boshqaruv xodimlariga egadirlar, ularning ta’minotiga ham budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlaridan ajratiladigan mablag‘lar, ko‘p hollarda xizmatlarga narxlar va tariflar o‘sishi hisobiga sarflanmoqda. Bunga shuningdek boshqaruv tuzilmalari xodimlarining cheklangan sonini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ko‘rsatmasdan tasdiqlashning mavjud amaliyoti ham imkon bermoqda.
Masalan, “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi apparati xodimlarining cheklangan soni 58 nafar etib belgilangani holda uning xodimlarining amaldagi umumiy soni bundan 2,4 baravar ko‘pdir va 137 nafarni, shu jumladan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 79 nafarni tashkil etadi. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo”, “O‘zbekturizm” kompaniyalari, “O‘zmashsanoat” uyushmasi, “O‘zfarmsanoat” davlat konsernida ham ahvol xuddi shunday. Ularda xodimlarning amaldagi umumiy soni boshqaruv xodimlarining belgilangan sonidan 2 baravardan ortiqdir.
Boshqaruv organlari xodimlari sonini tartibga solish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalaridan qat’i nazar, ular ta’minotiga sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
ham budjet mablag‘lari, ham xo‘jalik faoliyatidan mablag‘ ajratish hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni, ma’muriy-boshqaruv xodimlari shu jumladan alohida ajratib ko‘rsatilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqaruv organlari apparati xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga rioya qilinishi, uning o‘zgarishi dinamikasi va manbalaridan qat’i nazar boshqaruv apparati ta’minotiga xarajatlarning monitoringini olib boradi.
Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv organlari rahbarlariga ular uchun belgilangan xodimlarning umumiy soni va ularning ta’minotiga cheklangan xarajatlar doirasida boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatini mustaqil belgilash huquqi berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlari ro‘yxatini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari bo‘yicha boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti hisobiga ta’minlanadigan boshqaruv organlarining xarajatlari smetasi va moliyalashtirilishini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining tasdiqlangan hisoblab chiqilgan normativlarini hisobga olgan holda mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirsin.
4. Soliq organlariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy sonidan ortiqcha xodimlar saqlanishi aniqlangan taqdirda budjetdan ta’minlanadigan tashkilot bo‘lmagan tegishli boshqaruv organlaridan qo‘shimcha ravishda saqlab kelingan xodimlar mehnatiga haq to‘lashning yillik fondi miqdorida jarima undirish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan hollar davlat budjeti hisobiga ta’minlanadigan boshqaruv organlarida aniqlangan taqdirda ushbu tashkilotlar rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Belgilansinki, davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqaruv organlari tomonidan xodimlarning umumiy sonini qisqartirish natijasida tejalgan mablag‘ olib qo‘yilmaydi va ushbu organlarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
statistika hisoboti shakllariga mazkur qaror talablariga muvofiq axborot taqdim etilishini ta’minlovchi tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
moliya organlariga boshqaruv organlari xodimlari umumiy soni monitoringini olib borish uchun tegishli axborotni taqdim etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.