“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Transport sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha tegishli kichik komissiyaga ega bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tuzilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha kichik komissiyaning ishini muvofiqlashtiradi va unga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, uning faoliyatini hamda “Davavianazorat” inspeksiyasining aviatsiya transporti sohasidagi litsenziyalash faoliyatini nazorat qiladi, litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
kichik komissiya litsenziya talabgorlaridan tegishli hujjatlarni qabul qiladi, ular bo‘yicha ekspert xulosalar va Komissiya qarorlarining loyihalarini tayyorlaydi, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va qayta tiklash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. “Davavianazorat” inspeksiyasi kichik komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan qabul qilinadi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transporti barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan qabul qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Komissiya ikki hafta muddatda Komissiya va hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
1. Mazkur Nizom aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Aeroportlarda havo kemalariga tijorat asosida amalga oshiriladigan tashish ishlar bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Litsenziya talabgoriga aniq aeroportda (aerodromda) parvozlarga, shuningdek havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq texnik va texnologik ta’minotning muayyan turlarini (ham butun kompleks, ham uning tarkibiy qismlarini) amalga oshirishga beriladigan huquq aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashning mavzui hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
havo kemalarining uchishi-qo‘nishini ta’minlash (aerodrom, elektrotexnik, radiotexnik, meteorologik, shturmanlik, ornitologik, qidiruv va avariya-qutqaruv ta’minoti, parvozlarni boshqarishni, aeronavigatsiya axboroti bilan va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash);
Oldingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur hollarda Komissiya qarorlari so‘rovnoma yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Aviatsiya transporti sohasida litsenziyalash bo‘yicha kichik komissiya (keyingi o‘rinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar hamda Komissiyaning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoxud bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish yoki tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
4. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Aeroportlardagi havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan qismlariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kamida 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
7. Quyidagilar aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish qoidalariga majburiy rioya qilish;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjudligi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va amal qilinadigan hujjatlar talablariga rioya etish;
havo kemalari va ularning asbob-uskunalarini, aerodromlarni, aerodromlar va aeroportlarning asbob-uskunalarini, havo harakatini boshqarish vositalarini parvozlarni erda ta’minlash va havo kemalariga texnika xizmati ko‘rsatish vositalarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, ularga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash;
fuqaro aviatsiyasi obyektlari inshootlari, erdagi aviatsiya texnikasi, mexanizatsiyalar va transport vositalaridan xavfsiz foydalanilishini ta’minlash;
litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada ko‘rsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;
shartnomalar tuzishda — mijozlarning talabiga ko‘ra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni o‘tkazish paytida — nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;
“Davavianazorat” inspeksiyasining talabiga ko‘ra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalar bo‘yicha zarur axborotni unga taqdim etish.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab o‘tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun obyektlar, binolar va asbob-uskunalarning mavjudligi va tayyorlab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Davavianazorat” inspeksiyasiga bevosita yoxud olinganligi ma’lum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar kichik komissiya mas’ul kotibi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi sana haqida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya mas’ul kotibi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda, uning funksiyalarini kichik komissiya raisi tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli bo‘lmagan yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
12. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda kichik komissiya qaroriga ko‘ra “Davavianazorat” inspeksiyasi joylarga borib litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini o‘rganishga haqlidir.
13. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davavianazorat” inspeksiyasi uchun bir nusxadan tuziladi.
14. Litsenziya blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda “Davavianazorat” inspeksiyasining buyurtmasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari javob beradi.
15. Litsenziya “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
16. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek “Davavianazorat” inspeksiyasi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun muddatda ular bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasini Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat ko‘rsatib o‘tilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
22. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziyaning amal qilish muddati tamom bo‘lishidan ikki oy oldin berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davavianazorat” inspeksiyasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
kichik komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror kiritish;
aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davavianazorat” inspeksiyasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma o‘tkaziladi, dalolatnomaning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davavianazorat” inspeksiyasida qoladi.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish kichik komissiya tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kichik komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, kichik komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, yashash joyi, telefoni;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
33. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablag‘lari to‘liq respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(33-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari
bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Boj miqdori (eng kam oylik ish haqining baravari miqdorida) | |
2.Havo transporti | |
xalqaro aeroportlarda havo kemalariga havo transportida tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyati | 2900 |
mintaqaviy aeroportlarda havo kemalariga havo transportida tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyati | 240 |
(7-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 14-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda) 1-bandining “d” va “e” kichik bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlar undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda)ning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 28-iyuldagi 363-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 43-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 24-ilova.
1. Vazirlar Mahkamasining “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarorida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bo‘lim 1-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 99-modda)
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat poshlinalari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga muvofiq aviatsiya transporti xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji bir qismi (20 foiz)” so‘zlari “havo transporti sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablag‘larining bir qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“havo transporti sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im”;
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bo‘lim 1-bandi “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 99-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarori 7-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil va daryo transportida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablag‘larining bir qismi;
“avtomobil va daryo transportida faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport-ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda)ga ilovada:
22-banddagi “va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lishlari shart” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 108-modda)