Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini uzaytirish masalasi boʻyicha 1995-yil 26-mart, yakshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi referendumi oʻtkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byulletenlariga quyidagi mazmundagi savol kiritilsin: “Siz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirilishiga rozimisiz?”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-fevral,
25-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 32-modda)