Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 17.12.2013 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida davlat taʼlim muassasasi shaklida Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzluksiz taʼlimning barcha turlarida chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga yoʻnaltirilgan chuqur ilmiy izlanishlar olib borish, chet tillarni oʻqitish sohasida normativ va amal qilinuvchi hujjatlarni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tillar boʻyicha oʻqituvchilar va mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga, boshqa manfaatdor muassasalarga tillarni oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini, chet tillarni oʻrganishning ilgʻor pedagogika texnologiyalarini amalda joriy etish masalalari boʻyicha metodik rahbarlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jumladan oʻqitishning masofadan amalga oshiriladigan usullaridan foydalangan holda chet tillari boʻyicha zamonaviy saviyali pedagog kadrlar, metodik xodimlar va tarjimonlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tillarga oʻqitishning xalqaro standartlarini (“Xorijiy tillarni egallashning umumyevropa kompetensiyasi” tizimi: oʻrganish, oʻqitish, baholash” (CEFR)) taʼlim jarayoniga joriy etish boʻyicha monitoring olib borish, ushbu sohadagi eng yaxshi tajribani umumlashtirish va uning asosida manfaatdor taʼlim muassasalari uchun tegishli tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bilimlar darajasini baholash va sertifikatsiyalashning milliy tizimini shakllantirish va joriy etishda qatnashish, xalqaro va milliy standartlarga muvofiq oʻquvchilar, pedagog kadrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning chet tilini bilishi darajasini test sinovidan oʻtkazish va sertifikatsiyalash uchun shart-sharoitlarni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tillarni oʻrganishning masofadan amalga oshiriladigan shakllarini tashkil etish bilan chet tillarni oʻqitishning interaktiv vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda turli mediataʼlim mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni aholiga sotish, aholining keng qatlamlari oʻrtasida chet tillarni oʻrganishni ommaviylashtirishga yoʻnaltirilgan maxsus interaktiv veb-loyihalar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda uzluksiz taʼlim tizimi uchun ishlab chiqilayotgan chet tillar boʻyicha yangi avlod oʻquv rejalari va dasturlari, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar, chet tili oʻqituvchilari uchun oʻquv qoʻllanmalarining, zaruriyat boʻlganda, xalqaro maslahatchilar ishtirokida yetakchi oʻqituvchilar va muallimlar oʻrtasida eksperiment tartibida sinovdan oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek boshqa mualliflar jamoalari va taʼlimning tegishli turi mutaxassislari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda qatnashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda 2014-yil 1-yanvargacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni asosan xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda maʼlumot olgan hamda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida katta ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan butlashni, darsliklar va oʻqitishning multimedia vositalari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda uning faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda chet tillarni oʻqitish sohasida Markaz faoliyati doirasida hamkorlik va tajriba almashish borasida xalqaro ekspertlar va maslahatchilar jalb etilishi masalasini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga zamonaviy kompyuterlar va multimedia asbob-uskunalari, mebel va inventarlar, shuningdek oʻqitishning boshqa vositalari, shu jumladan oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Markazni va uning mutaxassislarini chet tillar boʻyicha ishlab chiqilayotgan darsliklarni, eng avvalo, umumtaʼlim maktablarining 1 — 4-sinflari uchun darsliklarni yaratish, ekspertizadan va sinovdan oʻtkazishga jalb etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Markaz oliy taʼlim muassasalarining, eng avvalo, ixtisosli oliy taʼlim muassasalarining, xalq taʼlimi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi boshqaruvining hududiy organlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari va metodistlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning tarmoq markazi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi malaka oshirish tartibini, shuningdek 2014 — 2016-yillar davrida koʻrsatib oʻtilgan xodimlarning malakasini oshirish jadvalini ikki oy muddatda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning joriy taʼminoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha Markazga ajratiladigan grant mablagʻlari;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari, grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini tasdiqlasin, Markazning ilmiy va rahbar xodimlari lavozim maoshlarini budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Markazning ustaviga oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, G-9a, 21-uy manzili boʻyicha nul stavkali ijara toʻlovi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining binosiga joylashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Respublikaning oliy taʼlim muassasalariga tillarni oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini, chet tillarni oʻrganishning ilgʻor pedagogika texnologiyalarini amalda joriy etish uchun Markazning mutaxassislari va ekspertlarini mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari bilan jalb etish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning taʼminotiga zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni 2014-yildan boshlab “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga bitta xizmat yengil avtomobilini saqlash uchun limit ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 17-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
331-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 666-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)