Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.01.2004 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” qurilishini tugallash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” qurilishini oʻz vaqtida tugallash va foydalanishga topshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Buxoro viloyati hokimi S.Q. Xusenovning eʼtibori Buxoro shahridagi “Qabullar uyi”ni qurish va foydalanishga topshirish muddatlarining yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada choʻzilib ketganligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil may oyi — “Qabullar uyi” qurilishini tugallashning oxirgi muddat etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro viloyati hokimligining kapital qurilish boʻyicha injiniring kompaniyasi — qurilish buyurtmachisi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Buxoro ELITI” aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalovchi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Buxorojamoaqurilish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining 47-xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi bosh pudratchi qurilish tashkiloti etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish muddatlarining tigʻizligini hisobga olib, istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pardozlash va maxsus montaj ishlarini bajarish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazmasdan “AREAS” firmasi (Turkiya) bilan kontrakt tuzishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt qurilishini, texnik-iqtisodiy hisoblarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan holda, ushbu hisoblarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” qurilishini tugallash uchun respublika boʻyicha kapital qoʻyilmalarning 2004-yilga moʻljallangan umumiy limitlari hisobidan budjet mablagʻlari hisobiga Buxoro viloyati hokimligiga kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishini, keyinchalik ushbu mablagʻ Buxoro viloyati hokimligi budjetining prognozdagidan ortiqcha daromadlari hisobiga, yetishmagan qismi esa — respublika budjeti mablagʻlari hisobiga joriy yilning II yarim yilligida tiklanishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Buxorojamoaqurilish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining 47-xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi va “AREAS” firmasi tuzilgan kontraktlar boʻyicha respublikaga keltiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan “Qabullar uyi” qurilishi davrida istisno tariqasida ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” binosidan zarur darajada foydalanilishini taʼminlash uchun “Qabullar uyi” xodimlarining cheklangan sonini belgilasin va ularni mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 22-yanvar,

32-son