06.09.2013 yildagi 18-son
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi) O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bilan ustma-ust tushadi. Bojxona chegarasiga qonunda erkin bojxona zonalari va erkin omborlar tegralari (perimetrlari) ham kiritilgan.
2. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda – BK) va boshqa qonun hujjatlari bilan qat’iy belgilangan. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 182-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22721-moddasi, 22722- moddasining birinchi qismi) shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
JK 182-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik shaxs tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’iy nazar, kelib chiqadi. Bunda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” va “g” bandlari bo‘yicha jinoiy javobgarlik faqat bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik ko‘p miqdorda buzilgan holdagina kelib chiqadi.
4. Quyidagilar, jumladan, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
BK 13-moddasi 1 — 3-bandlariga muvofiq, tovar deb tan olinadigan transport vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
5. JK 182-moddasi mazmuniga ko‘ra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklar (bundan buyon matnda — tovarlar) qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqish tarzidagi harakatni quyidagi usullardan biri orqali sodir etishda ifodalanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamg‘alar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK 197-moddasida nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning alohida ro‘yxati nazarda tutilgan (BK 18-19-moddalari). Shundan kelib chiqib, mazkur ro‘yxatlarda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni bojxona organlariga taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish bo‘yicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish usulidan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxs harakatlari JK 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va qo‘shimcha ravishda 228-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi.
13. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat bojxona chegarasini buzib o‘tish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda buzib o‘tish deganda, jumladan, bojxona postiga hujum qilish, bojxona organlarining qonuniy faoliyatiga boshqacha faol qarshilik ko‘rsatish (masalan, bojxona chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmaslik, o‘zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish), bojxona xizmati texnik vositalariga shikast yetkazish yoki ularni ishdan chiqarish va h. k. yo‘li bilan bojxona chegarasini kesib o‘tishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.
Agar bojxona chegarasini buzib o‘tish paytida aybdor tomonidan shaxs badaniga qasddan og‘ir shikast yetkazilgan yoki u qasddan o‘ldirilgan bo‘lsa, qilmish JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi va tegishlicha JK 97 yoki 104-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati, shuningdek mulkiy ziyon yetkazilishi JK 182-moddasi ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK 105, 109 va 173-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
14. Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan hollarda, JK 182-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bo‘yicha nafaqat tovarlarni bevosita bojxona chegarasidan o‘tkazgan, balki barcha uyushgan guruh a’zolarining (masalan, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish maqsadida chet elda tovar xarid qilgan, bojxona nazorati punktida uni o‘tkazishda ko‘maklashgan yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan hujjatlarni qalbakilashtirgan, yukning qonunga xilofligini bila turib, transport ekspeditori sifatida qatnashgan uyushgan guruh a’zolari) harakatlari kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jinoyatni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etgan mansabdor shaxs (JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi) deb, xizmat burchiga ko‘ra bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini (hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, og‘zaki so‘rov, bojxona ko‘rigi, bojxona identifikatsiyalashi, tovarlar hisobini yuritish) amalga oshirishga majbur shaxs topilishi lozim. Bunday shaxslar jumlasiga, shuningdek, bojxona nazoratining muayyan shakllaridan BK 50-moddasiga asosan ozod etilgan va o‘z xizmat lavozimidan tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasida o‘tkazish uchun foydalangan mansabdor shaxslar ham kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazgan mansabdor shaxslarning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi va Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 19211, 205-moddalari) yoxud hokimiyat yoki mansabdor vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-moddasi) jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 246-moddasiga muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni shuningdek, giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalar, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda — kontrabanda ashyolari) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish boshqa jinoyat — kontrabanda tarkibini tashkil etadi.
Bojxona chegarasi orqali JK 246-moddasining birinchi qismida qayd etilgan kontrabanda predmetlarini o‘tkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya qilishda kontrabanda predmetlari miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.
Agar shaxs JK 182-moddasi ta’siriga tushuvchi tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bilan bir qatorda kontrabanda jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 246-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. JPK 211-moddasiga muvofiq hukm, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida ajrim (qaror) chiqarish paytida sud ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar, shu jumladan transport vositalari to‘g‘risidagi masalani hal etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
181. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovar yoki boshqa qimmatliklarni noqonuniy olib o‘tishda (JK 182-moddasi) foydalanilgan transport vositalari (konteynyerlar) faqat tovar va boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.