25.07.2013 yildagi 207-son
1. O‘zbekiston Respublikasi psixiatriya xizmatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, psixiatriya muassasalarini boshqarish va ularning o‘zaro hamkorligi yagona metodik vertikalini nazarda tutuvchi psixiatriya xizmatining ushbu tizimini shakllantirish 2017-yilga borib tugallanadi.
*3 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Bajaruvchilar

Summa

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish mexanizmi

Kutilayotgan natija

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyati buzilishi oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar ro‘yxatini tasdiqlash.

2013-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

-

Bajaruvchilarning mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyat buzilish oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi.

Sodir etilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-xavfli xatti-harakatlarning, shu jumladan o‘z joniga qasd qilishlarning oldini olish.

2.

Psixiatr vrachlar va bemorlarga uyda xizmat ko‘rsatuvchi o‘rta tibbiyot xodimlariga uzluksiz ish stajining davomiyligi uchun uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun va keyingi har ikki yili uchun tarif stavkasining 10 foizi miqdorida, ustamaning eng yuqori miqdori 30 foizgacha bo‘lgan tarif stavkalariga ustamalar belgilash.

2014-yil yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

475,3 mln so‘m

Bajaruvchilarning mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Psixiatr vrachlar va bemorlarga uyda psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi o‘rta tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ishga rag‘batini oshirish.

3.

Davolash, profilaktika ishlari va ruhiy kasalliklarni barvaqt aniqlashning vertikal integratsiyalashtirilgan tizimlari shakllantirilishini ta’minlagan holda psixiatriya xizmatini samarali boshqarish mexanizmini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish.

2013-yil IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligining psixiatriya xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyrug‘i.

Psixiatriya xizmatini boshqarishni takomillashtirish.

4.

Davolashning yangi avlod farmakologiya preparatlarini amaliyotga joriy etgan holda ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligining psixiatriyada diagnostika va davolash standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i.

Statsionarda davolash muddatlarini maqbullashtirish, to‘laqonli remissiyalarga erishish, bemorlar hayoti sifatini yaxshilash.

II. Ruhiy kasalliklarning oldini olish, barvaqt tashxis qo‘yish va davolashning samaraliligi chora-tadbirlarini takomillashtirish

5.

Ruhiy kasal va xulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolash natijalarini yaxshilash, psixiatr mutaxassislarning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari, tug‘ruqqa yordam berish, pediatriya, skrining-markazlar, maktabgacha va umumta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish yo‘li bilan “xavf guruhi”ga kiruvchi bolalarni profilaktik kuzatish va sog‘lomlashtirish.

2014-yil I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

-

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Ilk bosqichlarda chegaradosh asab-ruhiy patologiyali bolalarni aniqlashga, tashxis qo‘yishga va davolashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar. Xizmatlarning tug‘ruq komplekslari, neonatologik bo‘limlar, bolalar davolash-profilaktika bo‘limlari va bolalar maktabgacha tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash.

Ruhiy faoliyati va xulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolashni yaxshilash.

6.

Psixiatriya muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarini tiklash va ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

2014-2015-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

86,4 mln so‘m

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Psixiatriya muassasalari uchun asbob-uskunalar sotib olish va ularni tiklash; mahsulotlarni tayyorlashga buyurtmalarni va ularni sotish uchun imtiyozli shart-sharoitlarni shakllantirish.

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarga nisbatan jamiyatda hayotga qaytishga va ularning mehnatga layoqati oshishiga ko‘maklashuvchi mehnat terapiyasi usullarini qo‘llash.

7.

Aholi orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarini o‘rganish va ularning oldini olish bo‘yicha vazirliklar va idoralarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi, sodir etilgan o‘z joniga qasd qilish va o‘z joniga qasd qilishga urinishlar to‘g‘risidagi axborotni huquqni muhofaza qilish organlari va sog‘liqni saqlash organlari o‘rtasida o‘zaro ayirboshlash mexanizmini ishlab chiqish, o‘z joniga qasd qilish holatlarining amaliy monitoringi olib borilishini ta’minlash.

2014-yil IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
“Mahalla” fondi,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

-

Bajaruvchilarning mablag‘lari

2015 — 2017-yillarda aholi orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarini o‘rganish va ularning oldini olish bo‘yicha idoralararo dastur loyihasini ishlab chiqish.

Aholining o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq xulq-atvori darajasini pasaytirish.

8.

Boshqa statsionarlarga borgan holda o‘z joniga qasd qilishga uringan shaxslarga kecha-kunduz maslahat berilishini ta’minlash.

2014 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

815,6 mln so‘m

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Barcha psixonevrologiya dispanserlari shtatiga o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni davolovchi vrach lavozimini joriy etish.

O‘z joniga qasd qilishga uringan shaxslarga davolash-maslahat yordami berish ishlarini yaxshilash.

9.

Ruhiy kasalliklarning tarqalganligi, dastlabki namoyon bo‘lishi va ularni davolash imkoniyatlari to‘g‘risida aholining xabardorligi darajasini oshirish chora-tadbirlari.

2013 — 2017 yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Milliy teleradio-kompaniya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Ichki ishlar vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
“Mahalla” fondi,
“Kamolot” YIH

37,0 mln so‘m

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Ushbu masalaga bag‘ishlangan uchrashuvlar, suhbatlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari o‘tkazish, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar uyushtirish, maqolalar e’lon qilish. Aholining turli qatlamlari uchun mintaqaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

Psixiatriya xizmati vazifalariga va ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning zaif kontingenti ehtiyojlariga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatiga aholining ishonchini o‘stirish.

10.

Jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar va nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb etish asosida ruhiy faoliyati buzilgan odamlarga uyda yordam berish mexanizmlarini takomillashtirish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“Mahalla” fondi,
“Kamolot” YIH,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100,0 mln so‘m

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Mahalliy hamjamiyatlar darajasida hukumatga qarashli bo‘lmagan nodavlat tashkilotlari tomonidan ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish.

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish.

11.

Zamonaviy usullarni joriy etgan, shu jumladan ruhiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ko‘rgan holda ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning ijtimoiy xavfli xatti-harakatlari kompleks profilaktikasi usullarini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

2014-yil II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi

-

Bajaruvchilarning mablag‘lari

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qarorini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar profilaktikasi bo‘yicha sog‘liqni saqlash va ichki ishlar organlari ishini tartibga solish.

12.

Oziq-ovqat mahsulotlari me’yorlariga muvofiq ixtisosli statsionarlarda ruhiy bemorlarning ovqatlanishi ratsionini yaxshilash.

2013 — 2015-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

Budjet mablag‘lari doirasida

Oziq-ovqat mahsulotlarining tasdiqlangan me’yorlariga muvofiq ruhiy bemorlarning ovqatlanishini budjetdan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich ko‘paytirish.

Psixiatriya muassasalari mijozlarining ovqatlanish ratsionini yaxshilash. Qo‘shimcha kasalliklarni kamaytirish.

III. Psixiatriya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash, psixiatriya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

13.

Oliy o‘quv muassasalari kafedralari negizida magistratura va klinik ordinatura orqali psixiatriya bo‘yicha boshlang‘ich ixtisoslashishdan o‘tish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

364,7 mln so‘m

Budjet mablag‘lari doirasida

Tibbiyot oliy o‘quv muassasalari kafedralarida umumiy davolash tarmog‘ining kamida 70 nafar vrachining magistratura va klinik ordinaturadan o‘tishini ta’minlash.

Psixiatriya xizmati mutaxassislari yetishmovchiligini to‘ldirish.

14.

Psixiatr vrachlar malakasini oshirish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

48,3 mln so‘m

Budjet mablag‘lari doirasida

Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish instituti kafedralari negizida, Andijon va Samarqand tibbiyot institutlarining vrachlar malakasini takomillashtirish fakultetlarida ishlayotgan psixiatr-vrachlarning har yili kamida 20 foizining malaka oshirish sikllaridan o‘tishini ta’minlash.

Psixiatriya xizmatining malakali mutaxassislarini tayyorlash mintaqaviy da’volash-profilaktika muassasalari psixiatrlarining oliy o‘quv muassasasida keyin o‘qitish bilan qamrab olinishini ko‘paytirish.

15.

Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish institutining psixiatriya va psixoterapiya kafedralari negizida bazaviy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan vrachlar uchun psixiatriya bo‘yicha ixtisoslashish kurslarini (davolash va pediatriya ishi) tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

12,0 mln so‘m

Budjet mablag‘lari va homiylar mablag‘lari doirasida

Umumiy davolash tarmog‘ining bazaviy tibbiy ma’lumotga ega b�lgan 20 nafar vrachining psixiatriya bo‘yicha ixtisoslashishdan o‘tishi uchun har yili kvotalar belgilash.

Ambulatoriya-psixiatriya xizmati mutaxassislari yetishmovchiligini to‘ldirish.

16.

Profilaktika, diagnostika va davolashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Grant tadqiqotlari uchun budjet mablag‘lari

Psixiatriya xizmatini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar mavzularini tasdiqlash va ularni amalga oshirish.

Ruhiy faoliyat buzilishlarini davolash samaradorligini oshirish.

17.

“Sud-psixiatriya ekspertiza”si mutaxassisligi bo‘yicha ekspertlarni oliy o‘quv muassasasidan keyin tayyorlash o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish.

2014-yil I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Adliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘quv dasturini ishlab chiqish.

Yuqori malakali davlat sud ekspert-psixiatrlarini tayyorlash.

IV. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

18.

Psixiatriya muassasalarini ta’mirlash-rekonstruksiyalash ishlarini amalga oshirish.

2014 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

165 220,0 mln so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2014 — 2017-yillarda rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlariga muvofiq maqbullashtirishni hisobga olgan holda psixiatriya muassasalarining ta’mirlash-rekonstruksiyalash ishlarini ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bosqichma-bosqich bajarish.

Psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. Ruhiy faoliyati buzilgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish.

19.

25 ta psixiatriya muassasasini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash (to‘liq jihozlash).

2014-2015-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3399,9 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summa

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari

Psixiatriya muassasalarini ularning jihozlash tabeliga muvofiq zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan to‘liq jihozlash.

Psixiatriya muassasalarining davolash-diagnostika ishlarini yaxshilash.

V. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

20.

Vrachlar malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “psixiatriya” va “psixoterapiya” ixtisosliklari bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli kurslarda o‘qitish.

2013 — 2017 yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

80,0 mln so‘m

Xalqaro moliya institutlari va homiylar mablag‘lari

Mutaxassislarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetakchi xorijiy mamlakatlar klinikalari va institutlariga yuborish.

Psixiatriya xizmatini tashkil etish, diagnostikaning yangi metodlarini joriy etish, ruhiy patologiyali mijozlarni davolash masalalarida xalqaro tajribani joriy etish.

21.

Ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida psixiatriya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan sheriklikni mustahkamlash.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Xalqaro kongresslar, syezdlar, seminarlar, “davra suhbatlari”da qatnashish.

Ruhiy faoliyat buzilishlarini tashxis qilish va davolashning zamonaviy metodlarini joriy etish.

22.

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyalarini o‘rganish hamda ularni respublika psixiatriya xizmati faoliyati sharoitlariga moslashtirish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

-

Bajaruvchilar va sheriklar mablag‘lari

Olingan natijalar asosida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik doirasida, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan holda aholining ruhiy sog‘lig‘ini davriy populatsiya tekshiruvlaridan o‘tkazish.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda respublika aholisining ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish. Ruhiy va xulqiy buzilishlarning tarqaluvchanligini baholash bo‘yicha ma’lumotnoma-tahliliy material tayyorlash.

23.

Baku shahrida Yevropa Mintaqaviy Byurosining 61-har yilgi sessiyasida 2011-yil 12 — 15-sentabrda tasdiqlangan Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda “Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va o‘smirlar hamda ular oilalarining salomatligi” Harakatlar rejasini amalga oshirish.

2013-2014-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

-

Bajaruvchilar va sheriklar mablag‘lari

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda “Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va o‘smirlar hamda ular oilalarining salomatligi” Harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha respublika harakatlar strategiyasi va rejasini ishlab chiqish.

Bolalar va o‘smirlarning ruhiy va somatik salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish.

24.

Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar ishtirokida yetakchi psixoterapiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish.

2013 — 2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

40,0 mln so‘m

Bajaruvchilar va sheriklar mablag‘lari

Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psixoterapiya klinikalari mutaxassislari ishtirokida psixoterapiya bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psixoterapiya klinikalari tajribasini hisobga olgan holda aholiga psixoterapiya yordami ko‘rsatish sifatini oshirish.