Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-fevral,
39-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 73-modda)