23.09.1998 yildagi PF-2079-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

JISMONIY SHAXSLARNING XORIJIY VALYUTADAGI OMONATLARINI RAGʻBATLANTIRISH BOʻYICHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika valyuta bozorining bundan buyon ham erkinlashuvini taʼminlash, fuqarolarning valyuta omonatlarini ochishga boʻlgan manfaatdorligini oshirish, bank xizmatlarining xalqaro amaliyot talablariga mos zamonaviy turlarini rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PF-4148-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublikaning tijorat banklariga:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
omonatchilarga erkin muomaladagi valyuta omonatlarini saqlash va ularni hech bir shartsiz qaytarib berish hamda omonat hisobidagi valyutaga qoʻshiladigan foizlarni toʻlash boʻyicha tegishli kafolatlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning erkin muomaladagi valyutadagi omonatlari boʻyicha oʻzaro foydali shartlardagi foiz stavkalarining yangi, oshib boradigan shkalalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonunchilikka binoan, shaxsiy omonatlar, ular boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalar bankda sir saqlanishiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin muomaladagi valyutada omonatlar ochishning qulayligi va foydali ekanligini aholiga yetkazish maqsadida zarur tushuntirish ishlari va reklama tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunda belgilangan tartibda rezident va norezidentlarning omonatlari hamda bu omonatlar boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar xususida omonat sirining ochilishiga olib keladigan gʻayriqonuniy axborot olishga urinishlarning oldini olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddat ichida amaldagi idoraviy-meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 23-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2079-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 193-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)