Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.03.2013 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 28-avgustdagi 251-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 14-yanvardagi 9-son qaroriga muvofiq, shuningdek “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi ustav fondining koʻpaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 28-avgustdagi 251-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Belgilansinki, “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining ustav kapitali miqdori 8576,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi, undan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“CGNPC URC” kompaniyasining 50 foiz miqdoridagi ulushi pul mablagʻlari va asbob-uskunalar hisobiga shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 50 foiz miqdoridagi ulushi Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov va Meshetin maydonlarida ilgari olib borilgan uran boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologik, geofizik va boshqa maʼlumotlar hisobiga shakllantiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi muassislarning qoʻshma korxona ustav fondiga qoʻshimcha ulushi munosabati bilan “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi taʼsis hujjatlariga 2013-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda, belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 7-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 11-son, 142-modda)