O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va respublikada pasport tizimini takomillashtirish, xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida bo‘lishini tartibga solish maqsadida:
xorijiy fuqarolar, jumladan, MDHga a’zo davlatlar fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda yashash uchun berilgan guvohnomasi bo‘lgandagina doimiy qayddan o‘tish huquqiga ega;
MDHga a’zo davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida uch kundan ortiq bo‘ladigan fuqarolari istiqomat joyida vaqtinchalik qayddan o‘tishi shart;
O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi bilan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizada ko‘rsatilgan muddat bilan vaqtincha qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasida Pasport tizimi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmon bilan tasdiqlangan Nizomga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida, jumladan MDHga a’zo davlatlar fuqarolariga va xorijiy fuqarolarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash uchun guvohnomalar berish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida ularni doimiy qayd etish masalalarini ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiyalar tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu masalalarni hal etishda komissiyalar O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun keluvchi shaxslarni turar-joy, ish va ijtimoiy kafolatlar bilan ta’minlash imkoniyatlari mavjudligiga alohida e’tibor bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Pasport tizimi qoidalariga, xorijiy fuqarolarning, jumladan, MDHga a’zo davlatlar fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi hamda respublikada bo‘lishi tartibiga qat’iy amal qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-dekabrdagi PF-1027-sonli Farmoniga 1 va 2-ilovalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-martdagi 143-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-fevraldagi 91-sonli “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 1999-yil 27-fevraldagi 92-sonli “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorlari.
LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2016-yil 1-yanvardan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, ro‘yxatdan chiqarish tartibini, shuningdek pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega bo‘lishlari shart. Harbiy xizmatchilar bunday pasportsiz yashaydilar. Harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar harbiy xizmatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. Ushbu Nizom normalari xorijiy fuqarolar, diplomatik, konsullik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga tadbiq etilmaydi, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi xalqaro huquq normalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari”.
3. Pasport xorijga jo‘nab ketish chog‘ida ham amal qiladi. Xorijga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibi” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2002-yil 25-maydagi 181-sonli “Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
4. “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan shaxslarga;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar berish va almashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat № 726, 11.05.1999-y.)
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti butun O‘zbekiston Respublikasida yagona namunada o‘zbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat bo‘ladi.
7. Pasportga o‘zbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar yoziladi:
Pasportga fuqaroning millati to‘g‘risidagi yozuv uning ota-onasi millatiga qarab kiritiladi. Agar fuqaroning ota-onasi turli millatga mansub bo‘lsa, birinchi marta pasport berilayotganda pasport oluvchining istagiga ko‘ra otasi yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik millat to‘g‘risidagi yozuv fuqaroning yozma arizasiga muvofiq otasi yoki onasining millatiga almashtirilishi mumkin, ammo faqat bir marta o‘zgartiriladi.
Pasportda uning egasining imzosi, pasport bergan mas’ul shaxs imzosi bo‘lishi, shuningdek pasport berilgan vaqt va amal qilish muddati ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek pasportga:
Fuqarolarning roziligi bilan ularning pasportiga pasport egalarining qoni guruhi va rezusi to‘g‘risidagi belgilar qo‘yiladi. Fuqaroning pasportiga ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi.
— ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni — ichki ishlar organlari (xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi yozuvdan hamda pasport egalarining koni guruhi va rezusi to‘g‘risidagi belgilardan tashqari);
— harbiy xizmatga munosabati haqidagi ma’lumotlarni — mudofaa ishlari organlari, pasport almashtirilgan hollarda esa — ichki ishlar organlari ham;
— nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi yozuvlarni — fuqarolik holatini qayd etish organlari, pasport almashtirilgan hollarda esa — ichki ishlar organlari ham;
— pasportning amal qilish muddati, shuningdek pasport egasi bilan birga jo‘nab ketayotgan uning balog‘atga yetmagan bolalari to‘g‘risidagi yozuvlarni — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari;
— xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar to‘g‘risidagi yozuvni — xorijiy mamlakatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
9. 16 yoshga to‘lgan shaxsga ichki ishlar organlari tomonidan pasport beriladi va u 25 yoshga to‘lguniga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga to‘lganda ichki ishlar organlari ularga yangi pasport beradi, unga oldingi pasportdagi ma’lumotlarning yangi pasport berish vaqtida haqiqiy bo‘lganlarining hammasi kiritiladi.
— tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va o‘quv yurtlarining, mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlarning, qariyalar va nogironlar uylari va boshqa shunday muassasalarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rahbarlari;
11. Pasport tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va mahalliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar.
12. Pasport olish uchun fuqaro istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yoxud O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga quyidagilarni taqdim etadi:
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha ariza;
13. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olish chog‘ida ilgari olgan pasportini doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi esa O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga topshirishga majburdir.
Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoxud O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga pasport harbiy bilet va shaxsiy guvohnoma asosida berilishi mumkin.
15. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasportlar ichki ishlar organlari tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish, millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartish yoki yozuvdagi chalkashlikka aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
17. Fuqaro tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili va millatini o‘zgartirgan, yozuvdagi chalkashlik aniqlangan va pasport foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgandan so‘ng bir oy muddatdan kechiktirmay, pasport aniq muddatga berilgan hollarda esa — pasportning amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uch kun muddatda pasport olish yoki uni almashtirish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni taqdim etishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijga jo‘nab ketadigan taqdirda, agar pasportning amal qilish muddati olti oydan kamroqni yoki kirish vizasidagi muddatni tashkil etsa, pasport almashtirilishi mumkin.
18. Ichki ishlar organlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi tomonidan almashtirish tarzida yoki yo‘qolgan pasport o‘rniga beriladigan pasportga ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilishi kerak.
19. Pasport berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi (boj) olinadi. To‘la davlat ta’minotida bo‘lgan shaxslar poshlina to‘lashdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 6-bandi.
20. Fuqaro pasportni avaylab asrashi shart. Pasport yo‘qolgani haqida fuqaro doimiy qayd etilgan joyidagi ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga darhol xabar qilishi lozim. Ular esa fuqaroning arizasiga binoan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beradi. Ma’lumotnoma shaklini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi belgilaydi.
Fuqaro pasportini yo‘qotgan taqdirda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport beriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan shaxs pasportini ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
Fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilganda ularning pasportlari xizmatni o‘tash davrida saqlash uchun xizmatga chaqirilish joyidagi mudofaa ishlari organlariga, harbiy o‘quv yurtlariga qabul qilinganda esa, keyin ichki ishlar organlariga yo‘q qilishga yuborish uchun shu o‘quv yurtiga topshiriladi.
Vafot etganlarning pasportlari fuqarolik holatini qayd etish organlariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining marhum borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiriladi, ular esa o‘lim ro‘yxatga olinganidan so‘ng bir oy muddatdan kechiktirmay marhumning O‘zbekiston Respublikasi hududida oxirgi istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun yuboradi.
Topib olingan pasport ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
22. Qamoqqa olingan, shuningdek ozodlikdan mahrumlikka, qamoq jazosiga mahkum etilgan shaxslar pasporti surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Qamoqdan ozod qilingandan yoki jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng pasport egasiga qaytariladi.
23. Ushbu Nizomning 22-bandida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olib qo‘yish, shuningdek pasportni garovga yoki boshqa majburiyatlarni ta’minlash maqsadida qoldirish va olib qolish taqiqlanadi.
24. O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomni amalga oshirish uchun zarur shtamplar va blankalarning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat. № 698, 09.04.1999-y.).
25. Pasport olishga ariza blankalari va O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomni amalga oshirishda zarur bo‘lgan boshqa blankalar uchun davlat poshlinasi olinmaydi.
26. Fuqarolarni qayd etish — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi muayyan istiqomat joyida shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashab turishi faktini ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olishdir.
27. Shaxs muayyan istiqomat joyida doimiy yashash niyatida bo‘lgan hollarda doimiy qayd etish amalga oshiriladi.
— xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ushbu toifadagi shaxslarda O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda yashash uchun berilgan guvohnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda.
28. Vaqtincha qayd etish shaxsning o‘zi belgilagan istiqomat joyida bo‘lishi davrida amalga oshiriladi. Uch kundan olti oygacha davrdagi vaqtincha qayd etish fuqaroni doimiy istiqomat joyidagi ro‘yxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan ko‘proq muddatga vaqtincha qayd etish shaxsni doimiy istiqomat joyidagi ro‘yxatdan chiqargan holda amalga oshiriladi.
— O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bir joydan ikkinchi joyga vaqtincha yashash uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
— MDHga a’zo davlatlardan fuqaroligi to‘g‘risida belgisi bo‘lmagan sobiq SSSR pasportlari bilan kelgan shaxslar;
— O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari bilan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
29. O‘zbekiston Respublikasi hududining bir joyidan ikkinchi joyiga olti oygacha muddat bilan vaqtincha yashash uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy istiqomat joyidagi ro‘yxatdan chiqishni rasmiylashtirmagan holda vaqtincha qayd etiladilar va bunda pasportlarga qayd etish shtampi qo‘yiladi.
30. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa joyga olti oydan ko‘proq muddatga vaqtincha yashash uchun jo‘nab ketadigan (xizmat safarlariga, ta’tillarga, dala hovliga, dam olish yoki davolanishga ketadiganlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatdan chiqishlari va vaqtincha turadigan joyda qayd etilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Qayd etish va ro‘yxatdan chiqarish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu organ har haftada odamlarning jo‘nab ketishi va kelishi to‘g‘risidagi varaqlarni hudud bo‘yicha Manzil-ma’lumotnoma byurosiga yuborib turishi shart. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar mehmonxonalarning, davolash muassasalarining, sanatoriylar va dam olish uylarining mas’ul shaxslari qayd etilishi lozim bo‘lgan joylashgan shaxslarning so‘rovnoma-arizalarini hisobga olish uchun har haftada o‘zi joylashgan hudud bo‘yicha Manzil-ma’lumotnoma byurosiga yuborishlari shart.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
32. Doimiy va vaqtincha qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yoki vaqtincha istiqomat joyida quyidagilarni taqdim etadilar:
— tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — 16 yoshga to‘lmagan, ota-onalaridan (vasiylar va homiylardan) alohida yashovchi shaxslar uchun;
— harbiy bilet yoki shaxsiy guvohnoma — kazarmalardan, kemalardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar uchun;
16 yoshga to‘lmagan, ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni qayd etish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar bo‘yicha, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uy daftarlariga (qayd etish varaqchalariga) kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha yashash uchun MDHga a’zo davlatlardan kelgan shaxslar ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar:
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha qayd etish uchun quyidagilarni taqdim etadilar:
Xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, MDHga a’zo davlatlardan kelgan shaxslar doimiy qayd etish uchun:
Chegara hududida joylashgan aholi punktlarida qayd etish uchun ushbu hududga kirish to‘g‘risida chegara hududiga jo‘nab ketgunga qadar istiqomat joyida ichki ishlar organidan belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
33. Qayd etilishi lozim bo‘lgan shaxslar kelgan kundan boshlab uch kun muddat ichida hujjatlarni qayd etish uchun ichki ishlar organlariga topshirishlari shart.
Ro‘yxatdan chiqish uchun hujjatlar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
34. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, shuningdek belgilangan tartibda berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uy-joy maydonining qanchaligidan qat’i nazar doimiy qayd ettirish huquqiga egadirlar:
— o‘z oilalariga ega bo‘lmagan yoki balog‘atga yetmagan bolalari bo‘lgan, ammo nikohdan o‘tmagan balog‘atga yetgan farzandlar — ota-onalarining uy-joy maydoniga;
— balog‘atga yetmagan, ota-onasi bo‘lmagan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek mehnatga layoqatsiz tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning o‘z oilalari bo‘lmasa, yoshidan qat’i nazar — akasi, ukasi, opasi, singlisining uy-joy maydoniga;
— ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
— ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o‘z oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
— muddatli xizmat tugagandan so‘ng Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, yoki ota-onasi, yoxud boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
Oldingi tahrirga qarang.
— ofitserlar tarkibidan zaxiraga yoki iste’foga bo‘shatilgan shaxslar, Qurolli Kuchlarning va Milliy xavfsizlik xizmatining kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar vazirligining boshliqlar va oddiy xodimlari safida bo‘lgan shaxslar (oila a’zolari bilan) — belgilangan tartibda uy-joy olgunga (sotib olingunga) qadar qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga.
(34-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
Ushbu bandda ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar bilan bir qatorda quyidagilar ham uy-joy maydoni qanchaligidan qat’i nazar vaqtincha qayd ettirish huquqiga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
— haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan birga — belgilangan tartibda uy-joy olgunga (sotib olingunga) qadar muddatga boshqa shaxslar yoki harbiy qismning uy-joy maydoniga yoxud harbiy qism, harbiy o‘quv yurti yoki Mudofaa vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining o‘zga tashkiloti joylashgan erga;
(34-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
— akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, o‘quv yurtlarining talabalari, aspirantlari, doktorantlari, ad’yunktlari, ordinatorlari, kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, shuningdek ularning oila a’zolari — o‘qish davrida o‘quv yurtlari va idoralarning, qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
Keyingi tahrirga qarang.
— faoliyati doimiy harakat bilan bog‘liq shaxslar (kemalar ekipajlarining a’zolari, geologiya va qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarning xodimlari va shu kabilar) — ish davrida tegishli paroxodchiliklar, boshqarmalar, geologiya, qidiruv partiyalari va ekspeditsiyalarning asosiy bazalari, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar joylashgan manzilga.
35. Qayd etish va ro‘yxatdan chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 7-bandi.
36. MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari ularning shaxsini yoki fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirish va unda harakat qilib yurish huquqiga egadirlar.
37. Chegara hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning istiqomat joyini tanlashida cheklashlar belgilab qo‘yiladi. Ushbu bandda ko‘zda tutilgan cheklash amal qiladigan joylarda qayd etish ruxsat berilmagan shaxslar shu yerlarda joylashgan korxonalarga, muassasa va tashkilotlarga ishga qabul qilinishi mumkin emas hamda ular shu joyni yetti kun mobaynida tark etishlari lozim. Ular chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan hollarda ichki ishlar organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda chiqarib yuboriladilar. Mazkur joylarda vaqtincha bo‘lish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublikaning boshqa ayrim mintaqalarida aholi sog‘lig‘ini saqlash va xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu joylarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lishi vaqtincha cheklab qo‘yilishi mumkin.
38. Xususiy uy-joy egasi uy-joy maydoni qanchaligidan qat’i nazar oila a’zolarini va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qayd ettirish huquqiga egadir.
Xususiy mulk tarzida o‘ziga tegishli bir qancha uyning egasi ulardan faqat bittasiga qayd etilishi mumkin.
39. Sudning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashab turgan uyidan ko‘chirib yuborish yoki bunday uylardan foydalanish huquqi o‘z kuchini yo‘qotgani haqidagi qarori qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan ularning yashash joyiga qayd etilishi bekor qilinishi lozim.
40. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mazkur shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukmlar qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ro‘yxatdan chiqariladi.
42. Qayd etish (ro‘yxatdan chiqish) uchun lozim bo‘lgan arizalar, uy daftarlari, manzil varaqalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qayd etish va ro‘yxatdan chiqarishga taalluqli boshqa hujjatlarning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat. № 698, 09.04.1999-y.).
— pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda pasportlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanganlik, pasportni avaylab saqlamay uni yo‘qotganlik uchun;
— pasport tizimi qoidalariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan shaxslar fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, yoxud qayd etmay yashashiga yo‘l qo‘ygani uchun, shuningdek fuqarolar o‘zlari egallab turgan uy-joy binolarida pasportsiz shaxslarning qaydsiz yashashiga yo‘l qo‘ygani uchun;
— mansabdor shaxslar pasportsiz yoki pasporti haqiqiy bo‘lmagan fuqarolarni, shuningdek qaydsiz yashayotgan fuqarolarni ishga qabul qilgani uchun;
— mansabdor shaxslar fuqarolarning pasportini qonunsiz olib qo‘ygani yoki pasportni garovga olib qolgani uchun;
— chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishi vaqtincha, cheklangan joylarga kirish yoki unda yashash qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223 va 224-moddalari.
— fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligining isbotiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tadbiq etiladi.
2. Xorijiy shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ularning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligining isbotiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun esa — ularning shaxsini ham tasdiqlovchi hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi doirasida haqiqiydir.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi xorijda uning egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
— O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — ular o‘n olti yoshga to‘lganlarida;
— ushbu Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga;
Keyingi tahrirga qarang.
— O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, ammo O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga.
4. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning istiqomat joyida beriladi.
5. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi, chet elga jo‘nab ketuvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladi.
6. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash uchun beriladigan guvohnomalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha himoya vositalari bo‘lgan maxsus blankalarda tayyorlanadi, O‘zbekiston Respublikasining gerbiga ega bo‘ladi.
Yashash guvohnomalari 16 varaqdan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi esa 10 varaqdan iboratdir.
7. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida to‘ldiriladi. Hujjatlarga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxsning roziligi bilan, yashash guvohnomasida sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va qanday rezusga mansubligi to‘g‘risida belgilar qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalariga ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan yashash guvohnomalarida, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasida kattaligi 35x45 millimetrli qora-oq yoki rangli fotosuratlar hujjat egasining va uni bergan mas’ul shaxsning imzolari bo‘lishi lozim.
9. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar organiga murojaat etib, quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha 2 nusxada ariza — so‘rovnomalar;
— arizachi doimiy yashash niyatida bo‘lgan qarindoshlari (tanishlari) ning arizachi iltimosiga o‘z munosabatlari to‘g‘risida notariat tomonidan tasdiqlangan arizalari, shuningdek qarindoshlar (tanishlar)ning uy-joyga egalik huquqini va unda yashovchi shaxslar sonini tasdiqlovchi hujjatlar;
— nikoh to‘g‘risidagi, bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjatlarning notariat tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
— hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya;
10. Hujjatlar qabul qilib olingandan keyin arizachilar o‘z iltimoslari qondirilishi rad etilgan taqdirda ular ichki ishlar organlari tomonidan belgilanadigan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketishlari lozimligi to‘g‘risida tilxat olinib ogohlantiriladilar.
Qabul qilingan hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalariga va Toshkent shahar IIBBga yuboriladi, bu erda taqdim etilgan hujjatlar va arizachining, taklif qiluvchi kishilarning shaxsiyatlari tekshiriladi, shuningdek ushbu masala bo‘yicha milliy xavfsizlik organlarining fikri so‘raladi. Shu bilan birga mavjud hujjatlarning nusxalari arizachining iltimosi yuzasidan Maxsus komissiya uning mintaqada istiqomat qilishi va ishga joylashishi uchun real imkoniyatlar mavjudligini hisobga olgan holda xulosa chiqarishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tekshirish nihoyasiga yetib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maxsus komissiyasining, shuningdek milliy xavfsizlik organlarining ijobiy xulosasi olinganidan so‘ng rasmiylashtirilgan ishni arizachiga O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish to‘g‘risidagi uzil-kesil qarorni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur masalani hal etish chog‘ida, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini so‘rab oladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish to‘g‘risidagi hujjatlarni vakolatli organlarning har birida ko‘rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ijobiy qarori xorijiy fuqaroga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yashash guvohnomasini berish uchun asos hisoblanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinishi mumkin. Shunday hollarda xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi hududini belgilangan muddatda tark etish taklif qilinadi, ular bosh tortishgan taqdirda esa mamlakatdan belgilangan tartibda chiqarib yuboriladilar.
15. Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomalarini olish uchun ushbu Nizomning 3-bandidagi 2- va 4-xat boshida ko‘rsatilgan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat;
16. Tuman (shahar) ichki ishlar organi ushbu Nizomning 3-bandidagi 2- va 4-xat boshida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar taqdim etgan hujjatlarni mustaqil ravishda ko‘rib chiqadi hamda yuqori ichki ishlar organi bilan kelishgan holda xorijiy shaxs yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunday hollarda hujjatlarni ko‘rib chiqishning ushbu Nizom III bo‘limida bayon etilgan tartibi talab qilinmaydi.
17. Xorijiy shaxslar uchun yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi, ammo xorijiy davlat pasportining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak, 60 yoshga to‘lganda esa — xorijiy davlat pasporti amal qiladigan butun muddatga beriladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, 60 yoshga to‘lganda esa muddatsiz beriladi.
18. Yashash guvohnomasining amal qilish muddati 17-bandda belgilangan muddatlarga 5-martaga qadar uzaytiriladi, shundan so‘ng u almashtiriladi.
20. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yashash guvohnomalarini almashtirish hamda ularning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun yashash guvohnomalarining amal qilish muddati tugashidan kechi bilan 10 kun avval istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarishi, millati, tug‘ilgan yili o‘zgartirilishi yoki yozuvdagi chalkashliklar aniqlanishi munosabati bilan yashash guvohnomasi almashtiriladigan hollarda mana shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
21. Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yashash guvohnomasini olish yoxud uni almashtirish uchun tegishli yoshga yetgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganidan, millati, tug‘ilgan yili o‘zgartirilgandan, yozuvlardagi chalkashliklar aniqlangandan va yashash guvohnomalari yaroqsiz holga kelgandan keyin bir oy muddatdan kechikmay hujjatlarni va fotosuratlarni taqdim etishlari lozim.
22. Yashash guvohnomasini almashtirish tartibida yoki yo‘qotilgani o‘rniga beriladigan shunday guvohnomaga ichki ishlar organlari tomonidan balog‘atga yetmagan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qayd etish, nikohdan o‘tish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi belgilar kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Yashash guvohnomasini yo‘qotgan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yangi yashash guvohnomasini berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishi va davlat poshlinasi to‘langanligi haqidagi kvitansiyani ilova qilishi shart. Bunday hollarda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi yashash guvohnomasi beriladi.
24. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
25. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi 2 yil muddatga beriladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddati ushbu bandda belgilangan muddatlarga 5-martaga qadar uzaytiriladi, shundan so‘ng u almashtiriladi.
27. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini almashtirish va uning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarishi, millati, tug‘ilgan yili o‘zgartirilishi yoki yozuvdagi chalkashliklar aniqlanishi munosabati bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi almashtiriladigan hollarda mana shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet elda bo‘lgan paytda bu shaxs guvohnomasining amal qilish muddati tugagan hollarda u O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat qilishga haqlidir. Ana shu vakolatxona yoki muassasa O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi bilan kelishib olgandan so‘ng fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini zarur muddatga uzaytirishi mumkin, ammo ikki yildan oshmasligi kerak.
28. Almashtirish tartibida yoki yo‘qotilgani o‘rniga beriladigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasida ichki ishlar organi tomonidan ikki yil muddatga chet elga chiqishga ruxsat beruvchi tegishli belgi qo‘yilishi lozim.
29. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi yo‘qolgani to‘g‘risida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs u yo‘qotilgan joydagi ichki ishlar organiga yoxud O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga darhol ma’lum qilishi shart. Bunday hollarda ichki ishlar organi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga belgilangan tartibda yangi guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi esa — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha ma’lumotnoma beradilar.
30. Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi:
— fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet elga jo‘nab ketganida — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini uzrli sabablarsiz uzaytirmagan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirishdan voz kechgan hollarda;
— xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilganida yoki o‘z mamlakati fuqaroligidan chiqqanida;
— fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilganida;
— yashash guvohnomasini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun mutlaqo yolg‘on ma’lumotlar yoxud soxta hujjatlar taqdim qilinganda.
31. Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vafot etgan hollarda yashash guvohnomalari yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi fuqarolik holatini qayd etish organlariga, chet ellarda esa — O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga topshiriladi, ular guvohnomani o‘lim ro‘yxatga olingandan keyin qayd etish joyidagi ichki ishlar organlariga yuboradilar.
32. Hibsga olingan, shuningdek ozodlikdan mahrum etishga yoki qamoqqa hukm qilingan shaxsdan yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud organi tomonidan olib qo‘yiladi va uning istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yuboriladi. Hibsdan ozod qilinganda yoki jazoni o‘tab bo‘lgandan keyin yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi uning egasiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Yashash guvohnomasini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berish hamda uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat poshlinasi undirib olinadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 6-bandi.
Yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berish va amal qilish muddatini uzaytirish uchun to‘la davlat ta’minotida bo‘lgan shaxslar davlat poshlinasi to‘lashdan ozod qilinadilar.
34. Ushbu Nizomni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan gerbli va vizali muhrlarning, shtamplar, blanklarning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
35. Topib olingan yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi ichki ishlar organlariga topshirilishi lozim.
36. Xorijiy fuqarodan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olib qo‘yish man etiladi (O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek garovga olib turish va boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
37. Xorijiy fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini avaylab asrashlari shart.
38. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Nizomning talablarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
39. Mazkur Nizomning bajarilishi ichki ishlar organlari va joylardagi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar
1. Nizomning 3-bet yuqoridan 6-7-satrlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” deb tuzatilsin.
2. 6-bet yuqoridan 7-satrdagi “fuqarolikdan chiqqanligini” so‘zlari “fuqarolikdan voz kechganligini” deb tuzatilsin. Shu bet pastdan ikkinchi satrdagi “yoki shu hududda” so‘zlari “va shu hududda” deb tuzatilsin.
“Iltimosnomalar bo‘yicha materiallar ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan albatta xulosa olgan holda mazkur Nizom II (b) bo‘li-”
6. 13-bet yuqoridan 5-satrdagi “bu vazirlik” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy Xavfsizlik xizmatidan xulosalar olib” degan so‘zlar qo‘shib qo‘yilsin.
7. Shu 13-bet pastdan 8-satrdagi “ichki ishlar organlari” so‘zlaridan keyin “yoxud konsullik muassasalari” degan so‘zlar qo‘shib qo‘yilsin. Yana shu bet pastdan 5-satrdagi “ichki ishlar organlari” so‘zlari o‘rniga “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi” so‘zlari yozilsin.
8. 14- bet pastdan 9-satrdagi “ariza bo‘yicha hujjatlar” so‘zlari “ariza bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi” deb yozilsin. Shu bet pastdan 7-satrdagi “rasmiylashtiriladi” so‘zi “amalga oshiriladi” deb tuzatilsin.
9. 17-bet pastdan 1-satr quyidagi yangi tahrirda yozilsin: “chiqish muddati bir oydan, umumiy muddati esa — fuqarolik masalalari bo‘yicha hujjatlar ochilgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.”
“5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari va konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan shakllar bo‘yicha fuqarolik masalalariga oid ma’lumotnomalarni beradilar.”
Keyingi tahrirga qarang.