LexUZ sharhi
2001-yil 15-iyundagi terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurashish to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasining, 2005-yil 5-iyuldagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurashishda Hamkorlik konsepsiyasining qoidalarini rivojlantirgan holda,
3) mazkur bandning 1, 2 va 4 — 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini rejalashtirish, tashkil etish, tayyorlash va sodir etish maqsadida yuridik shaxs tashkil etish va undan foydalanish yoki shunday maqsadlar uchun jinoiy guruh, noqonuniy qurollangan tuzilma, banda va jinoiy uyushma tashkil etish;
4) terrorizmga ochiqdan-ochiq da’vat qilish yoki terrorizmni ommaviy oqlash, ya’ni mazkur bandning 1 — 3 va 5 — 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini sodir etishga undash maqsadida jamoatchilikka qandaydir murojaatni tarqatish yoki terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va taqlid qilishda ehtiyoj borligini e’tirof etish to‘g‘risida ommaviy bayonotlar berish;
5) mazkur bandning 1 — 4 va 6 — 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda yoki sodir etishda ishtirok etish uchun yollash yoki shaxslarni jalb qilishning boshqa usullarini qo‘llash;
6) mazkur bandning 1 — 5 va 7 — 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini sodir etish uchun shaxslarni tayyorlash yoki sodir etishda ko‘maklashish;
8) terrorizmni moliyalashtirish, ya’ni mazkur bandning 1 — 7, 9 va 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini bo‘lsa ham tashkillashtirish, tayyorlash va sodir etish bo‘yicha faoliyatni moliyalashtirish uchun oldindan mo‘ljallangan mablag‘larni yig‘ish yoki moliyaviy xizmatlarni taqdim qilish;
9) mazkur bandning 1 — 8 va 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etish uchun shaxslarni qurol-yaroq, portlovchi moddalar va boshqa vositalar bilan ta’minlash;
10) mazkur bandning 1 — 9 kichik bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga boshpana, moliyaviy yordam berish hamda qochishida ko‘mak berish, shuningdek ularga nisbatan yolg‘on ko‘rsatuvlar berish.
2. Tomonlar o‘zlarining milliy qonunchiligiga muvofiq mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birini sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga tegishli mol-mulkni qasddan yashirish, tashish, sotib olish yoki sotishda vositachilik qilishni ham jinoiy jazolanadigan qilmish sifatida e’tirof etishi mumkin.
3) Mazkur moddaning 1-bandi 3 — 10 kichik bandlarida ko‘rsatilgan qilmishlar haqiqatda terroristik akt sodir etilishi yoki yollanuvchi va (yoki) o‘qitilayotgan shaxs tomonidan o‘zining terroristik xususiyatdagi harakatlarini anglashidan qat’iy nazar jinoyat hisoblanadi.
4) Tomonlar mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan biror bir jinoyatni sodir etishda ishtirok etish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoiy jazolanadigan qilmishlar sifatida belgilash uchun zarur qonuniy chora-tadbirlarni qabul qilishlari shart.
2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot so‘rovnoma yuborgan Tomonning vakolatli organi so‘rovnomasi bo‘yicha shu shart bilan taqdim qilinadiki, ma’lumot so‘rovnoma olgan Tomon vakolatli organining oldindan yozma roziligisiz hech kimga berilmasligi lozim.
2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotdan tashqari yuridik shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida so‘rovnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
3. So‘rovnoma olgan Tomon so‘rovnoma yuborgan Tomon xodimlarining mazkur Konvensiyaning 14 — 18 moddalariga muvofiq rasmiylashtirilgan so‘rovnoma asosida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar berish tartibini belgilaydi.
6. Agar ruxsatnoma olish uchun so‘rovnoma mazkur moddaning 4-bandida ko‘rsatilgan talablarni hisobga olmasdan tuzilgan yoki ma’lumot to‘liq hajmda taqdim qilinmagan bo‘lsa, unda so‘rovnoma olgan Tomon vakolatli organi qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqli.
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar so‘rovnoma olgan Tomon qonunchiligiga va mazkur Konvensiyaga muvofiq amalga oshiriladi.