18.12.2009 yildagi 204-son
Hujjat 18.12.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik sudlarining (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) e’tibori xo‘jalik protsessi ishtirokchilari tomonidan kelishuv bitimini tuzish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. XPK 122-moddasi birinchi qismining 9-bandiga muvofiq sud ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida taraflarni murosaga keltirish choralarini ko‘radi. Shu munosabat bilan da’vo arizasini qabul qilish va ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda sudning taraflarga nizoni kelishish yo‘li bilan hal etish haqidagi taklifi ko‘rsatilishi lozim.
XPK 40, 41 va 122-moddalarining, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarining mazmunidan sud taraflarni murosaga keltirishga ko‘maklashishi lozimligi, taraflar va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar esa sudning har qanday instansiyasida hamda sud hujjatini ijro etishda ham kelishuv bitimini tuzishlari mumkinligi kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. XPK 44-moddasining birinchi qismida davlat organlari va boshqa organlar o‘zlarining vakolatlari doirasida davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etishlari mumkinligi nazarda tutilgan. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar da’vogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kelishuv bitimi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va taraflar yoki kelishuv bitimini tuzish vakolati maxsus nazarda tutilgan XPK 52-moddasining talablariga muvofiq berilgan ishonchnoma mavjud bo‘lgan holda, ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Bunday ishonchnoma kelishuv bitimiga ilova qilinishi va ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sud muhokamasi tugaganidan so‘ng va ijro ishi qo‘zg‘atilgunga qadar sudga kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ariza kelib tushganda, sudlar bunday ariza ko‘rilmasligini hisobga olishlari lozim, chunki ariza sudda ish yuritish bosqichidan tashqarida berilgan hisoblanadi. Bunday holda XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandi qo‘llanilib, arizani qabul qilish rad etilishi lozim. Agar ko‘rsatib o‘tilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlangan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandi qo‘llanilib, tugatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ijro varaqasini berish masalasi sud tomonidan taraflar chaqirilmasdan XPKning IV bo‘limi qoidalari bo‘yicha ko‘riladi. Zarurat tug‘ilganda sud ijro varaqasi berish masalasini sud majlisida ko‘rib chiqishga haqli.
Ijro varaqasi XPKning 212-moddasi talablariga javob berishi kerak va XPK 213-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat ichida ijroga taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga binoan ijro ishi yuritish davomida tuzilgan kelishuv bitimining tasdiqlanishi sud ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni tugatish uchun asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.