Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 1-son, 1-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 1-modda) muvofiq, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (keyingi o‘rinlarda METH) boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, METHni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
2. METHni boshqarish rejasi mazkur Nizom ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi va tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarda, uning nusxasi esa — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida saqlanadi.
4. Ilovaga muvofiq METHni boshqarish rejasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

A. KIRISh

• Titul varag‘i (boshqaruv organi, METH nomi, tayyorlanish sanasi, boshqarish rejasi (BR) ning amal qilish muddati)
• Muqaddima
• Tayyorlashda ishtirok etgan shaxslar va tomonlar
• BRni ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilgan adabiyot, arxiv, boshlang‘ich uslubiy va me’yoriy materiallarning xarakteri, izhorlar, minnatdorchiliklar
• Mazmun jadvali
• Foydalanilgan qisqartirishlar

B. METH TAVSIFI

B 1. Asosiy ma’lumotlar
B1.1. Joylashgan yer tavsifi
METH hududi va qo‘riqlash zonasining ma’muriy taalluqliligi. Hududning maydoni. METHning yirik tabiiy-geografik tuzilmalar va birliklarga (tizmalarga, platolarga) taalluqliligi. METHning geografik hamda ma’muriy taalluqliligini aks ettiradigan xarita, METHning yuridik manzili, shuningdek, bog‘lanish uchun zarur aloqalar keltiriladi.
Hudud xaritasi, geografik koordinatlar (uzoqligi va kengligi)ni kiritish lozim.
B 1.2. Boshqaruv uchun huquqiy va ma’muriy tuzilma
Xronologik tartibda tegishli qarorlar, sanalar, qo‘shib olingan yoki ajratib tashlangan uchastkalarning nomlari, maydonlari tavsiflanadi.
METHning zamonaviy maqomi, zarur hollarda uning yaqin istiqbollari tavsiflanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud va hokimiyat rahbarlari huquqlarini belgilaydigan qonunlar, nizomlar va qarorlar. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi. Milliy va xalqaro belgilagan maqsadlar.
B 1.3. Maqsad va vazifalar
METHni, uning maqomi va haqiqiy imkoniyatlariga yo‘naltirilgan holda, asosiy vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan, shu jumladan, universal ahamiyatli joriy maqsadlari va vazifalari keltiriladi.
B 1.4. Mavjud boshqarish dasturlari
Avvalgi va amaldagi Boshqaruv rejalari keltiriladi. Mavjud rejada foydalanilgan materiallar, ularning zamonaviyligi va dolzarbligi.
Shuningdek, istiqbolli, yillik va joriy rejalar, faol�yatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari, dastur va jadvallari, ular bajarilishining muvaffaqiyatliligi, unga to‘sqinlik qiluvchi omillar va kamchiliklar.
B 1.5. Xarita, sun’iy yer yo‘ldoshi (sputnik) dan olingan va boshqa fotosuratlar
Mavjud xaritalar, GAT(GIS) geoinformatsion tasvirlari va sun’iy yer yo‘ldoshidan olingan tasvirlar sanab o‘tiladi.
B 2. Fizikaviy -geografik va ekologik tavsifi
Hududning muhim fizikaviy xarakteristikalari, flora (o‘simlik dunyosi) va faunasining (hayvonot dunyosi) tavsifi, populatsiyalar (ko‘payish) ko‘lami, boshqa ekologik ahamiyatli xususiyat va jarayonlar keltiriladi. Zarur hollarda noyob va endemik taksonlar turlarining mavjudligi qayd etilgan bo‘lishi bilan bir qatorda ularning ro‘yxati keltirilishi lozim.
Shuningdek, mavjud tabiiy resurslar hajmini ko‘rsatish zarur.
B2.1. Relyefi/geologiyasi/gidrologiyasi/tuprog‘i/iqlimi
B2.2. Biologik xilma-xillik: biogeografiya, florasi va faunasi
B2.3. Ekotizimlar/landshaftlar
B 3. Meros obyektlari
B 3.1. Tabiiy meros obyektlari
Hududning noyob landshaftlar, ekotizimlar, jamoalar, flora va faunaning alohida ahamiyatli vakillari to‘plangan joy sifatida qiymati ochib beriladi. Hudud endemik turlar to‘plami yoki boshqa noyob tabiiy ajoyibotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
B 3.2. Tarixiy va madaniy meros obyektlari
Davrlar va madaniyatlar almashinuvi haqida tarixiy ma’lumotlar, aholining o‘tmishi va zamonaviy hayot tarzi, urf-odatlarida, METHda yoki uning yon-atroflarida joylashgan tarixiy va madaniy meros obidalari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi, bunday ma’lumotlar axborot va bilim darajasini oshirish uchun ahamiyatlidir.
B 4. Ilmiy-tadqiqotlar tarixi
METHda amalga oshirilgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar, shuningdek ularning tizimliligi va izchilligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
B 5. Boshqarish va nazorat
METHning davlat boshqaruvi tizimi aks ettiriladi: uning turli davlat va ma’muriy boshqaruv darajalardagi bo‘ysunishi, faoliyatini muvofiqlashtirish va qarorlar qabul qilish.
B 5.1. METH rejimi
METHning maqomidan kelib chiqqan holda, o‘rnatilgan rejimi to‘g‘risidagi ma’lumot keltiriladi. Nima taqiqlangan, nimaga ruxsat etilgan.
B 5.2. METHni boshqarish
Xodimlarning shtat tuzilmasi: asosiy bo‘limlar va bo‘linmalar, ulardagi xodimlar soni va to‘liqligi, funksional vazifalari, o‘zaro harakatlar chizmasi.
B 5.3. Mulk va huquqlari
METHning asosiy mulkchilik toifalari (umumdavlat/mintaqaviy, xususiy/ jamoat, nodavlat) ko‘rsatiladi. Mulkdorlar, mulk turi, umumiy maydoni, mulkning sotib olingan sanasi, qonuniy huquqlari, boshqaruv va kelishuv sohasidagi mavjud siyosat keltiriladi.
B 6. Resurslarni boshqarish
B 6.1. Infratuzilma va rivojlantirish

Ijtimoiy va jamoatchilik infratuzilmasi (yo‘llar, maktablar, tibbiy idoralar xonalari va asbob-uskunalari, suv va elektr energiyasini uzatish, aloqa vositalari va hokazo) sanab o‘tiladi. Muhim sanoat va tijorat infratuzilmalari (to‘g‘onlar, zavodlar va hokazo) sanab o‘tiladi.
B 6.2. METHning moddiy-texnik bazasi
Asbob-uskunalar, transport va aloqa vositalari, formalar, qurollar va boshqalarning mavjudligi va holati aks ettiriladi.
B 6.3. Jamg‘armalarni saqlash
Ilmiy kolleksiyalarning mavjudligi va holati, ularni saqlash sharoitlari qayd etiladi. Bundan tashqari ish yuritilishi, arxivning mavjudligi va holati aks ettiriladi.
B 6.4. Yerdan foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat
Resurslardan (er, suv, biologik) asosiy va qo‘shimcha foydalanish tavsiflanadi
B 6.5. Mahalliy jamoalar va aholi
METH yoki uning alohida uchastkalarining ma’muriy mansubligi (maydonlar ko‘rsatilgan holda), tutash aholi punktlarining nomlari, aholining soni va zichligi, ularning METHga ta’siri, aholining etnik tarkibi va demografik tendensiyalar, bandligi va ularning asosiy faoliyat turlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek METH atrofidagi vaziyatga umumiy baho berishga ko‘maklashadigan boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
B 6.6. Dam olish va turizm
Muhofaza qilinadigan va unga tutash hududlarning turistik va rekreatsion salohiyati tavsiflanadi. Kelib-ketishlar va turistik hamda rekreatsion faoliyatning turlari keltiril�di.
B 6.7. Axborot, xabardorlik, ta’lim
Aholi bilan ekologik ma’rifiy va tushuntirish ishlarining holati, aholi xabardorligini oshirishga mas’ul infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganligi. Mavjud muammolar va to‘laqonli imkoniyatlar.
B 6.8. Rivojlantirish tashabbuslari
Tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan loyiha/dasturlarni amalga oshirishga va qo‘riqxona salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan avvalgi, joriy va kutilayotgan homiylik/grant yordamlari.

V. METHni BAHOLASh

V 1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qimmatli obyektlari
Ushbu hududga xos bo‘lgan eng qimmatli va noyob xususiyatlar aniqlanadi. Biologik xilma-xillik (dastlabki yovvoyi nusxasiga yaqinliligi bilan)ning yuqori darajada saqlanganligi va to‘planganligi bilan belgilanadigan qo‘shni mintaqalarga nisbatan ahamiyatliligi. Bunda quyidagilar:
• biologik xilma-xillikning noyobligi;
• tabiiy va madaniy meros obyektlari;
• ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlar;
• rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar
V 2. Manfaatdor tomonlar
Manfaatdor tomonlarga baho bergan holda ma’lumot keltiriladi.
V 3. Boshqarish samaradorligini chegaralaydigan omillar (tahdidlar, muammolar va hokazo.)
Boshqarish rejasi e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan asosiy omillarga baho beriladi.
Asosiy omillar:
• uy-joy qurilishi va tijoratning rivojlanishi;
• qishloq xo‘jaligi va suv obyektlari (akvakultura);
• energetika va qazib chiqarish sanoati;
• transport vositalari va servis yo‘laklari;
• biologik resurslardan foydalanish;
• yangi aholi punktlarini bunyod qilish;
• begona turlar va genlar;
• ifloslanish;
• tabiiy hodisalar;
• boshqalar.
V 4. Boshqarish salohiyatini baholash
Boshqaruv idoralarining (va hamkorlarning) qimmatbaho boyliklarni muhofaza qilish va tahdidlarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo‘yicha mavjud salohiyatiga baho beriladi.
• moliyaviy mablag‘lar;
• moddiy resurslar;
• xodimlar/mehnat resurslari;
• xodimlarning individual layoqatliligi;
�� rahbarlik;
• manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik;
• xabardorlik va jamoatchilik ko‘magi.

G. METHni BOShQARISh STRATEGIYASI

G 1. Muhofaza etiladigan hudud uchun uzoq muddatli vazifa
Muayyan hududning uzoq muddatli o‘rni va vazifasi, shu hududning istiqboldagi asosiy ko‘rinishi tavsiflanadi.
G 2. Zonalashtirish va makon rejasi
Hududlarni zonalashtirish, ularning tashkil etish holatini asoslovchi xaritalar tayyorlanadi. Foydalanishning aniq tartibi bilan muhofaza rejimi tavsiflanadi.
G 3. Boshqarish dasturlari
Boshqarish dasturlari keltiriladi.
Har bir dasturlarga quyidagilar kiradi:
• strategiyasi;
• asoslanishi va siyosati;
• dasturosti dasturlar;
• har bir dasturosti dastur uchun strategik maqsad.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi