Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN ULGURJI VA ChAKANA SAVDO QILIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 1999 YIL 19 MARTDAGI 125-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillar davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va koʻlamlarini kengaytirish hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish boʻyicha mezonlar va baholash tizimini belgilash va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 14-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
yuridik shaxslar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga va ijtimoiy soha muassasalariga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish faqat naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha amalga oshiriladi;
yuridik shaxslar — isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni chakana sotishni oʻz firma doʻkonlari, shu jumladan ishlab chiqarish joyida tashkil etilgan oʻz firma doʻkonlari yoki oʻzlariga tegishli boʻlgan yoxud belgilangan tartibda ijaraga olingan turgʻun savdo shoxobchalari orqali, faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-aprel,
119-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 170-modda)