Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.11.2002 yildagi 412-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, muborak haj amallarini ado etishda qulaylik, imtiyoz va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2003-yilda haj safarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy hokimiyatlar safar oldidan fuqarolarimizning yurtimizdagi muqaddas qadamjo va osori-atiqalarni ziyorat etishlarida kerakli sharoitlar yaratib bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyxatini respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalarining joylardagi boʻlinmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini eʼtiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish masʼuliyati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekani, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Sh. Minovarov) ularga yordam koʻrsatishi eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (V. Tyan) 2003-yil yanvar-fevral oylarida ziyoratchilarning haj safariga borib kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, Toshkent—Jidda—Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalarning narxini arzonlashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Davlat bojxona qoʻmitasi (R. Haydarov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) Saudiya Arabistoni haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni koʻrikdan oʻtkazishni, haj davrida ularga yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yoʻllar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqealarning oldini olish hamda ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirxoʻjayev) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatga binoan hajga ketayotgan fuqarolar uchun xorijiy valyuta almashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati, talablari va uni amalga oshirishning tartib-qoidalari hamda uning yakunlari, shuningdek haj ziyorati bilan bogʻliq barcha masalalarni keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 27-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
412-son