Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.04.1995 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, mamlakatimiz musulmonlarining xohish va iltimoslarini inobatga olib 1995-yilda muborak Haj safarining tashkil etilishida davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Movarounnahr musulmonlari idorasining 1995-yilgi Haj ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Nizomi hamda uning tizimiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-yanvardagi 23 son qarori va 1994-yil 30-noyabrda tasdiqlangan 14/19-214 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Haj va Umra ziyoratlariga borishlari Tartibi”ga muvofiq muborak Haj safariga yetarlicha tayyorgarlik koʻrish borasida qilinayotgan ishlar maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Gʻ. Rafiqov) ga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ziyoratchilarni 1995-yil aprel oyida har ikkala tomonning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahriga olib borish va qaytarib olib kelish,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini qisqartirish maqsadida Toshkent, Termiz, Andijon, Namangan va Fargʻona shaharlaridan samolyotlarda joʻnash va qaytish punktlarini tashkil etish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (3. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi (S. Alimboyev) Movarounnahr musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan muddatda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Karimov) ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining iqlim sharoitini hisobga olgan holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, tegishli tavsiyalar berishni va Haj mavsumida tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (G. Aliyev) ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi (3. Fayziyev) va Oʻzbekbirlashuv (B. Abduganiyev) Toshkent shahri va viloyatlar tashkiliy qoʻmitalarining buyurtmalariga binoan joylarda ziyoratchilar safari uchun kerakli buyumlar savdosini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R. Azimov) Movarounnahr musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatga asosan Oʻzbekiston Respublikasidan Haj ziyoratiga boruvchi 3000 nafar ziyoratchining har biriga 1 101 AQSh dollarigacha miqdorida mablagʻni imtiyozli (vositachilik haqi olinmagan holda) almashtirib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, joylardagi Haj ziyoratini tashkil qiluvchi komissiyalar ziyoratchilardan tegishli miqdordagi soʻmlarni markazlashtirilgan holda yigʻib oladilar va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining viloyatlardagi boʻlimlariga konvertatsiya qilish uchun topshiradilar. Yigʻilgan mablagʻ Movarounnahr musulmonlari idorasining umumiy soʻm hisobida jamlanadi va konvertatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Movarounnahr musulmonlari idorasi barcha zarur toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi orqali 3 mln 303 ming AQSh dollari sotsin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ommaviy axborot vositalariga muborak Haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini keng yoritib borish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 13-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132-son