Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.05.1993 yildagi 226-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993 YILNING 1 ChORAGIDA XALQ XOʻJALIGI IShLARINING YAKUNLARI VA RESPUBLIKADA OʻTKAZILAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, respublikada iqtisodiy islohotlarni roʻyobga chiqarish, bozor elementlarini bosqichma-bosqich joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar hamda iqtisodiyotni barqarorlashtirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar xalq xoʻjaligidagi ahvolni yanada normalashtirish, oʻtgan yilning tegishli davriga qaraganda ishlab chiqarish darajasining oʻsishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar umuman 1992-yilda ishlab chiqarilgan milliy daromadning pasayishi 12,9 foizni tashkil etgan boʻlsa, 1993-yilning 1 choragida u 4,8 foizni, shu jumladan, mart oyida — 2,6 foizni tashkil etdi. Xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish oʻsdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromad qismi bajarildi. Uning xarajatlarining yarmidan koʻpi birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlarga yoʻnaltirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini ijtimoiy himoya qilish borasida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida oʻrtacha ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat taʼminoti, aholining oziq-ovqatlar va tovarlarning asosiy turlari bilan taʼminlanishi keskin pasayib ketishining oldini olish masalalari ijtimoiy siyosatda markaziy oʻrinda boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu yilning 1 choragida chakana tovar oborotining 47 foizi norma bilan, kuponlar va Jamgʻarma banki cheklari boʻyicha sotildi. Bularning barchasi va boshqa chora-tadbirlar nisbatan arzon tovarlarning respublika tashqarisiga chiqib ketishi imkoniyatini chekladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, xalq xoʻjaligidagi ishlar ahvolining yaxshilanishi sust, bu borada bir qancha kamchiliklar bor. Iqtisodiyotdagi barqarorlik va bozor munosabatlarini shakllantirish ishlari katta qiyinchiliklar bilan bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar, hokimliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar zarur darajada tashabbuskorlik va izchillik koʻrsatmayaptilar, oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning mustaqil yechimini izlamayaptilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, shuningdek, chorvachilik mahsulotlari tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarishning pasayishi bartaraf etilmadi. Qurilish dasturi moʻljallangan koʻrsatkichlardan orqada qolgan holda bajarilmoqda. Eksportni kengaytirish sohasida jiddiy siljishlar yuz bermadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro viloyatida iqtisodiy ahvol ayniqsa ogʻirlashdi. Bu viloyatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davrdagiga nisbatan 6,9 foiz kamaydi, 39 korxona yoki har bir ikkinchi korxonada ishlab chiqarish hajmi 1,7 mlrd soʻmga kamayib ketdi. Uy-joylarni foydalanishga topshirish 38 foiz, maktablar 8 foiz qisqardi, aholiga pulli xizmat koʻrsatish hajmi 2 baravariga kamayib ketdi. Goʻsht, sut va tuxum yetishtirish va tayyorlash ancha kamaydi. Bunday ahvol viloyatning koʻpchilik tumanlarida, ayniqsa Olot tumanida ham yuz berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy viloyatida, shuningdek, Xatirchi, Gʻoʻzor, Nishon, Shovot va respublikaning boshqa bir qancha tumanlarida ham belgilangan topshiriqlarni bajarish borasida murakkab ahvol yuzaga keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur viloyat va tumanlarning hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yildagi xalq xoʻjaligidagi ishlar yakunlarini muhokama qilishga bagʻishlangan majlislarida bildirilgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarmadilar, bozor munosabatlarini rivojlantirish, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrmadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qayd etilsinki, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash boʻyicha shu yil uchun moʻljallangan tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlashga doir barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrmadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha ishlarning ahvoli davlat va xoʻjalik boshqaruvi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari uchun chuqur tahlil qilish hamda oʻz vaqtida aniq chora-tadbirlar koʻrish mavzui boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Buxoro viloyatining xokimi oʻrtoq L.S.Yodgorovning eʼtibori iqtisodiy islohotlarni oʻtkazish, viloyat xalq xoʻjaligi tarmoqlariga rahbarlik darajasining pastligiga qaratilsinki, buning natijasida qurilish, sanoat va chorvachilikda belgilangan toshirishlarni bajarish surʼatlarining pasayishiga yoʻl qoʻyilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻoʻzor tumani hokimi oʻrtoq Y. Nurullayev, Xatirchi tumani hokimi oʻrtoq T.B. Mamanov, Olot tumani hokimi oʻrtoq Gʻ.R. Botirov, Shovot tumani hokimi oʻrtoq Y. Xojiyev xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi ishlarning ahvoli va bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ularning shaxsan javobgarligi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Davlat kimyo sanoati konserni (oʻrtoq Mirxoʻjayev) va “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserni (oʻrtoq Hamidov)ning sanoat mahsulotlari va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirish borasidagi ishlari qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi (oʻrtoq Usmonov), Oʻzbekbirlashuv (oʻrtoq Volkov), Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi (oʻrtoq Giniyatullin)ning, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” (oʻrtoq Mirzayev) va “Oʻzbekbaliq” (oʻrtoq Shukurov) konsernlarining, “Oʻzdavqishloqxoʻjalikmash” konserni (oʻrtoq Yusupov), Toshkent shahar hokimligi (oʻrtoq Fozilbekov)ning, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi (oʻrtoq Yoʻldoshev), Andijon viloyati hokimligi (oʻrtoq Obidov), Navoiy viloyati hokimligi (oʻrtoq Aydarqulov), Sirdaryo viloyati hokimligi (oʻrtoq Mahmudov)ning shu yilning 1 choragi yakunlari boʻyicha va xalq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni oʻtkazish borasidagi ishlari yetarli emas deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralaridan joriy yilning 1 choragi yakunlarini va ishdagi kamchiliklarni chuqur tahlil qilishni hisobga olib ishlab chiqarish rezervlarini ishga solish va mehnat unumdorligini oshirish, mavjud moddiy-texnika va moliya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrish talab qilinsin, toki shu yilning I yarim yilligi xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlarining albatta bajarilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari joylardagi oʻzlariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga rahbarlikni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan yaqin aloqada amalga oshirsinlar, hokimiyatning hududiy organlari esa tegishli hududlarda joylashgan korxona va tashkilotlar faoliyatini ularning yuqori tashkilotlari bilan birgalikda uygʻunlashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzmaishiyuyushma”, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi savdo, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini va mahalliy sanoat korxonalarini xususiylashtirish ishlarini shu yilning III choragida nihoyasiga yetkazsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ( oʻrtoq Boqiboyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda shu yilning II choragi va umuman 1993-yilning birinchi yarim yilligi ish yakunlari boʻyicha davlat budjetini shakllantirish va undan foydalanish boʻyicha ishlarning ahvolini har tomonlama tahlil qilib chiqsin hamda shu yilning 1-avgustiga qadar budjet va soliq siyosatini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha respublika Hukumatiga axborot tayyorlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subyektlar monopolistik faoliyatining va ular tomonidan bozorda ustunlik mavqeyining suiisteʼmol qilinishining oldini olishga qaratilgan qatʼiy chora-tadbirlar koʻrsin, monopoliyachi korxonalar narx-navolarini boshqarishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi (oʻrtoq, Sharipov) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (oʻrtoq Sultonov), “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Hamidov), Markaziy bank (oʻrtoq Mullajonov) xalq xoʻjaligidagi ishlarning ahvolini va hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning bajarilishini chuqur tahlil qilish asosida bir oy muddatda rubl doirasidagi mamlakatlar bilan oʻzaro foydali tovar ayirboshlashni takomillashtirishga, sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari bilan esa erkin almashtiriladigan valyutada oʻzaro hisob-kitob qilishga oʻtishga yoki tovarlarni eksport qilish uchun qayta moʻljallashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqsinlar hamda koʻrib. chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (oʻrtoq Mullajonov) “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzjamgʻarmabank” va boshqa tijorat banklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilgan markazlashtirilgan kredit resurslaridan va tijorat banklari resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilsin, ularning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasin. Kreditlar ajratishda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga qatʼiy amal qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ikki hafta muddat ichida yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga va uy-joy qurilishi kooperativlariga kreditlar berish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (oʻrtoq Obidov), “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Murodov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida bir oy muddat ichida ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda iqtisodiyotning-davlat tasarrufida boʻlmagan sektorida ish bilan band boʻlgan (yakka tartibdagi mehnat faoliyati va shaxsiy yordamchi xoʻjalikda ish bilan band boʻlgan fermyerlar, tadbirkorlar kichik biznes vakillari), davlat tasarrufida boʻlmagan korxonalarda, tashkilotlarda hamda alohida shaxslarda yollanib ishlovchi, shuningdek, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ishdan boʻshab qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga (davlat ijtimoiy kafolatlarini roʻyobga chiqarishni boshqaruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni yaratishga doir takliflarni shu yilning 1-iyuligacha tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Hamidov) shu yilning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tajribada qabul qilingan uchyot va statistika tizimiga oʻtishning Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” don va sabzavotlarni oʻz vaqtida qabul qilib olish uchun yem-xashak va don oʻrib-yigʻish texnikasini, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash hamda qayta ishlash korxonalarini hozirlab qoʻyishni 1993-yilning 1-iyunigacha tugallasinlar. “Oʻzdonmahsulot” davlat konserni 1993-yil don hosilini qabul qilishga shu yilning 1-iyuniga qadar boshoqli don ekinlarini, 1-avgustga qadar esa sholi va makkajoʻxori donini tayyorlash uchun don omborlarini va donni tozalash va tashish mexanizmlarini tayyorlab qoʻysinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzneftgazqazish” davlat-aksionerlik birlashmasi (oʻrtoq Erdashev), “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi (oʻrtoq Tovarovskiy) Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlaridagi obyektlarni belgilangan muddatlarda qurish va ishga tushirish yuzasidan puxta chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻrtaosiyokoʻmir” ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Leleko) shu yilning 1-iyunidan boshlab 1992-yilda erishilganidan kam boʻlmagan koʻmir qazib olish va yetkazib berish kunlik surʼatlarini hamda koʻmir qazib olish chiqindilaridan foydalanishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur rahbarlar shu haqda ogohlantirib qoʻyilsinlarki, ular respublikaning neft, gaz va koʻmir sanoatini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgardirlar. Olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzistiqbolstat davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Hamidov, Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev), “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi (oʻrtoq Sharipov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (oʻrtoq Sultonov) respublikaning neft, gaz va koʻmir sanoatini rivojlantirish bilan bogʻliq obyektlarini moliyaviy, moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha paydo boʻluvchi masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzdehqonchilikqurilish” davlat birlashmasi va shu yilning II choragida quvvatlarni ishga tushirish surʼatlarini pasaytirib yuborgan boshqa qurilish tashkilotlari qoloqlikning oʻrnini toʻldirishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi (oʻrtoq Gʻaniyev) Markaziy bank bilan birgalikda yilning II choragida investitsiya jarayoni qatnashchilari faoliyatini va ularning qurilish muddatlariga rioya qilishlari uchun moddiy javobgarliklarini ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Hamidov), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (oʻrtoq Sultonov) shu yilning 1-iyuligacha quyidagilarni tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon bozorining qaror topgan konyunkturasiga, xorijiy sheriklar faoliyatiga doir axborotlarni toʻplash va tarqatishning davlat tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifasiga davlat prioritetlarini aniqlash, investitsiya siyosatini shakllantirish, potensial investorlarni qidirib topish kirishi kerak boʻlgan xorijiy investorlar boʻyicha agentlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 17-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226-son