Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023 15.06.2007 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sudlar tomonidan hal qiluv qarorlari (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) qabul qilishda iqtisodiy protsessual qonunchiligini toʻgʻri va bir xilda qoʻllashni, ularning qonuniyligi va asoslantirilganligini taʼminlash, ularni rasmiylashtirishda shakliy, ketma-ketlik va kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiy sudlarning (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) eʼtibori qarorning odil sudlovning konstitutsiyaviy asoslarini amalga oshiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qilinadigan hujjat sifatida qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 18-bobi talablariga soʻzsiz va qatʼiy rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPKning 279 va 302-moddalariga muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan IPKning 177-moddasida nazarda tutilgan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emas.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qaror protsessual huquq normalariga aniq rioya etilgan va nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddiy huquq normalariga toʻliq mos holda qabul qilingan taqdirda qonuniy hisoblanadi. Agar qonunosti normativ hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan ayrim qoidalarning qonunga zidligi aniqlansa, sud qaror chiqarishda qonunga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari boʻlmagan taqdirda, sud IPKning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham boʻlmasa, nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal etadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qaror qachonki, unda ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Qaror ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror dalillarga uning daxldorligi va yoʻl qoʻyilishliligi, ishonchliligi va yetarlilik haqidagi IPKning 69 — 75-moddalari talablarini inobatga olgan holda asoslantirilgan boʻlishi kerak.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahati (tushuntirishi), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari dalillar boʻlishi mumkin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning asosi uchun sud tomonidan muhokama qilingan va baho berilgan dalillargina olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunni buzgan holda olingan dalillar yuridik kuchga ega emas va qarorga asos qilib olinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ish uchun ahamiyatli boʻlgan u yoki bu holatni tasdiqlovchi dalillarni qayd etish bilan chegaralanmasdan, balki, ushbu dalillarning mazmunini ham bayon etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sud dalillarning har birini alohida va ularni birgalikda baholab, taqdim etilgan u yoki bu hujjatlar, taraflar vakillarining koʻrsatmalari, boshqa aniq maʼlumotlar taraflar oʻzlarining talab yoki eʼtirozlarini asoslagan holatlarni tasdiqlamasligini aniqlasa, u oʻzining bu haqdagi xulosasini qarorda ishonchli asoslashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning xulosasi boshqa dalillarga nisbatan imtiyozga ega boʻlmaydi va sud uchun majburiy hisoblanmaydi. U boshqa dalillar bilan birgalikda baholanishi lozim. Ekspert xulosasiga baho qarorning asoslantiruvchi qismida berilishi kerak. Ekspert xulosasi bilan kelishmaganlikni sud asoslantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspertiza oʻtkazish bir necha ekspertlarga topshirilgan boʻlib, ekspert tekshiruvi masalalari boʻyicha alohida xulosalar berilsa, sud har bir ekspert xulosasi bilan kelishish yoki kelishmaslik asoslarini keltirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning sud majlisida bergan ogʻzaki izohi uning muqaddam taqdim etgan xulosasini tushuntirishga oid qismi boʻyichagina dalil boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda ekspert xulosasiga havola qilinganda ushbu xulosa bilan ish uchun ahamiyatli hisoblangan qaysi faktlar tasdiqlanganligi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Javobgar tomonidan daʼvo tan olingan boʻlsa, qarorda bunga sud majlisida aniqlangan ishning haqiqiy holatlari inobatga olinib, baho berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qaror qabul qilishda sud quyidagilarni aniqlashi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda ishtirok etuvchi shaxslar koʻrsatayotgan holatlar mavjud boʻlganmi va ular qanday dalillar bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudda ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa aniq holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar aniqlanganmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud tomonidan aniqlangan holatlardan kelib chiquvchi nizoli huquqiy munosabatlarning xarakteri, shuningdek qaror qabul qilishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqiy normalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qaysi qonun qoʻllanilishi lozimligi masalasini hal etishda ushbu nizo boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari bilan bogʻliq emas va ular havola etmagan qonunlarni qoʻllashga haqli. Taraflarning munosabatini toʻgʻri malakalash qonuniy qaror qabul qilishning majburiy shartidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sud qarorni bayon etishda IPKning 179-moddasida koʻrsatilgan ketma-ketlikka (kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarining mavjudligiga, ularning mazmuniga) rioya qilishi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik qarorni ijro etishda noaniqliklar va nizolar boʻlmasligi uchun sud qarorida uning kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarini aniq ifodalashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning kirish qismida qarorni qabul qilgan sudning nomi, sud tarkibi, ishning tartib raqami, sud muhokamasi sanasi va joyi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, sud majlisida qatnashayotgan shaxslarning vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyalari, shuningdek ishning yopiq yoki ochiq, sayyor sud majlisida koʻrib chiqilganligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizo yuridik shaxslar ishtirokida koʻrilganda, ularning nomlanishi qisqartirilmasdan, toʻliq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning bayon qilish qismi daʼvo arizaning (arizaning) qisqa bayonini, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning daʼvo arizasi (arizasi) yoki unga eʼtirozlarga nisbatan oʻz talablarini oʻzgartirganliklari, sud tomonidan oʻtkazilgan harakatlar tavsifini oʻz ichiga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sud xulosalari asoslanilgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalilni rad etishga sabab boʻlgan vajlar, mazkur nizoni hal etishda sud tomonidan qoʻllanilgan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatiladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ishda uchinchi shaxslar ishtirok etganda sudning qarorlarida IPKning 47 va 48-moddalariga muvofiq nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilgan yoxud arz qilmagan uchinchi shaxsning protsessual maqomi aniq belgilanishi lozim. Shunga bogʻliq holda sud tomonidan qarorning asoslantiruvchi va xulosa qismi shakllantiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi oʻzgartirilishining qarorda yoritilishi kerakligi inobatga olinishi lozim. Daʼvogarning daʼvo predmetini, asosini oʻzgartirishga boʻlgan xohishi yozma ravishda ifodalangan boʻlishi va sud majlisining bayonnomasida qayd etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi oʻzgartirilgan holda sudlar qarorning xulosa qismida daʼvogarning daʼvo predmeti yoki asosini oʻzgartirish haqidagi arizasi qabul qilinganligini koʻrsatishlari kerak. Agar daʼvogar daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish haqida ariza bergan sud majlisida nizo mazmunan koʻrilmasdan, ishni koʻrish qoldirilgan boʻlsa, u holda bunday arizani koʻrish natijasi ish koʻrishni qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarning eʼtibori qarorning xulosa qismi sud muhokamasi predmeti hisoblangan barcha talablar boʻyicha tugallangan va yakuniy javobni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarurligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil, shuningdek shart bilan qaror qabul qilishga, qarorni taraflar tomonidan kelgusida qandaydir harakatlarni bajarish, qandaydir holatning yuz berishi yoki yuz bermasligiga bogʻliq holda qabul qilishga IPKda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha javobgarlarga nisbatan qaror qabul qilishda qarorning xulosa qismida ularning har birining javobgarlik darajasi koʻrsatilgan yoxud ularning solidar javobgarligiga koʻrsatma aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki daʼvoni va qarshi daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan qarorning xulosa qismida daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi. Shu bilan birgalikda sud ishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani hal etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlarini undirish haqidagi qarorning xulosa qismi va uning asosida berilgan ijro varaqasi asosiy qarz, zararlar va neustoyka (jarima, penya) ajratilib aniqlangan holda undirilishi lozim boʻlgan mablagʻning umumiy miqdori va valyuta turini oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkni talab etish, mulkka nisbatan mulkiy huquqni tan olish toʻgʻrisidagi qarorlarning xulosa qismida sud mulkning nomini, uning bahosini, joylashgan joyini, zarur hollarda esa nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda boshqa ajratuvchi belgilarini koʻrsatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro hujjatini yoki undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi qarorning xulosa qismida IPKning 182-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari, ushbu hujjatni bergan organ ham koʻrsatilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda sud oʻz tashabbusi bilan uning haqiqiy emasligi oqibatlarini, bu haqda qarorda koʻrsatgan holda, qoʻllashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qaror u qonuniy kuchga kirgandan keyin ijro qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. IPKning 342-moddasida nazarda tutilgan qaror ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, shuningdek uning ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish imkoniyati, bunga zaruriyat tugʻilganda, qaror qabul qilinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sud tomonidan qabul qilingan qaror sudya tomonidan yozma ravishda bayon qilinishi hamda qoʻlda yozilishi yoki mashinkada, kompyuterda yoxud boshqa elektron uskunada terilgan boʻlishi mumkinligi inobatga olinishi lozim. Qaror sudya tomonidan imzolanadi va shundan keyin ish muhokamasi tugagan mazkur majlisda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga eʼlon qilinadi. Ushbu tartibga rioya qilish qarorning faqat xulosa qismi eʼlon qilingan holatda ham majburiydir. Ayni vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan qaror bilan qachon tanishishlari mumkinligini eʼlon qiladi. Qonun hujjatlarida yozma shaklda tuzilishi belgilangan boʻlib, ogʻzaki eʼlon qilingan xulosa yoki yozma shaklda tuzilgan boʻlib, sudyaning imzosi mavjud boʻlmagan xulosa qaror hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ish yurituvi boshqa ishtirokchilarining tushuntirishlari qarorda uchinchi shaxs nomidan keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning qabul qilingan sanasi u sud majlisida eʼlon qilingan kun hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qaror sud tarkibi oʻzgarmagan holda, iqtisodiy sud ish yurituvi va sud muhokamasi tamoyillariga qatʼiy rioya etilgan shartlarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror faqat sud muhokamasida qatnashgan sudya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Ishni koʻrish jarayonida sudyani almashtirish zarurati tugʻilganda sud muhokamasi boshidan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrishda qatnashgan sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni koʻrishda qatnashmagan sudya tomonidan imzolangan qaror bekor qilinishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sudlarga qoʻshimcha qaror chiqarishga IPK 189-moddasining birinchi qismida toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkinligi tushuntirilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu asoslarning roʻyxati tugallangan hisoblanadi va kengaytirilib sharhlanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha qaror sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlari taʼminlangan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha qarorda sud uni qabul qilish asoslarini, xulosa qismida esa qoʻyilgan masalaning mohiyati boʻyicha oʻz xulosasini bayon etishi hamda talab etilgan va koʻrib chiqilgan, ammo sud tomonidan hal etilmagan talab yuzasidan qaror qabul qilishi yoki undirilgan pul mablagʻlari miqdori haqida koʻrsatishi yoxud sud xarajatlarini qoplash, undirish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning xatosi daʼvoning mazmuni boʻyicha sudning xulosasiga muvofiq kelmagan holda sud qoʻshimcha qaror chiqarishga haqli emas. Bunday holda sudning xatosini tuzatish qarorni IPKda belgilangan tartibda qayta koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qaror yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va ayni paytda qoʻshimcha qaror qabul qilish masalasi qoʻyilgan boʻlsa, sud avval qoʻshimcha qaror qabul qilish masalasini hal etadi, keyin esa ishni apellatsiya instansiyasiga qoʻrish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qarorni IPKning 190-moddasiga muvofiq tushuntirish yoki tuzatish uning noaniqligini yoxud undagi harfiy va hisob-kitobga oid xatoliklarni tuzatishga zarurat boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni tushuntirish yoki yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni tuzatish haqidagi ajrim ishni koʻrgan sud tomonidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni tushuntirishda sud uning mazmunini oʻzgartirishga va sud muhokamasi predmeti boʻlmagan masalalarga tegishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni tushuntirishga faqat nizoni hal etgan sud haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qaror ijro etilgan yoki uni majburiy ijroga qaratishga taqdim etish uchun qonunda nazarda tutilgan muddat oʻtgan va bu muddat tiklanmagan boʻlsa, qarorni tushuntirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi boʻyicha ham, sudning tashabbusi bilan ham tuzatish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirilishi koʻrsatilgan pul mablagʻi miqdori, sana, mulkni undirish choralariga tuzatish kiritishga faqat, agar bu noaniqlik hisoblashdagi tasodifiy xatolik yoki harfiy xatolik, yozuvdagi xatolik natijasi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qarorda taraflar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala albatta hal etilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Plenum qarorining tushuntirishlari nafaqat birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilishda, balki IPKning 34 va 35-boblarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilishda ham majburiy hisoblanadi. Bunda faqat muayyan sud instansiyasi uchun belgilangan talab aynan shu instansiyada qoʻllaniladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Sud qarorlari haqida”gi 54-sonli qarori kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161-son