Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 17.11.1999 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISh HAQI BOʻYIChA HISOB-KITOBLAR OʻZ VAQTIDA AMALGA OShIRILIShI UChUN VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR RAHBARLARINING JAVOBGARLIGINI OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarzdorlik hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi hamda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish haqi oʻz vaqtida berilishini taʼminlash va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb eʼtirof etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, vazirliklar va idoralarning, xoʻjalik yurituvchi subyektlar birinchi rahbarlari ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash va ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda oʻzlariga qarashli boʻlinmalarda mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarning holatini xatlovdan oʻtkazsinlar va mavjud qarzlarni toʻlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
debitorlik qarzlarini undirish va oʻzlariga qarashli korxonalar va tashkilotlarda ish haqi boʻyicha mavjud qarzlarning 1999-yil 1-dekabrgacha toʻliq toʻlanishini taʼminlash uchun oʻzlarining boshqa resurslarini safarbar etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar, toʻlovlar kechiktirilishining har bir holatini hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiyalar majlislarida koʻrib chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bankrot korxonalarni tugatish komissiyalari bilan birgalikda qarzdorlardan mablagʻlarni undirishni hamda mol-mulkni sotishni jadallashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar, olingan mablagʻlarni qonun hujjatlarida, belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqiga kreditlar berilganda yagona ijtimoiy toʻlov hamda fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari toʻlanishi nazarda tutilsin;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qaroriga muvofiq 2-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi ish haqi boʻyicha qarzlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilmasligiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar asosi boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarzlarini belgilangan muddatlarda toʻliq hajmda qoplash boʻyicha tezkorlik bilan aniq chora-tadbirlar koʻrsin va qarorlar qabul qilsin, mablagʻlar harakati sxemasini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarda ish haqining toʻlanishini har oʻn kunda koʻrib borsin, rahbarlarning masʼuliyatini belgilasin. Chora-tadbirlar koʻrilmagan va mablagʻlardan maqsadli foydalanilmagan hollarda materiallarni aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun prokuratura organlariga bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi 1999-yil noyabr-dekabr oylarida joriy ish haqi toʻlash va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar bilan rejali hisob-kitoblarni taʼminlash uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga 2,0 mlrd soʻm, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlariga — 500 mln soʻm miqdoridagi maqsadli mablagʻlarni maxsus transhlar bilan ajratsin,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xodimlarga ish haqi toʻlashga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilmasligiga yoʻl qoʻyayotgan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 17-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
504-son