12.12.2008 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING “BUYRUQ TARTIBIDA ISh YuRITIShNI TARTIBGA SOLUVChI QONUN NORMALARINI QOʻLLAShNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA”GI QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi munosabati bilan, xususan, buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllashda kelib chiqqan masalalarni toʻgʻri hal etish boʻyicha tushuntirishlar berish zaruriyati tugʻilganligi tufayli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17 va 47-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi quyidagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzni undirish haqidagi talab bilan arz qilingan boʻlsa, unga qarzdorning familiyasi, ismi, ota ismi, aniq yashash manzili, qarz miqdori koʻrsatilgan, qarzdor va kommunal xizmat idorasining vakolatli xodimi tomonidan imzolanib, kommunal idoraning muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma ilova qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi chiqarish haqidagi talab albatta kommunal xizmat idorasi rahbari tomonidan imzolanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqidagi talab arz qilinganda ish haqidan qarzdorlik miqdori aniq koʻrsatilgan va ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan maʼlumot ilova qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori, kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarz undirish hamda xodimga toʻlanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqidagi talablar yuzasidan sud buyrugʻi chiqarish orqali ortiqcha xarajat, ish vaqti hamda turli sansalorliklarning oldini olishga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 12-dekabr,

25-son