Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.01.1996 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“MAHALLIY SANOAT” DAVLAT KORPORATSIYASIDA JUN IP VA GAZLAMALAR ISHLAB CHIQARUVCHI QUVVATLARNI BARPO ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy xom ashyo resurslaridan jun ip va gazlamalar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish bazasi yaratish, import tovarlar oʻrnini bosishni taʼminlash va ularni boshqa mamlakatlardan olib kelish uchun valyuta xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining “Kosonsoy shoyi toʻqish birlashmasi” aksionerlik jamiyati, Turkiyaning “Tifash topkani iplik fabrikalari anonim shirketi” firmasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ustav fondi 38,0 mln AQSH dollari (“Kosonsoy shoyi toʻqish birlashmasi” — 12250 ming AQSH dollari — 32,3 foiz, shu jumladan, binolar va inshootlar koʻrinishida 3500 ming AQSH dollari, “Tifash topkani iplik fabrikalari anonim shirketi” firmasi — 15750 ming AQSH dollari — 41,4 foiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 10000 ming AQSH dollari — 26,3 foiz) boʻlgan jun ip, gazlama va adyol ishlab chiqaruvchi ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma korxonasi tuzilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy qiymati 76 mln AQSH dollari boʻlgan “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasi obyektlari qurilishi 2,5 mln p. m. kamvol gazlama 1,7 mln p. m. kard gazlama, 876 ming dona jun adyol va qoʻlda gilam toʻqish va toʻqish uchun 1185 tonna ip ishlab chiqaruvchi quvvatlarni 1997-yilda foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan Turkiyaning “Tifash” firmasi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 38 mln AQSH dollari qoʻshma korxona taʼsischilari tomonidan shakllantirilgan ustav kapitali hisobiga, 14 mln AQSH dollari “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma korxonasiga ajratiladigan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining krediti hisobiga va 24 mln AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ajratiladigan “Turkeksimbank” krediti hisobiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (Qozoqxonov), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Azimov) ikki oy muddatda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda “Turkeksimbank” bilan tegishli kredit bitimlarini tuzsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Turkeksimbank”dan “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasiga olingan kreditni belgilangan tartibda qayta mablagʻ bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining “Kosonsoy shoyi toʻqish birlashmasi” aksionerlik jamiyatiga ustav fondidagi Oʻzbekiston tomonidan yetishmayotgan ulushni kiritish uchun 8750 ming AQSH dollariga teng boʻlgan milliy valyutada kredit liniyasi ochsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining “Oʻzmahalliysanoat” AJ loyihalash instituti “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasining bosh loyihachisi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi har yili shartnoma shartlarida “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi korxonalariga respublikada tayyorlanadigan tabiiy junning zarur boʻlgan hajmda, assortimentda va sifatli qilib yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi qurilayotgan “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasini 1996-1997-yillar investitsiya dasturiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasi qurilish, ishlab chiqarish quvvatlarini oʻzlashtirish davrida va “Turkeksimbank”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan olingan kreditlar uchun hisob-kitoblar tugallangunga qadar qoʻshilgan qiymat soliqlaridan, daromad soligʻidan va ishlab chiqarilgan mahsulotni eksport qilganlik uchun boj poshlinalaridan ozod qilinsin. Boʻshab qolgan mablagʻlar koʻrsatilgan kreditlarni toʻlash uchun yoʻnaltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasiga “Kosonsoy-Tekmen” qoʻshma aksionerlik korxonasiga ishlash uchun kelgan xorijiy mutaxassislarning mehmonxonalarda yashaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun amalda boʻlgan narxlar boʻyicha soʻmlarda hisob-kitob qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi buyurtmanomasiga koʻra respublikaga kelgan “Kosonsoy-Tekmen” firmasi xodimlariga koʻp martalik vizalar berishni amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 8-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-son