Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.11.1998 yildagi 457-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“KOR FARMSANOAT” OʻZBEKISTON — HINDISTON QOʻSHMA KORXONASINING BARQAROR ISHLASHINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki bozorni yuqori sifatli dori-darmon vositalari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni ishtirokida yiliga 6,6 mln flakon infuzion eritma hamda 396 mln tabletka va kapsula tayyor dori-darmon vositalari ishlab chiqarish loyiha quvvatiga ega boʻlgan “Kor Farmsanoat” Oʻzbekiston — Hindiston qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzfarmsanoat” konserni, Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, “Texnofarm” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Hindistonning “Kor Xelsker Limited” kompaniyasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasining muassislari ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonaning ustav sarmoyasi 5,5 mln AQSH dollari, shu jumladan, Oʻzbekiston tomoni ulushi — 1,37 mln AQSH dollari (25 foiz), Hindiston tomoni ulushi — 3,63 mln AQSH dollari (66 foiz), Xalqaro moliya korporatsiyasi ulushi — 0,5 mln AQSH dollari (9 foiz) miqdorida belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasidagi 6,7 mln AQSH dollari miqdorida kredit berilishi toʻgʻrisidagi qarz bitimiga muvofiq ajratilgan kreditning 3,35 mln AQSH dollari miqdoridagi birinchi qismi toʻliq oʻzlashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Kredit “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan moddiy-texnika resurslarining barcha turlariga, shu jumladan, asbob-uskunalarga, priborlar va mexanizmlarga, yordamchi materiallarga, dori-darmon vositalarining substansiyalariga boj va yigʻimlar toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilganligi uchun boj yigʻimlaridan tashqari) 3 yil muddatga ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasi loyihasi masalalari boʻyicha ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga respublika hududida yashashlari va transportning barcha turlarida yurishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1999-yil va keyingi yillar uchun prognozni shakllantirishda “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom ashyo va materiallar import qilinishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallar yetkazib berish yuzasidan import kontraktlarni belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonaning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun “Kor Farmsanoat” qoʻshma korxonasiga gaz uchun limit ajratish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karamatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 2-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
457-son