08.01.2010 yildagi PQ-1257-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKA SOLIQ ORGANLARI TIZIMINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilsinki, mustaqillik yillarida mamlakatda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq tizimi shakllandi, Oʻzbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatimizda toʻplangan va chet el tajribasining tanqidiy tahlili respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilishning zarurligidan dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining funksiyalari, vakolatlari va tuzilmasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ular fiskal-moliya organlari tuzilmasida, eng avvalo, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, Davlat budjetining daromad qismini barqaror shakllantirishning belgilangan topshiriqlarini bajarish masalalarida hali yetakchi oʻrinni egallagani yoʻq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha axborot-tahliliy ishlar sust olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish ishlari aniq-puxta muvofiqlashtirilmayapti, bozorlar hududlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga turli tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashish holatlari mavjud. Shu bilan bir qatorda, bozorlarda soliq qonunchiligini buzish, turli yigʻimlarni undirish, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar va kontrafakt mahsulotlarning noqonuniy muomalada boʻlishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oshirilgan narxlarda qayta sotish, olingan naqd tushumni toʻliq inkassatsiya qilmaslik hollari davom etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda toʻplangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funksiyalaridagi bir-birini takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va Davlat budjetining daromad qismini shakllantirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek, standartlarga, yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yongʻin nazorati organlariga yuklatiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar oʻz xodimlari va mutaxassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini taʼminlash uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini taʼminlasinlar.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlari joylashtirilishini tashkil etsin, ularni moddiy-texnik baza va yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-bosh formasi namunasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, uning 2010-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2010-yil 1-apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan oʻtkazilishi asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi test sinovidan oʻtkazish natijalari boʻyicha berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda Maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni qoʻllash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va sinovdan oʻtkazilgandan keyin belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari lavozim maoshlariga maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash, shuningdek yangi namunadagi kiyim-bosh formasi qiymatini qisman qoplash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 8-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda; 2013-y., 4-son, 44-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son; 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)