30.04.1998 yildagi -son
Hujjat 21.12.2018 sanasi holatiga
Hujjat 05.05.2025 sanasi holatiga
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari
1-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
Yer umummilliy boylikdir, Oʻzbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer umummilliy boylikdir, Oʻzbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
2-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari
2-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari
Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning, eng avvalo sugʻoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;

qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash;

yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini taʼminlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini taʼminlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;
yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlash;
yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlash;
yerlarning holati haqidagi axborotning toʻliq boʻlishini hamda undan erkin foydalanishga yoʻl qoʻyilishini taʼminlash.
yerlarning holati haqidagi axborotning toʻliq boʻlishini hamda undan erkin foydalanishga yoʻl qoʻyilishini taʼminlash.
3-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
3-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari
Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Togʻ, oʻrmon va suv bilan bogʻliq munosabatlar, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Togʻ, oʻrmon va suv bilan bogʻliq munosabatlar, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ushbu Kodeksga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida normativ hujjatlar qabul qilish;
ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida normativ hujjatlar qabul qilish;
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yuridik shaxslarga qishloq xoʻjalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;
oʻlchamidan qatʼi nazar barcha yerlarni olib qoʻyish, alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlari, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlar bundan mustasno;
diplomatiya vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshligʻi qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
diplomatik vakolatxonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sugʻoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan tashqari yerlarni, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlardan tashqari oʻrmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qoʻyish — har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga oʻn gektargacha oʻlchamda;
fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish;
fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining oʻlchamidan qatʼi nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;
yer uchastkalarini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;
yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kim oshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;
yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer uchastkasining oʻlchamidan qatʼi nazar, shahar chegarasi doirasida egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qoʻyish, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;
yer uchastkalarini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;
yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kim oshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;
yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
2-BOB. YER FONDI
2-BOB. YER FONDI
8-modda. Yer fondi toifalari
8-modda. Yer fondi toifalari
Oʻzbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Oʻzbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga moʻljallangan yerlar. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boʻlinadi;

2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;

5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar;
6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zaxira yerlar.
8) zaxira yerlar.
9-modda. Yerlarni toifalarga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish
9-modda. Yerlarni toifalarga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish
Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga boʻlinadi.
Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga boʻlinadi.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni koʻzlab foydalanishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va shartlaridir.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni koʻzlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash yoʻli bilan aniqlashtiriladi.
Yer uchastkalarining huquqiy rejimi ularning yer fondining muayyan toifasiga mansubligidan va ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi.
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi.
Yerlarni yer fondi toifalariga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi.
Yerlarni yer fondi toifalariga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mustasno.
Sugʻorilmaydigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga oʻtkazish esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirmalarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi.
Yerlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazishning belgilangan tartibini buzish bunday oʻtkazish faktlarini gʻayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etishga asos boʻladi.

10-modda. Yer uchastkasi
10-modda. Yer uchastkasi
Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir.
Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir.
Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning oʻzida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning oʻzida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.

Yer uchastkasi boʻlinadigan va boʻlinmaydigan boʻlishi mumkin.
Yer uchastkasi boʻlinadigan va boʻlinmaydigan boʻlishi mumkin.
Oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan va yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga boʻlish mumkin boʻlgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil boʻlgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin boʻlgan yer uchastkasi boʻlinadigan yer uchastkasi hisoblanadi.
Foydalanish maqsadiga koʻra mustaqil yer uchastkalariga boʻlinishi mumkin boʻlmagan yer uchastkasi boʻlinmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.
Oʻzining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirmagan va yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga boʻlish mumkin boʻlgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil boʻlgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin boʻlgan yer uchastkasi boʻlinadigan yer uchastkasi hisoblanadi.
Ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga koʻra mustaqil yer uchastkalariga boʻlinishi mumkin boʻlmagan yer uchastkasi boʻlinmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.
21-bob. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari, ularni oʻzgartirish tartibi va ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qatʼi nazar yer uchastkalaridan foydalanish
101-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari yer uchastkasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyatning yoʻl qoʻyiladigan turlaridir.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari bilan asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turi sifatida belgilanadi.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq koʻrsatiladi.
102-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi yer uchastkasi qaysi faoliyatni yuritish maqsadlari uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha faoliyatning asosiy turini aks ettiradi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.
103-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkasidagi faoliyat turi boʻlib, uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish va shaharsozlik reglamentida belgilangan shartlarga rioya etish talab qilinadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.
104-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga yoki yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga nisbatan qoʻshimcha hisoblanadigan, mustaqil boʻlishi mumkin boʻlmagan va faqat ushbu turlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan yer uchastkasidagi faoliyat turidir.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.
Ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlariga muvofiq foydalaniladigan yer uchastkasining maydoni mazkur yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turiga muvofiq foydalaniladigan maydonidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy (shartli ruxsat etilgan) va yordamchi turlarining chegaraviy nisbati har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
105-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini oʻzgartirish tartibi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uning huquq egasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun ariza davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turini oʻzgartirish uning huquq egasi tomonidan shaharsozlik reglamentida nazarda tutilgan yordamchi turlar orasidan faoliyat turlarini tanlash yoʻli bilan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
106-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish tartibi
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uning huquq egasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga doir ariza davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma jamoatchilik muhokamasi natijalarini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining qarorlariga asosan beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament, shu jumladan yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanishning ayrim turlariga ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda toʻlov undirilishi mumkin.
107-modda. Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qatʼi nazar yer uchastkalaridan foydalanish
Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan turidan qatʼi nazar yer uchastkasidan:
geodeziya punktlarini, chegara, axborotga doir va boshqa belgilarni joylashtirish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini servitut shartlarida joylashtirish;
muhandislik hamda geologik qidiruv va tadqiqotlarni amalga oshirish;
binolar va inshootlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan asosiy vositalarni, qurilishga doir hamda boshqa materiallarni bunday qurilish yoki rekonstruksiya qilish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish;
shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joylashtirish;
yerlarni rekultivatsiya qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.
3-BOB. YER TUZISH
3-BOB. YER TUZISH
11-modda. Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish
11-modda. Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish
Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda boʻlinishidir.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.

12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xoʻjalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.

Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Yer tuzish istiqbolga moʻljallangan, loyihalash oldidan, xoʻjaliklararo hamda ichki xoʻjalik yer tuzish turlariga boʻlinadi.
Yer tuzish istiqbolga moʻljallangan, loyihalash oldidan, xoʻjaliklararo hamda ichki xoʻjalik yer tuzish turlariga boʻlinadi.
Istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:
Istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:
1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;
1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;
2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;
2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;
3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;
3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;
4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash.
4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash.
Xoʻjaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:
Xoʻjaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:
1) joyning oʻzida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;
1) joyning oʻzida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;
2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;
4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;
5) yer uchastkalarini naturada (joyning oʻzida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;

6) yangi yerlarni oʻzlashtirish, qishloq xoʻjalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, koʻchkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish boʻyicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;

7) barcha yerlarni roʻyxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;
7) barcha yerlarni roʻyxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;
8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;
8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;
9) yerlarni baholash tadbirlarini oʻtkazish.
9) yerlarni baholash tadbirlarini oʻtkazish.
Xoʻjaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan oʻzaro bogʻliq qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining maʼmuriy chegaralari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xoʻjaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan oʻzaro bogʻliq qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining maʼmuriy chegaralari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa tumanlar yoki shahar va posyolkalar hududiga tegishli boʻlgan hollarda, ularning chegaralarini oʻzgartirish masalalari maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilash tartibida hal qilinadi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning oʻziga) koʻchirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.

Ichki xoʻjalik yer tuzish turi qishloq xoʻjaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xoʻjalik negizida belgilab olishni, qishloq xoʻjalik ekinlarini va koʻp yillik dov-daraxtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xoʻjalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bogʻlar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni oʻz ichiga oladi.

Ichki xoʻjalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi boʻlgan mualliflik nazorati olib boriladi.
Ichki xoʻjalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi boʻlgan mualliflik nazorati olib boriladi.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yoʻnalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yoʻnalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.
13-modda. Yer tuzish loyihasini koʻrib chiqish va tasdiqlash
13-modda. Yer tuzish loyihasini koʻrib chiqish va tasdiqlash
Maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga moʻljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga moʻljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Xoʻjaliklararo va xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan koʻrib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga yer ajratib berish loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga oʻzgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi.

Yer tuzishni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xoʻjalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Yer tuzishni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xoʻjalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
14-modda. Yer monitoringi
14-modda. Yer monitoringi
Yer monitoringi yer tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.

Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan taʼminlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.

Yer monitoringini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yer monitoringini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Davlat yer kadastri
15-modda. Davlat yer kadastri
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat koʻrsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va oʻlchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash toʻgʻrisidagi zarur, ishonchli maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat koʻrsatkichlari va bahosi, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari, yer uchastkalarining joylashgan manzili va oʻlchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash toʻgʻrisidagi zarur, ishonchli maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
Davlat yer kadastri Oʻzbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.
Davlat yer kadastri Oʻzbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini asoslash, xoʻjalik faoliyatiga baho berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashga moʻljallangandir.

Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos boʻladi.
Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos boʻladi.
Davlat yer kadastrining maʼlumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qoʻyishda, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini oʻtkazishda, xoʻjalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.

Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari tomonidan yuritiladi.
Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan yuritiladi.
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yoʻnalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini roʻyxatga olish bilan taʼminlanadi.

Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
4-BOB. YERGA BOʻLGAN MULKCHILIK, YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNING YER UCHASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQLARI
4-BOB. YERGA BOʻLGAN MULKCHILIK, YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNING YER UCHASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQLARI
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yerga boʻlgan mulkchilik
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yerga boʻlgan mulkchilik
Yer davlat mulki — umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi.
17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari
17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari
Yuridik shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishlari mumkin.
Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari oʻz kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.
18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi
18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga oʻzlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi boʻlgan shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
19-modda. Yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari:
dehqon xoʻjaligi yuritish uchun;
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;
jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar.
Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham berilishi mumkin.
Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnomaning shakli, ushbu guvohnomani roʻyxatga olish va berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
20-modda. Yer uchastkalariga doimiy va muddatli (vaqtincha) egalik qilish hamda ulardan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi
Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli (vaqtincha) egalik qilishga hamda ulardan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanishga berilishi mumkin.
Yer uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq va oʻrmon xoʻjaligi yuritish uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa maqsadlar uchun ham doimiy egalik qilishga beriladi.
Doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer uchastkalari:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga;
sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga;
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalari foydalanish uchun boshqa tashkilotlar va shaxslarga ham beriladi.
Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqlari yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Yer uchastkalaridan muddatli foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — uch yildan oʻn yilgacha boʻlishi mumkin. Ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etganda bu muddatlar tegishincha qisqa muddatli yoki uzoq muddatli vaqtincha foydalanish muddatlaridan ortiq boʻlmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish muddatlarini uzaytirish shu uchastkalarni bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yigirma besh yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga oʻzlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi
Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq:
shahar va posyolka quriladigan yerlarning maʼmuriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
oʻrmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.
Koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalari
21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalari
Yer uchastkasini ushbu Kodeks 10-moddasining beshinchi qismiga asosan boʻlishning imkoniyati boʻlmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu hol koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.

22-modda. Yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi
Korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa koʻchmas mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham oʻtadi.
Uy-joyga, chorbogʻga boʻlgan mulk huquqi (sotib olish, hadya yoki meros boʻyicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxslarga oʻtgan taqdirda, ushbu imoratlarga mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.
Korxona, bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shahar yer-kadastr daftariga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va ularga yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani topshirish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa koʻchmas mol-mulkning bir qismiga boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga oʻtgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa koʻchmas mol-mulkning ulushiga mutanosib boʻlgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham oʻtadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin boʻlmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan taqdirda esa yer uchastkasining boʻlinishi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshirilib, tuman, shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va shundan keyin yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan doimiy foydalanish huquqi davlat roʻyxatiga olinib, davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi tegishli guvohnomalar beriladi.
22-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi
Korxonaga, binoga, inshootga, koʻp yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham oʻtadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Uy-joyga, koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros boʻyicha olish va boshqa hollarda) ushbu obyektlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga oʻtayotganda uy-joy, koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.
Uy-joy, korxona, bino, inshoot, koʻp yillik dov-daraxtlar yoki boshqa koʻchmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga oʻtishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga oʻtgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning ulushiga mutanosib boʻlgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi oʻtadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasining boʻlinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan mazkur Kodeks 10, 21 va 62-moddalarining talablariga muvofiq amalga oshirilib, keyinchalik yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinadi hamda Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan tegishli elektron koʻchirmalar beriladi. Ushbu masalalar boʻyicha nizolar sud tartibida hal etiladi.
23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ajratib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (realizatsiya qilish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qoʻyilganidan (sotib olinganidan) keyin amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;
2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
3) ijaraga berish — elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa va elektr oʻtkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar yoki qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoxud qishloq xoʻjaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). Oʻrmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan oʻrmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.

Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.
Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
24-modda. Yer uchastkasi ijarasi
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Yer uchastkasini shartnoma asosida quyidagilar ijaraga beradilar:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga — tuman va shahar hokimlari;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xoʻjalik ijarasi tartibida faqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qoʻyishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga boʻlgan oʻzining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga haqlidir.
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlab qoʻyiladi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha boʻlgan, biroq oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga berilishi mumkin.
Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.
Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.
Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
24-modda. Yer uchastkasi ijarasi
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
1) elektron onlayn-auksion natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra — davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga;
qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻ ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlanadi. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlashi kerak.
Yer uchastkasiga ijara huquqining bozor qiymatiga nisbatan tegishli koeffitsiyentini belgilashda yer uchastkasining tuproq bonitirovkasi, maʼmuriy-hududiy tuzilishi va infratuzilma obyektlari mavjudligi inobatga olinadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilangan miqdordagi mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xoʻjalik ijarasi tartibida faqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qoʻyishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar va xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining ijarasi mustasno.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga boʻlgan oʻz ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga haqli.
Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan koʻp boʻlmagan muddatga boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlar ushbu Kodeksning 245-moddasida belgilangan tartibda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlarda oʻttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.
Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.
Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
241-modda. Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga oʻttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga;
yengil turdagi obyektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini saqlab qolish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qoʻllaniladi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
242-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi bir yilgacha boʻlgan muddatga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari esa qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish uchun oʻn yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi va u qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Agar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga koʻra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
243-modda. Yer uchastkasini unga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish
Dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqi saqlanib qoladi.
244-modda. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini uzaytirishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda, boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida bunday shartnomani uzaytirish istagi haqida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga asoslantirilgan rad javobini bermasa va bu haqda ijaraga oluvchini xabardor qilmasa, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi avvalgi shartlar asosida yangi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni asossiz rad etgan holda yer uchastkasini ijara muddati yakunlanganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxsga ijaraga bersa, ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻziga oʻtkazilishini hamda shartnomani yangi muddatga uzaytirish rad etilishi munosabati bilan oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini yoki faqat zararning oʻzi qoplanishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ijaraga oluvchi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ham yer uchastkasidan foydalanishni davom ettirsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga beruvchi tomonidan eʼtirozlar boʻlmasa, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma oʻsha shartlar asosida xuddi oʻsha muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda yer uchastkasining dastlabki va yangi muddatga uzaytirilgan birgalikdagi umumiy ijara muddati ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan eng koʻp (oxirgi) muddatdan oshib ketmasligi kerak.
245-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin, bundan ushbu Kodeks 24-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bunda:
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil oʻzi foydalangan boʻlishi shart, mazkur muddat yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi;
yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran besh yildan keyin yoʻl qoʻyiladi;
ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga koʻra ijara muddati boʻyicha teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni bir yoʻla toʻlashi shart.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng qayta ijaraga berish natijasida vujudga kelgan ijara huquqi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yer uchastkasining ijaraga oluvchisi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborot (huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron tarzda yuboriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan ijaraga olingan yer uchastkasiga nisbatan oʻz huquqlari va majburiyatlarini ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
25-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
25-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar va tuzilgan shartnomalar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda ommaviy servitut asosida amalga oshirishi mumkin.
Sugʻoriladigan haydov yerlarida, bogʻlarda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani viloyat hokimi, boshqa yerlarda esa, tuman va shahar hokimlari bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beradilar, zarur hollarda bu muddatni uzogʻi bilan yana bir yilga uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan yoki ushbu ruxsatnomani bergan tashkilotning murojaatiga asosan viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan beriladi.
Sugʻoriladigan haydov yerlarida, bogʻlarda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga belgilanadi, zarur hollarda bu muddatni uzogʻi bilan yana bir yilga uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun oʻz hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraxtlar, oʻrmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, truboprovodlar, kanalizatsiya, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga yetkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun oʻz hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraxtlar, oʻrmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, truboprovodlar, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga yetkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart.
26-modda. Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish
26-modda. Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish
Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda oʻzlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.
Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda oʻzlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalari berish yoki realizatsiya qilish
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kim oshdi savdosi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak.
28-modda. Yer uchun haq toʻlash
28-modda. Yer uchun haq toʻlash
Oʻzbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlanadi.
Oʻz egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq toʻlaydilar. Yer uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Yer soligʻining stavkalari, uni hisoblash va toʻlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga toʻlaydilar.
Yer soligʻining stavkalari, uni hisoblash va toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga toʻlaydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va toʻlov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi oʻrtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
29-modda. Yer uchastkasini saqlash vazifasi
29-modda. Yer uchastkasini saqlash vazifasi
Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan taʼminlanishi mumkin:
Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan taʼminlanishi mumkin:
yer uchastkasini sotish yoki oʻzgacha tarzda boshqalarga oʻtkazishni taqiqlash;
yer uchastkasini sotish yoki oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash, bundan xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining boshqa shaxsga oʻtkazilishi va ushbu Kodeks 24-moddasining oʻn uchinchi qismida hamda 245-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirishni taqiqlash;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishni taqiqlash;
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz koʻchmas mol-mulkning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz koʻchmas mol-mulkning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni oʻzlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni oʻzlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob oʻsimliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini asrash.

Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham taʼminlanishi mumkin.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham taʼminlanishi mumkin.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtganida saqlab qolinadi.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtganida saqlab qolinadi.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
30-modda. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut)
30-modda. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut)
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.
Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish;
mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasining qoʻshni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.
Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sugʻorish uchun suv olish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.
Jamoat ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).
Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.
Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi.
301-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma
Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
302-modda. Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut ishtirokchilaridir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;
servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan haqning oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish;
servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud boʻlganda) muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda, shuningdek unda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga toʻsqinlik qilmasligi;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qoʻriqlashi, taʼmirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatishi shart.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan toʻsqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs:
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
servitutdan faqat servitut toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;
servitut uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab borishi (haq belgilangan taqdirda);
oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga koʻra oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni toʻxtatishi;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran yozma shaklda javob berishi shart.
303-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda servitutning saqlanishi
Servitut yer uchastkasiga boʻlgan mulk, egalik qilish, foydalanish va ijara huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Servitut oldi-sotdi, hadya, garov va ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan koʻchmas mulkning huquq egalari boʻlmagan boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Servitut boshqa shaxslarga faqat servitut belgilangan huquq bilan birga berilishi mumkin.
304-modda. Servitutni bekor qilish
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra;
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsning asoslangan talabiga koʻra;
servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib xizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.
Servitutni bekor qilish toʻgʻrisida servitut ishtirokchilari oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
305-modda. Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut)
Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
ushbu Kodeksning 25-moddasiga muvofiq oʻzganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;
oʻzganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sugʻorish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish.
Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda, shuningdek, davlat mulki boʻlmagan bino, inshoot va koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkalariga ommaviy servitut belgilash taqiqlanadi.
Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror yer fondi toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak:
sugʻoriladigan yerlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan;
oʻrmon fondi yerlarida — oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi vakolatli davlat organi bilan;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda — tegishli sohalardagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan.
Ommaviy servitut belgilash haqidagi qarorda servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilishi lozim boʻlgan barcha shartlar koʻrsatilishi kerak. Bunda ommaviy servitut shartlari taraflarning kelishuviga koʻra yoki ulardan birining talabiga koʻra sud tartibida oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror servitut belgilangan yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini boshlash, binolar va inshootlarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish huquqini bermaydi. Bunda ommaviy servitut maqsadlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish zarur.
Ommaviy servitut ushbu Kodeksga muvofiq, shuningdek ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qarorning amal qilish muddati tugaganda bekor qilinadi.
306-modda. Servitut uchun haq toʻlash
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs, agar qonunda yoki servitut toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut uchun haq toʻlashi shart.
Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer soligʻi (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.
Servitut uchun haq toʻlash bir martalik yoki muntazam toʻlab boriladigan koʻp martalik toʻlov tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.
Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer soligʻi (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:
tunnellarda avtomobil yoʻllari yoki temir yoʻllari qurish, shuningdek avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;
muhandislik-texnik jihatdan taʼminlash, tegishli texnik-texnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda.
31-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning vujudga kelishi
31-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning vujudga kelishi
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.

32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida belgilash
32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida belgilash
Yer uchastkasining plani — yer uchastkasining topografik plani boʻlib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng soʻnggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq soʻnggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relyef koʻrsatiladi.

Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida va xaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.

Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning oʻzida uning chegaralarini belgilash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning oʻzida uning chegaralarini belgilash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi boʻlib qoladi. Yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusxalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi.

Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini oʻrnatish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi oluvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini oʻrnatish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi oluvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
33-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
33-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) toʻgʻrisidagi qaroriga yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda yer uchastkasini oʻzga shaxsga oʻtkazishning boshqa turlariga, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga asosan beriladi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalarining yer uchastkasini boʻlish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
34-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish komissiyalari
Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar tuziladi. Komissiyalar tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish, geologiya va mineral resurslar, davlat mulkini boshqarish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
35-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish
35-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatiga olinishi kerak.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatiga olinishi kerak.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi. Davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:
1) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
1) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) yer uchastkasining tavsifi (yerlarning toifasi, foydalanish maqsadi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);
2) yer uchastkasining tavsifi (yerlarning toifasi, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);
3) yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid maʼlumotlar;
3) yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid maʼlumotlar;
4) vakolatli organlarning yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun ajratib olish zonasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorlari;
4) viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar.
5) qonunchilikda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olingani toʻgʻrisida roʻyxatga olingan sana va tartib raqami koʻrsatilgan holda guvohnoma beriladi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi.
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
36-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi
36-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi
Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno;
3) yuridik shaxs tugatilganda;
3) yuridik shaxs tugatilganda;
5) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnatga oid munosabatlar bekor boʻlganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa;
5) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnatga oid munosabatlar bekor boʻlganda, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa;
6) yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;
6) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanilganida;
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, bu qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlishida ifodalanganda;
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda;
8) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;

9) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yer soligʻi, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam toʻlanmay kelinganda;
9) qonunchilikda belgilangan muddatlarda yer soligʻi, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam toʻlanmay kelinganda;
10) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berib qoʻyilgan yer uchastkasidan uch yil mobaynida foydalanilmaganida;
10) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda boʻlgan taqdirda esa, — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmayotgan yer uchastkalari avvalgi egalaridan ular toʻlagan haq qiymati qoplangan holda olib qoʻyiladi;
13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda.
12) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganida.
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Qonun hujjatlarida yer uchastkalariga egalik qilish huquqi, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi va yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
1) savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda;
3) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;
2) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda qayta sotib olinganda;
4) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
3) qonunda belgilangan hollarda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa imoratlar yoki imoratlarning bir qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;
5) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.
4) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.
Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1-11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga muvofiq huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda mazkur mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkin. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish yoʻli bilan bekor qilishga haqli emas, bundan ushbu moddada nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6-10, 12-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 13-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga joʻnab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan koʻproq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.
Yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga joʻnab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan koʻproq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonunchilik bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechish mazkur yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori majburiyatlarining, yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, biroq voz kechilgan paytdan yoki egasiz mol-mulk tariqasida davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil mobaynida, bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.

37-modda. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish, qayta sotib olish
37-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish
Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qoʻyiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijarachi yer uchastkasini olib qoʻyish haqidagi tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
371-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishdan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash boshlangunga qadar hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashni inobatga olgan holda obyekt quriladigan joyni, uchastkaning taxminiy oʻlchami va uni ajratish shartlarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, shuningdek tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oldindan kelishib olishlari shart. Bunday tarzda, oldindan kelishib olinmagunga qadar loyiha ishlarini moliyalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taʼminlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoki uy-joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish ushbu Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taʼminlangan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
38-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qoʻyish
38-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda yer uchastkasini olib qoʻyish
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qoʻyish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qoʻshimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida taqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror chiqaradi. Yer uchastkasini olib qoʻyish masalasini hal qilish vakolat doirasiga kiruvchi organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qoʻshimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
5-BOB. YER EGASI, YERDAN FOYDALANUVCHI, IJARACHI VA YER UCHASTKASI MULKDORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5-BOB. YER EGASI, YERDAN FOYDALANUVCHI, IJARACHI VA YER UCHASTKASI MULKDORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari
39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xoʻjalik yuritish;
1) yer uchastkasida undan ruxsat etilgan foydalanishning turlariga muvofiq mustaqil xoʻjalik yuritish;
2) qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga boʻlgan mulk huquqi;
2) qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga boʻlgan mulk huquqi;
3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

4) yerlarni sugʻorish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari oʻtkazish;
4) yerlarni sugʻorish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari oʻtkazish;
5) qishloq xoʻjalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sugʻorish hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
5) qishloq xoʻjalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sugʻorish hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;
6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning turlari va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;
7) yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilish;

8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xoʻjalik ijarasiga berish;
8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xoʻjalik ijarasiga berish;
9) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish;
10) yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish);
11) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish.
Yer egasi boʻlgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xoʻjaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qoʻyishi mumkin.

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari
40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart:
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart:
1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
1) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
11) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlash;
12) asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishini taʼminlash;
2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;
2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;
3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;
3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer soligʻini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash;
4) yer soligʻini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash;
5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin oʻz hisobidan qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi yoki baliq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;
6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin oʻz hisobidan qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi yoki baliq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;
7) foydali qazilma konlarini ishlatish chogʻida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida oʻzlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xoʻjalik ekinzorlari, oʻrmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
10) yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash;
10) yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash;
11) yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻrish.

Qonun hujjatlariga muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Qonunchilikka muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
41-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari
41-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xoʻjalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xoʻjalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanishi kerak.

Jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun mazkur shaxslarning xohishiga koʻra tuman, shahar, viloyat hokimining qarori bilan avvalgi yer uchastkasi bilan aynan bir xil yer uchastkasi ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining oʻrniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanganidan keyin olib qoʻyilishi mumkin.
Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalarining, qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tajriba va oʻquv xoʻjaliklarining yerlari ularning xohishiga koʻra olib qoʻyilayotgan imoratlar oʻrniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanganidan keyin olib qoʻyilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar mulkida boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektini, shuningdek uy-joy binolari hamda boshqa binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻla hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi
42-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari davlat manfaatlarini, atrof muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining manfaatlarini, shuningdek fuqarolar xavfsizligini koʻzlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin.

6-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR
6-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR
43-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning tarkibi
43-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning tarkibi
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligini yuritish uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, oʻrmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi.

Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq xoʻjaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xoʻjaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligidan oʻzga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga oʻtkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligidan oʻzga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga oʻtkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tizimiga asoslangan sunʼiy sugʻorish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir.

44-modda. Sugʻoriladigan yerlar
Qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi organlari sugʻoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sugʻorish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar boʻyicha suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan taʼminlashlari shart.
Sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan taʼminlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining xulosasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
44-modda. Sugʻoriladigan yerlar
Qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Suv xoʻjaligi organlari sugʻoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sugʻorish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar boʻyicha suv toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda suv bilan taʼminlashlari shart.
Sugʻoriladigan yerlardan faqat qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bogʻdorchilik, uzumchilik va koʻp yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan taʼminlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining xulosasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilgʻor texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qoʻllaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qoʻllash taqiqlanadi.
45-modda. Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar
45-modda. Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar
Kadastr baholanishiga koʻra oʻrtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan koʻp boʻlgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sugʻorilmaydigan yerlar jumlasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan qishloq xoʻjalik yerlarini korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun berishga alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
Tuproq unumdorligiga koʻra oʻrtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan koʻp boʻlgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sugʻorilmaydigan yerlar jumlasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
451-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari
Qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridir.
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berish faqat boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari hisobidan amalga oshiriladi.
46-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish
46-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:
1) qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga), boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga — tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
1) qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
2) tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga — ilmiy-tadqiqot va taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish va ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun;
2) tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun;
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun;
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xoʻjaliklarini, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xoʻjaliklarini, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — jamoa bogʻdorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun;
6) qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanmaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligini yuritish, shuningdek oʻzga maqsadlar uchun berilishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi yerlari oʻzga maqsadlarda, qoida tariqasida, keyinchalik qishloq xoʻjalik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladi.
461-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan oʻlchamlari
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi:
1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 11-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
11) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;
2) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bogʻdorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
gʻallachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-toʻqimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bogʻdorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.
48-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari
48-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;
1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;
2) zona sharoiti va xoʻjalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;
2) zona sharoiti va xoʻjalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;
3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini taʼminlashlari;
3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini taʼminlashlari;
4) meliorativ jihatdan nobop sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;
4) meliorativ jihatdan nobop sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;
5) xoʻjalikning butun ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
5) xoʻjalikning butun ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
6) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini sugʻoriladigan yerlarning shoʻr bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;

7) qishloq xoʻjalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etishlari;
7) qishloq xoʻjalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etishlari;
8) ushbu Kodeksga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
49-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga), boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) – tovar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida pay usuliga asoslangan qishloq xoʻjaligi korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativning (shirkatning) ishlab chiqarish faoliyatida, asosan oila (jamoa) pudrati asosida shaxsan ishtirok etuvchi mulkiy pay egalari boʻlgan aʼzolarini birlashtiradi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar hamda xoʻjalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari ijaraga yoki doimiy egalik qilish uchun beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga qoʻshimcha yer uchastkalari olishlari mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi oʻrtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.
8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishlari shart.
49-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi — qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar hamda xoʻjalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qoʻshimcha yer uchastkalari olishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalaniladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga elektron onlayn-auksion orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xoʻjaligi kooperativi raisi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi oʻrtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.
491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga yer uchastkalarini berish
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
51-modda. Yer uchastkalarini xoʻjalik ichida taqsimlash. Oila (jamoa) pudrati
51-modda. Yer uchastkalarini xoʻjalik ichida taqsimlash. Oila (jamoa) pudrati
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun kamida besh yil muddatga foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun kamida besh yil muddatga foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi.
Yer uchastkalari muayyan turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) aʼzolarining va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari xodimlarining guruhlariga ham kamida besh yil muddatga foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida berilishi mumkin.
Yer uchastkalari muayyan turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlari aʼzolarining va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari xodimlarining guruhlariga ham kamida besh yil muddatga foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida berilishi mumkin.
Oila pudrati — qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi hamda tashkiloti tomonidan oilaga vaqtincha foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida berilgan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda oila aʼzolarining bevosita ishtirok etishiga asoslangan ishlab chiqarish va mehnatni xoʻjalik ichida tashkil etish shaklidir.
Oila pudrati — qishloq xoʻjaligi kooperativi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi hamda tashkiloti tomonidan oilaga vaqtincha foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida berilgan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda oila aʼzolarining bevosita ishtirok etishiga asoslangan ishlab chiqarish va mehnatni xoʻjalik ichida tashkil etish shaklidir.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonasi boshqaruv organlari orqali shu kooperativ (shirkat), jamoa korxonasi bilan yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ish beruvchisi (maʼmuriyati) bilan oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) oʻrtasida tuziladi.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xoʻjaligi kooperativi, boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonasi boshqaruv organlari orqali shu kooperativ, jamoa korxonasi bilan yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ish beruvchisi (maʼmuriyati) bilan oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) oʻrtasida tuziladi.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan yeri va holati;
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan yeri va holati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq yerning hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish borasidagi majburiyatlari;

yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;
yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qatʼiy ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq toʻlash yakuniy natijalarga koʻra — yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga koʻra amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila aʼzolari (pudratchilar) — pay egalari xoʻjalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga koʻra aniqlanadigan dividendlar oladilar.

Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer soligʻini qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari belgilangan tartibda toʻlaydi.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer soligʻini qishloq xoʻjaligi kooperativi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari belgilangan tartibda toʻlaydi.
Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.
Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.
Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda pudratchi zarar va boshqa xarajatlar ushbu Kodeks 86-moddasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda pudratchi zarar va boshqa xarajatlar ushbu Kodeks 86-moddasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
52-modda. Xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berish
52-modda. Xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berish
Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonasi yuqori boshqaruv organining, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari ish beruvchisining (maʼmuriyatining) qaroriga binoan, ushbu Kodeksning 58-moddasida belgilangan tartib va shartlarda beriladi.
Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativi, boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonasi yuqori boshqaruv organining, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari ish beruvchisining (maʼmuriyatining) qaroriga binoan, ushbu Kodeksning 58-moddasida belgilangan tartib va shartlarda beriladi.
53-modda. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
53-modda. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
Fermer xoʻjaligi oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.

Fermer xoʻjaligini yuritish uchun:
zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari;
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy oʻquv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumtaʼlim maktablariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmaydi.
Fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga ochiq tanlov asosida beriladi.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasining oʻlchami yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xoʻjaligida ishlovchilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
Fermer xoʻjaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qoʻshimcha ijaraga olishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Boʻsh turgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer xoʻjaligini yuritish uchun elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmaydi.
Fermer xoʻjaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qoʻshimcha ijaraga olishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
Kreditlar olish uchun fermer xoʻjaligi oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini garovga qoʻyishga haqli. Fermer xoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qoʻyishga haqli.

54-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining boʻlinmalari negizida tashkil etiladigan kooperativlarga (shirkatlarga) yer uchastkalari berish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining (ilmiy-tadqiqot, oʻquv, yordamchi qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlaridan tashqari) boʻlinmalari negizida tashkil etiladigan hamda ular tarkibidan chiqadigan kooperativlarga (shirkatlarga) xoʻjalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini eʼtiborga olgan holda oʻzlari ilgari foydalanib kelgan yerlardan viloyat yoki tuman hokimining qaroriga binoan yer uchastkalari beriladi. Bu uchastkalar mazkur korxonalar va tashkilotlarning yerlari tarkibidan olib qoʻyilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
55-modda. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish
Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega boʻlgan yosh fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik toʻgʻrisidagi talab yangi sugʻoriladigan yer massivlari uchun qoʻllanilmaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining oʻlchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq oʻlchamlari yer resurslarining mavjudligi, aholining zichligiga qarab belgilanadi. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj boʻlgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining moʻljallangan joyini koʻrsatgan holda ariza beradi.
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish boʻyicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Qishloq joylarda yashovchi va oʻz mulkida chorva mollari boʻlgan fuqarolarga pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
56-modda. Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish
Shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashovchi, dehqon xoʻjaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega boʻlmagan fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi tuman hokimi tomonidan beriladi.
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini tashkil etish uchun fuqarolar bogʻdorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar.
Bogʻdorchilik va uzumchilik uchun yer uchastkalari shaharlarning koʻkalamzor zonasidan yoki boshqa aholi punktlari chegarasidan tashqarida aholi punktlari hududining kengayish istiqbollarini eʼtiborga olib, suv resurslari hamda ularga limitlar ajratish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda zaxira yerlardan va oʻrmon fondining daraxtzorga aylantirish moʻljallanmagan yerlaridan ajratib beriladi. Jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi uchun yaroqli zaxira yerlar hamda oʻrmon fondi yerlari boʻlmagan taqdirda, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xoʻjaligi yerlari istisno tariqasida berilishi mumkin.
Jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda aholi punktlarining yerlaridan, yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga moʻljallanmagan zaxira yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan beriladi. Jamoa polizchiligi uchun noqishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan yerlari, bunday yerlar boʻlmagan taqdirda esa — qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining unumdorligi past yerlari berilishi mumkin.
Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uy-joy binolari va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga yer uchastkalarini bergan tuman hokimi ruxsat berishi mumkin.
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun beriladigan yer uchastkalari koʻchalar ochish, jamoat imoratlari va inshootlari qurish zarurligi hisobga olingan holda bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatining har bir aʼzosiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining har bir aʼzosiga 0,08 gektargacha oʻlchamda belgilanadi.
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun yer berish hamda undan foydalanish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
57-modda. Yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yer berish
Yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabilarni taʼminlash maqsadida viloyat hokimi foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlarni, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarni ham doimiy egalik qilishga berishi mumkin.
58-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish tartibi va shartlari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi hamda boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yerlari olib qoʻyilayotgan yer egalarining roziligiga koʻra va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga muvofiq yer uchastkalarini ajratish loyihalariga asosan tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan beriladi.
Yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi hamda boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari ular tuman yoki viloyat hokimining qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi yoki tugatiladi.
55-modda. Dehqon xoʻjaligini yuritish, shuningdek yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
56-modda. Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkalari
Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uylar va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat berilishi mumkin.
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
58-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish xoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xoʻjaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi

7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (SHAHARLAR, POSYOLKALAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING) YERLARI
7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (SHAHARLAR, POSYOLKALAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING) YERLARI
59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
Shaharlar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Shaharlar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;
1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;
2) umumiy foydalanishdagi yerlar;
2) umumiy foydalanishdagi yerlar;
3) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
3) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
4) daraxtzorlar egallagan yerlar;
4) daraxtzorlar egallagan yerlar;
5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;
6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;
7) suv fondi yerlari;
7) suv fondi yerlari;
8) zaxira yerlar.
8) zaxira yerlar.
60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari
60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari
Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari boʻlib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari boʻlib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari boʻyicha belgilanishi lozim.

Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xoʻjalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni oʻz ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi.

Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish, olib qoʻyish va qayta sotib olish tartibi
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari tuman yoki shahar hokimining qaroriga asosan beriladi, bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish shartlari belgilanadi.
Yuridik shaxslar oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga muvofiq boshqa yuridik shaxslarga, fuqarolarga yer uchastkalarini vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.
Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish), olib qoʻyish va qayta sotib olish tartibi
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda tuman, shahar va viloyat hokimining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolar egaligidagi, koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan uy-joylarni buzish bilan bogʻliq holda yer uchastkalarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari
62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari
Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-maʼrifiy, sanoat, savdo, maʼmuriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.

Shahar va posyolka qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun foydalanishga, fuqarolarga esa, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga beriladi.
Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi.
Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurish va oʻzga ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanishga shahar yoki tuman hokimi qarori bilan berilishi mumkin.
Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va oʻzga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, oqova suvlarni chiqarib yuborish, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar yer uchastkasiga xoʻjalik binolari (garaj, otxona, ogʻilxona, omborxona, yertoʻla va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy-joylarda yashovchi jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda buzilgan imoratning mulkdoriga ushbu shahar, posyolka chegarasi doirasida boshqa yer uchastkasi yoki boshqa obod uy-joy beriladi.
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari qoʻllaniladi.
63-modda. Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari
63-modda. Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari
Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari mazkur uylar boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun beriladi.
Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun moʻljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.
Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari
64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:
maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va shu kabi yerlar;
maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va shu kabi yerlar;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (oʻrmon-bogʻlar, skverlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).
Umumiy foydalanishdagi yerlar muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirib qoʻyilmaydi hamda bevosita shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining ixtiyorida boʻladi.
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida boʻladi.
Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil boʻyi yerlari va qirgʻoq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.
Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil boʻyi yerlari va qirgʻoq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.
Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.
Yoʻllar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga binoan yuridik shaxslar va fuqarolarga yengil imorat va inshootlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida yer uchastkalari berilishi mumkin.
Umumiy foydalanishdagi yerlarda faqat yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yoʻllar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Davlat mulki boʻlgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar, shuningdek obodonlashtirish va muhandislik infratuzilmasi obyektlari mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek ushbu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanadi.
65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar
65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar
Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sugʻorish, zax qochirish va yoʻl tarmogʻi, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.

Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlari qurishni shahar yoki tuman hokimi bilan kelishilgan holda amalga oshiradilar.
Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
66-modda. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar
66-modda. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar
Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilishga moʻljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.

67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan yerlar kiradi.

Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim boʻlgan imorat va inshootlar roʻyxati yer uchastkasi ajratish uchun talabnoma berish chogʻidagi boshlangʻich maʼlumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qoʻshimcha imoratlar va inshootlarni joylashtirish shahar yoki tuman hokimi ana shu ishlar xususida qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin amalga oshiriladi.
Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim boʻlgan imoratlar va inshootlar roʻyxati yer uchastkasini berishdan oldin aniqlanadi.
68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari
68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari
Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qoʻyilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qoʻyilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;
1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.
Qishloq aholi punktlarining chegarasi tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va oʻzgartiriladi.

Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Qishloq aholi punktlarining qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga koʻra oʻzlarida doimiy foydalanish uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan toʻlanadi.
Qishloq aholi punktlarining qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga koʻra oʻzlarida doimiy foydalanish yoki ijara uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan toʻlanadi.
8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MOʻLJALLANGAN YERLAR
8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MOʻLJALLANGAN YERLAR
69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarning tarkibi
69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarning tarkibi
Sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.
Sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kiradi.
Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga temir yoʻl, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.
Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga temir yoʻl, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari hamda aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik obyektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi.
Aloqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.
Aloqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi.
Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari oʻtgan yerlarga tutash yerlarda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari oʻrnatiladi.
Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari oʻtgan yerlarga tutash yerlarda qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari oʻrnatiladi.
Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yoʻl qoʻshinlarining harbiy qismlari, harbiy oʻquv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun moʻljallangan yerlar deb eʼtirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek oʻrmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanish uchun yer berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Sanoat, transport, aloqa va xalq xoʻjaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻzlari foydalanmayotgan yerlarni tuman va shahar hokimlarining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga beradilar.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-BOB. TABIATNI MUHOFAZA QILISH, SOGʻLOMLASHTIRISH, REKREATSIYA MAQSADLARIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR VA TARIXIY-MADANIY AHAMIYATGA MOLIK YERLAR
9-BOB. TABIATNI MUHOFAZA QILISH, SOGʻLOMLASHTIRISH, REKREATSIYA MAQSADLARIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR VA TARIXIY-MADANIY AHAMIYATGA MOLIK YERLAR
71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi
71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat boʻladi.
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat boʻladi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat boʻladi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat boʻladi.
Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini taʼminlashga zararli taʼsir etadigan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

Milliy bogʻlarning yerlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Milliy bogʻlarning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
73-modda. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
73-modda. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalariga ega boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxslarga foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.

Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Moddiy madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
10-BOB. OʻRMON FONDI, SUV FONDI YERLARI VA ZAXIRA YERLAR
10-BOB. OʻRMON FONDI, SUV FONDI YERLARI VA ZAXIRA YERLAR
76-modda. Oʻrmon fondi yerlari
76-modda. Oʻrmon fondi yerlari
Oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb eʼtirof etiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb eʼtirof etiladi.
Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar oʻrmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini toʻxtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota oʻrmonzorlar va koʻkalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda oʻrmon fondi yerlari tarkibiga oʻtkazilishi mumkin.

Tuman hokimi oʻrmon xoʻjaligi davlat organlari bilan kelishib, oʻrmon fondi yerlarini qishloq xoʻjaligi yuritish uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida berishi mumkin.
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonunchilik bilan belgilanadi.
77-modda. Suv fondi yerlari
77-modda. Suv fondi yerlari
Suv havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va roʻzgʻor suv taʼminoti, aholining davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirgʻogʻi boʻylab qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoq boʻyi mintaqalari ajratiladi.
Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va roʻzgʻor suv taʼminoti, aholining davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirgʻogʻi boʻylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoq boʻyi mintaqalari ajratiladi.
Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirgʻoq boʻyi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.

Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.
Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
78-modda. Zaxira yerlar
78-modda. Zaxira yerlar
Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida koʻrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.

Zaxira yerlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga moʻljallanadi.
Zaxira yerlar yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berishga moʻljallanadi.
11-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISH
11-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISH
79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi
79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi
Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, oʻrmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xoʻjalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qoʻyilishi oldini olish, ularni zararli antropogen taʼsirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.

Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.
Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.
Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida boʻlishi hamda tuproqning saqlanishini, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga taʼsir oʻtkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.

Yerlarning muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
Yerlarning muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
hududni oqilona tashkil etadilar;
hududni oqilona tashkil etadilar;
tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar;
tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar;
yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta shoʻr bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

qishloq xoʻjalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi oʻtlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
qishloq xoʻjalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi oʻtlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji boʻlmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;
hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji boʻlmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;
buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;
buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;
yerlarni buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni amalga oshirish chogʻida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.
yerlarni buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni amalga oshirish chogʻida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.
yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻradi.

Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar
80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar
Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chogʻida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.

Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan obyekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy taʼsirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida oʻtkaziladi.

Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan taʼminlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlmagan obyektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qoʻllash taqiqlanadi.

Yerlarning holatiga taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.
Yerlarning holatiga taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.
81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish
81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish taʼminlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga oʻtkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish
82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
yangi oʻzlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sugʻoriladigan yerlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish;
yangi oʻzlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sugʻoriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish;
yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;

yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni ragʻbatlantirish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi boʻlmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat boʻlgan taqdirda, respublika budjetidan yoki mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratish, agrotexnika, oʻrmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar oʻtkazish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi boʻlmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman qoplash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
12-BOB. YERLARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISH USTIDAN NAZORAT
83-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari
Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini taʼminlashdan iboratdir.
84-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatga ega boʻlgan davlat organlari amalga oshiradilar.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
12-BOB. YER UCHASTKALARINI AJRATISH, ULARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISH USTIDAN NAZORAT
83-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari qonunchilik talablariga jismoniy va yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishini taʼminlashdan iboratdir.
831-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirmaslikka, oʻzboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini oʻzgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurishga yoʻl qoʻymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan begʻaraz asosda soʻrash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar soʻralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.
84-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli.
Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashadilar.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urugʻlar, koʻchatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning koʻpaytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aʼzolari boʻlgan fermer, dehqon xoʻjaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishga haqli.
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan normalardan ortiqcha tarzda gʻayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof obyektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiisteʼmolliklar toʻgʻrisida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati subyektlari ragʻbatlantirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish, mazkur masalalar boʻyicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr maʼlumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;

yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar (yozma buyruqlar) berish;
yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar (yozma buyruqlar) berish;
aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha daʼvolar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar yuborish;
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha daʼvolar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar yuborish;
yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va toʻxtatib qoʻyishga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va toʻxtatib qoʻyishga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sudga taqdim etish;
yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish;

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.
yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:
yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan yerlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;
yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishlari;
yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishlari;
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatmalar berishlari shart.
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatmalar berishlari shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda koʻpi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar bergan boʻlsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar oʻz faoliyatlarining toʻgʻri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar oʻz faoliyatlarining toʻgʻri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
13-BOB. YER EGALARI, YERDAN FOYDALANUVCHILAR, YER UCHASTKALARI IJARACHILARIGA VA MULKDORLARIGA YETKAZILGAN ZARAR HAMDA QISHLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI ISHLAB CHIQARISHI NOBUDGARCHILIKLARINING OʻRNINI QOPLASH

86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash
86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda toʻla hajmda qoplanishi kerak:
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda toʻla hajmda qoplanishi kerak:
yerlar olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
yerlar olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;

suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning taʼsiri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.

Zararning oʻrni olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Zararlarning oʻrnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
87-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash
87-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xoʻjaligi yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining taʼsiri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar oʻrnini qoplashdan tashqari qoplanadi.

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:
qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega boʻlmagan yerlar qatoriga oʻtkazgan holda obyektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar;

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni quyidagi hollarda qoplanmaydi:
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni quyidagi hollarda qoplanmaydi:
yer uchastkalari yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar qurish hamda ularni obodonlashtirish uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat taʼlim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat taʼlim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari suv xoʻjaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;
yer uchastkalari suv xoʻjaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;
yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;
yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;
yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
Qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan oʻzga hollar ham belgilanishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni barcha hollarda barcha shaxslar tomonidan qoplanadi, bundan jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish hollari mustasno.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim boʻlgan oʻrni miqdori va uni aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim boʻlgan oʻrni miqdori va uni aniqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
88-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan foydalanish
88-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan quyidagi moʻljallangan maqsadga koʻra foydalaniladi:
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan quyidagi moʻljallangan maqsadga koʻra foydalaniladi:
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan taʼminlanish darajasini oshirish;
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan taʼminlanish darajasini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish.
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirishga, qishloq xoʻjalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.

Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirgʻoq boʻyi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek oʻrmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

14-BOB. YER XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISH HAMDA YER TOʻFRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
14-BOB. YER XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISH HAMDA YER TOʻFRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
89-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etish
89-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etish
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
90-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
90-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish, shuningdek ijaraga berilgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar:
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar:
yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanganlikda;
yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlikda;
yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlikda;
qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;
qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;
yerlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;
yerlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;
yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;
yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;
vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;
vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini qaytarish muddatini buzganlikda yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yoʻq qilganlikda;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yoʻq qilganlikda;
davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib koʻrsatganlikda;
davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib koʻrsatganlikda;
oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrganlikda va chorva mollar boqqanlikda;
oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrganlikda va chorva mollar boqqanlikda;
yovvoyi oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganlikda;
yovvoyi oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganlikda;
yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishning belgilangan muddatlari va tartibini buzganlikda;
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;
sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlikda.
91-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish
91-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

911-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari
Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.