O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Yakka tartibda uy qurish fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi va davlat yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga yer uchastkalarini ajratish, uy qurishga ssuda va kreditlar berish yo‘li bilan har taraflama ko‘maklashadi.
Uyga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha ishlar sudlar tomonidan ko‘rilayotganda qonun hujjatlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi himoya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish shuni ko‘rsatdiki, bunday ishlar sudlar tomonidan asosan to‘g‘ri hal etilmoqda. Shu bilan birga sudlar ulushni ajratib berish (uyni bo‘lish) to‘g‘risidagi, uylardan foydalanish tartibini belgilash haqidagi hamda uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq boshqa nizolarni hal etishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqdalar. Ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlashda har doim ham tegishli hujjatlar talab qilib olinmayapti, zarur hollarda qurilish-texnika ekspertizasi tayinlanmayapti.
(muqaddimaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur ishlarni sudlar tomonidan hal etayotganda qonun hujjatlari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarga doir ishlarning to‘g‘ri hal etilishi fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda yakka tartibda uy qurishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlashda, muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
2. Shuni nazarda tutish joizki, uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq quyidagi nizolar sudlarga taalluqlidir, xususan:
b) umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga yoki umumiy birgalikdagi mulk huquqi asosida er-xotinga tegishli uydan ulushni ajratib berish (uyni bo‘lish) haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) uyning va yordamchi imoratlarning ustiga, yoniga qo‘shimcha imoratlar qurish yoki ularni qayta qurish to‘g‘risidagi, basharti bunga umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari e’tiroz bildirgan bo‘lsa;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
j) uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shartnomalarni haqiqiy emas deb topish haqidagi;
z) o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyga nisbatan qonunda nazarda tutilgan hollarda mulk huquqini e’tirof etish haqidagilar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonunchilikda belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi, shu jumladan, ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish, shuningdek uyni bo‘lish bilan bog‘liq da’volar, o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qat’i nazar, sudlarga taalluqli emas, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 212-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday da’volar arz qilinganda, sud Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shaxsga tegishli davlat organiga ushbu talab bilan murojaat qilish huquqini tushuntirgan holda FPK 124-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish zarurki, qonun o‘zboshimchalik bilan uy qurgan shaxsning va boshqa manfaatdor shaxsning da’vosi, agar talab mulk huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan, xususan qurilish materiallariga bo‘lgan huquqni e’tirof etish, uyga kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risida berilgan bo‘lsa, sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishini istisno etmaydi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
4. Uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha ishlarni tez va to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maqsadida sudlar ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida da’voning predmeti va asosini oydinlashtirishi, nizoli huquqiy munosabatlarning xususiyatini hamda mazkur nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlab olishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud uyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi dalillarni (qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, oldi-sotdi, hadya shartnomasi va shu kabilarni), uyning va yer uchastkasining rejasini taqdim etishni taraflarga taklif qilishi yoki o‘z tashabbusi bilan ularni talab qilib olishi lozim. Uydan ulush ajratib berish (uyni bo‘lish), uyni qayta qurish va shu kabi ishlarni ko‘rib hal etishda sud FPK 204-moddasi birinchi qismining 7-bandiga muvofiq, taraflarning fikrini inobatga olib, qurilish-texnika ekspertizasini tayinlash va mutaxassis jalb etish masalasini muhokama qiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 49-moddasiga muvofiq zarur deb topilgan hollarda, uyga bo‘lgan mulk huquqi haqidagi nizolar bo‘yicha mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida hokimiyat jalb etilmog‘i lozim.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilgan yangi uyga bo‘lgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksining 210-moddasiga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori 1-ilovasining 35, 36-bandlariga (Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom) asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga begonalashtirilishi mumkin emas.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Uyni birgalikda qurayotgan er-xotinning, imorat soluvchining oila a’zolarining, shuningdek merosxo‘rlarning da’vosiga ko‘ra sud qurilishi tugallanmagan uyni, agar uning tayyor bo‘lganlik darajasini inobatga olib, alohida qilib ajratib berish mumkin bo‘lgan qismlarini keyinchalik ularning mazkur shaxslar tomonidan qurilishi oxiriga yetkazilishi texnik imkoniyatlari mavjudligidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin bo‘lsa, bo‘lishga haqli.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Qurilishi tugallanmagan uyni bo‘lishning imkoniyati bo‘lmasa, sud mazkur shaxslarning qurilish materiallariga hamda uyning konstruktiv elementlariga bo‘lgan huquqini e’tirof etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Uyning bir qismiga nisbatan uy qurilishidagi ishtirokka asoslangan mulk huquqini e’tirof etish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, uy qurishda imorat soluvchiga yot shaxslarning ishtirok etganligi qurilgan uyning bir qismiga nisbatan ularning mulk huquqini e’tirof etish uchun asos bo‘la olmaydi. Bunday shaxslar uy mulkdoridan qilgan xarajatlarini qoplab berishni talab qilishga haqlidirlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
7. Imorat soluvchiga uning oila a’zolari yoki qarindoshlarining uy qurishda yordam berganligi faktining o‘zi ularning uyning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirish uchun asos bo‘la olmaydi.
Bunday da’vo ana shu shaxslar bilan imorat soluvchi o‘rtasida uyga nisbatan umumiy mulkning vujudga kelishi to‘g‘risida kelishuv bo‘lgan hamda ular (shaxslar) ayni ana shu maqsadda uy qurilishiga o‘z mehnat va mablag‘larini qo‘shgan hollardagina sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
9. Nikoh vaqtida, ya’ni birgalikdagi turmush davrida er-xotin tomonidan qurilgan yoki qonunda belgilangan asoslar bilan qo‘lga kiritilgan uy, bu uyni qurish uchun yer uchastkasi ulardan qaysi biriga ajratib berilganligidan, uyni mulk qilib olish to‘g‘risidagi shartnomada ulardan qaysi birining nomi ko‘rsatilganligidan va uy kimning nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilganligidan qat’i nazar, ularning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan uyni bo‘lish to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, uyning ulardan har biriga tegishli ulushi miqdori Oila kodeksining 28-moddasiga muvofiq belgilanadi. Agar xotin (er) uydan o‘z ulushi uchun pul kompensatsiyasi olishga rozi bo‘lsa, erga (xotinga) berilishi yoki ularning umumiy ulushli mulki qilib qoldirilishi mumkin. Uy umumiy ulushli mulk qilib qoldirilgan taqdirda, sud o‘zining hal qiluv qarorida uyning er-xotindan har biriga tegishli ulushi miqdorini ko‘rsatishi shart.
10. Sud oldi-sotdi shartnomasi asosida birgalikda olingan uyga nisbatan oila a’zolarining umumiy mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi da’voni, muayyan holatlarni inobatga olgan holda agar bu shaxslar (oila a’zolari) bilan shartnomada sotib oluvchi sifatida ko‘rsatilgan oila a’zosi o‘rtasida uyni birgalikda sotib olish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi va ana shu maqsadda oila a’zolari uyni olishga o‘z mablag‘larini qo‘shganliklarini aniqlasa qanoatlantirishi mumkin.
11. Umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga tegishli bo‘lgan uydan ulush ajratib berish (uyni bo‘lish) haqidagi nizolarni ko‘rishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan asl holida ajratib berilishini talab qilishga haqli. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining talabi bo‘yicha unga umumiy mulk bo‘lgan uydan tegishli ulushini ajratib berish (uyni bo‘lish) uyning va yordamchi imoratlarni ishtirokchining ulushiga mutanosib hamda kirish-chiqishi alohida bo‘lgan qismini unga mulk qilib berilishini, shuningdek u umumiy mulkdagi ulushga bo‘lgan huquqini yo‘qotganligini anglatishini inobatga olib, sud bunday talabni, agar ajratib berilayotgan ulush uyning kirish-chiqishi alohida bo‘lgan qismini tashkil etsa yoki uyning bu qismini tegishincha qayta jihozlash yo‘li bilan alohida qilib ajratib qo‘yish mumkin bo‘lsagina, qanoatlantirishga haqli.
Uyning bir qismini qayta jihozlash yo‘li bilan bog‘liq holda ajratib berishga, bunday jihozlash arxitektura hamda qurilish normalari hamda qoidalariga monand bo‘lsagina, yo‘l qo‘yiladi.
12. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar Fuqarolik kodeksining 221-moddasiga ko‘ra, umumiy ulushli mulkning har bir ishtirokchisi mol-mulkni saqlash chiqimlarida ulushiga qarab qatnashishi shart ekanligi sababli sud tomonidan taraflar o‘rtasida ularning ulushini inobatga olgan holda taqsimlanishi kerak. Shu bilan birgalikda mulkdorlarning moddiy ahvolini va e’tiborga loyiq boshqa holatlarini e’tiborga olgan holda sud ushbu qoidadan chekinishi mumkin.
13. Agar ulushni ajratib berish texnik jihatdan mumkin bo‘lsa-yu, har bir mulkdorga to‘g‘ri keladigan ulush miqdoridan chekinishga to‘g‘ri kelsa, sud ajratib berilayotgan ulush miqdorini muayyan holatlarni inobatga olgan holda ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunga ajralib chiqayotgan mulkdorning ulushiga qo‘shilgan uy qismi uchun yoki ajralib chiqayotgan mulkdor ulushining boshqa mulkdorlarda qoldirilayotgan qismi uchun pul kompensatsiyasi to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud uyni bo‘lish haqidagi nizo bo‘yicha o‘zining hal qiluv qarorida uyning qaysi qismi alohida qilib ajratib berilayotganini hamda bu qism uyning qanday ulushini tashkil etishi aniq ko‘rsatib o‘tmog‘i lozim. Ajralib chiqayotgan mulkdorga qaysi yordamchi imoratlar berilishi ham qarorda o‘z aksini topmog‘i lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
14. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uyga bo‘lgan ulushini asl holida ajratib berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uyning unga tegishli qismi o‘rniga, Fuqarolik kodeksi 223-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, boshqa mulkdorlar tomonidan pul summasini to‘lash yoki boshqacha kompensatsiya to‘lanishiga uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ayrim hollarda, sud uyga bo‘lgan umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari zimmasiga ajralib chiqayotgan mulkdorning roziligi bo‘lmagan taqdirda ham unga tegishli ulush uchun yuqorida ko‘rsatilgan moddiy huquq normasiga muvofiq pul summasi yoki boshqacha kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin bo‘lib, sud bu holatni o‘zining qarorida asoslantirmog‘i lozim.
Pul kompensatsiyasi, xususan uyga bo‘lgan umumiy mulkda mulkdorning ulushi arzimas bo‘lsa va amalda uni ajratib berish mumkin bo‘lmasa hamda mazkur mulkdor umumiy mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo‘lmasa (masalan, ajralib chiqayotgan mulkdor bu uyda yashamaydigan va boshqa uy-joy maydoni bilan ta’minlangan bo‘lsa), to‘lanishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uydan foydalanishda katta manfaatga ega bo‘lish yoki bo‘lmasligi masalasini sud har bir muayyan holatdan, taraflar tomonidan taqdim qilingan dalillar yig‘indisidan (xususan, yoshiga ko‘ra uydan foydalanishga muhtojligi, salomatlik darajasi, bolalarining yoki boshqa oila a’zolarining shu jumladan mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining borligi va h.k.) kelib chiqib hal qiladi.
Sanab o‘tilgan shartlarning birortasi bo‘lmagan taqdirda, sud umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashga haqli emas.
Mulkdor pul kompensatsiyasini olganidan so‘ng umumiy ulushli mulk bo‘lgan uydagi ulushiga bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotadi.
15. Ajralib chiqayotgan mulkdorga beriladigan pul kompensatsiyasi uyning bo‘linayotgan paytdagi haqiqiy bahosidan kelib chiqib belgilanadi.
Agar taraflar uyning bahosi to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, u holda uyning haqiqiy bahosi qurilish-texnika ekspertizasi o‘tkazish yo‘li bilan belgilanadi va bunda qurilish materiallariga bo‘lgan chakana (mahalliy) baho, tashish tariflari, o‘sha joydagi ishchi kuchiga to‘lanadigan haq, uyning eskirganlik darajasi, shuningdek boshqa muayyan holatlar (uyni joylashgan o‘rni, obodonlashtirilganlik darajasi va boshqalar) hisobga olinadi.
16. Sud uyni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv bitimini tasdiqlashda, kelishuv bitimining qonunga zid yoki zid emasligini, boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilmayotganligini, kelishuv bitimi shartlariga muvofiq uyni bo‘lishning texnik imkoniyatlari mavjud yoki mavjud emasligini tekshirib ko‘rishi shart.
17. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining mol-mulkdagi ulushini imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sudlar quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
a) Fuqarolik kodeksining 223-moddasida, mol-mulkka bo‘lgan umumiy ulushli mulk huquqi umumiy mulkdan ulush asl holida ajratib berilishi bilan bekor bo‘lishi nazarda tutilganligi tufayli, fuqarolarning uyga nisbatan umumiy ulushli mulk huquqi shunday tartibda bekor bo‘lganidan keyin ular mazkur uydan ulushni imtiyozli sotib olish huquqini ham yo‘qotadilar;
b) imtiyozli sotib olish huquqi umrbod ta’minlash sharti bilan uyni boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzishda tatbiq etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) imtiyozli sotib olish huquqi buzilgan taqdirda, umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchisi sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘ziga o‘tkazishni sud tartibida talab qilish uchun Fuqarolik kodeksi 224-moddasida belgilangan uch oylik muddat manfaatdor shaxs huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan hisoblanadi.
(17-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Agar tegishli organlar ruxsatnomasi hamda umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari roziligi bilan uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha imoratlar qurilganligi yoki uy qayta qurilganligi natijasida uyning foydali maydoni ko‘payganligi yoxud uy har bir mulkdor ulushining aniq miqdoridan chekingan holda bo‘linganligi natijasida o‘zgarish bo‘lganligi yoki mulkdorlardan biriga uyning unga tegishli ulushi uchun pul kompensatsiyasi to‘langanligi aniqlansa, uyga bo‘lgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining da’vosiga ko‘ra ularning ulushlari miqdori sud tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, umumiy ulushli mulk bo‘lgan uydan ulushni asl holida ajratib berish (uyni bo‘lish) mumkin emasligi umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uydan foydalanish tartibini belgilab berish haqidagi talab bilan arz qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Bunday talabni hal etayotganda sudlar, uydan foydalanishning amalda shakllangan va umumiy mulkdagi ulushlarga batamom mutanosib kelmasligi ham mumkin bo‘lgan tartibini, mulkdorlardan har birining uydan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojini hamda birgalikda foydalanishning real imkoniyatini inobatga olishlari zarur.
Amalda uydan birgalikda foydalanishning imkoniyati bo‘lmasa sud mulkdorga kompensatsiya to‘lash to‘g‘risidagi masalani hal qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkdorga foydalanishi uchun kirish-chiqish yo‘li alohida, shuningdek alohida bo‘lmagan yashash xonalari ajratib berilishi mumkin. Bunday holda, uyga nisbatan bo‘lgan umumiy mulk huquqi tugatilmaydi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Yordamchi imoratlar va qurilmalar (pillapoyalar, yo‘lak-dahlizlar, isitkich asboblar va shu kabilar) umumiy foydalanishda qoldirilishi mumkin.
20. Sudlar uyning oldi-sotdi, hadya va shu kabi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni hal etishda Fuqarolik kodeksining bitimlarning haqiqiy emasligiga oid normalariga amal qilishlari lozim.
Amalda yer uchastkasi sotilganligini niqoblash maqsadida tuzilgan oldi-sotdi, hadya, uy ijarasi shartnomalari va boshqa shartnomalar Fuqarolik kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar bilan haqiqiy emas deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sudlar uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va hokazo shartnomalarni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni ko‘rishda shuni e’tiborga olishlari lozimki, uyni begonalashtirishda, uyning avvalgi mulkdori bilan yordamchi imoratlarni buzish yoki ko‘chirib olib ketish haqida kelishilmagan bo‘lsa, ular uy bilan birgalikda yangi mulkdorga o‘tadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Shuni nazarda tutish kerakki, uy bilan bir butunlikni tashkil etuvchi xo‘jalik maqsadida qurilgan har xil imoratlar (omborxona, yozgi oshxona va shu kabilar) yordamchi imoratlar deb tushuniladi.
22. Uyga yoki uning qismiga bo‘lgan mulk huquqi buzilishi bilan bog‘liq talablarga Fuqarolik kodeksining 150-moddasida ko‘rsatilgan uch yillik umumiy da’vo muddati qo‘llaniladi.
Sudlar shuni e’tiborda tutishlari joizki, Fuqarolik kodeksi 153-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud hal qiluv qarori chiqargunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs mazkur qurilmaga mulk huquqini ololmaydi, FK 212-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan o‘zboshimcha qurilmaga mulk huquqini belgilash asosi va shartlari mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
25. FK 212-moddasining to‘rtinchi qismi talabiga ko‘ra, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, FK 212-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, nazarda tutilgan imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxs bilan ushbu yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgandagina o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish haqidagi da’vo sudda ko‘rishga tegishli bo‘ladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. FK 212-moddasining beshinchi qismi talabiga ko‘ra, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi FK 212-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bunday holda, sudlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblangan uyga nisbatan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rayotganda, ushbu qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzilishiga, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishiga olib kelmasligini aniqlashi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
27. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi 187-moddasining egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat to‘g‘risidagi normalari, uyga egalik qilish mazkur qonunda belgilangan muddat mobaynida shartnoma majburiyatlari (ijara, tekin foydalanish) asosida amalga oshirilgan hollarda qo‘llanilmaydi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqi vujudga kelishi bilan avvalgi mulkdor uyga bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotadi.
28. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining (Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi qarori asosida kiritilgan o‘zgartirishlar bilan) 9 va 10-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.