20.12.1996 yildagi 1/60-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining qarori, 20.12.1996 yildagi 1/60-son
Дата вступления в силу
20.12.1996
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUD HOKIMIYATI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipini joriy etdi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatning Asosiy Qonuni sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritishini eʼlon qildi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faqat mustaqil sud hokimiyati har bir fuqaroning vakolatli va xolis sudda ishni oshkora koʻrish orqali oʻzining buzilgan huquqlarini himoya qilishi mumkinligiga kafolat boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqil va xolis sudni talab qilish har bir insonning huquqidir. Bu huquq Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishlari bilan tanishish sud hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunlarga, asosan rioya qilinayotganligini, ammo ularning faoliyatida tushuntirishlar berishni talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga kelganligini koʻrsatdi.
(muqaddimasining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sud hokimiyati — bu sudlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga soʻzsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ishlarini va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha vakolatidir.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hokimiyati hujjatlarini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasining ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy nizo xususiyatiga ega boʻlgan har qanday masalalarni, shu jumladan, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan berilgan shikoyatlarni hal qilish huquqiga egadir
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasiga muvofiq, birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid boʻlishi mumkin emas.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonunga muvofiq sud muhokamasini qanday boʻlmasin cheklashlarga, bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatish, tahdid qilish yoxud sud faoliyatiga mansabdor shaxs yoki fuqaroning qay tarafdan va qanday masalada boʻlmasin aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmaydi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berilgan. Sudyalar qonunda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar (saylanadilar).
(3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning uchun ijro hokimiyatining mahalliy organlari roziligi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun davlat muassasalari, fuqaro va tashkilotlarga sudga hurmat bilan qarash majburiyatini yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyatining biron-bir idorasi sudga odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni yuklashi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga hurmatsizlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi va bu qonun bilan belgilangan tartibda jazolanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sudyadan ish boʻyicha u yoki bu qarorni qabul qilishga doir tushuntirishlar talab qilishga hech kim haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undan bunday tushuntirishlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud qarorining bekor qilinganligi yoki oʻzgartirilganligi faktining oʻzi sudyalardan tushuntirishlar berishni talab qilish uchun asos boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mansabdor shaxslarning sudga u yoki bu ishni hal qilish yuzasidan tavsiyalarini ifoda etib, yozma, elektron yoki ogʻzaki ravishda qilgan murojaatlari koʻrilmay qoldirilishi lozim. Sud tomonidan hal qilinadigan shikoyat va arizalarni davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa muassasalarning nazoratga olishi qonunda koʻzda tutilmagan. Sud qarorlari ustidan shikoyat berishga huquqi boʻlgan shaxslar doirasi va ularni koʻrib chiqish tartibi protsessual qonunlarda qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ommaviy axborot vositalari koʻrilayotgan ishlar boʻyicha oʻz xabarlarida sud qarori qanday boʻlishi lozimligi haqida fikr bildirishga yoki boshqacha usullar bilan ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning foydasini koʻzlab sudga taʼsir oʻtkazishga haqli emaslar. Bunda shuni unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq jinoyat sodir eganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yoʻli bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, u aybsiz hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga ulardan sud muhokamasini adolatli oʻtkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya qilishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsessual qonunchiligida mustahkamlangan sudda ishlarni yuritishda oʻzaro tortishuv prinsipiga muvofiq prokuror sud protsessida taraflardan biri hisoblanadi va protsessning boshqa taraflari bilan teng huquqlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ularning begʻarazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyaning taraflar vakillari, shuningdek, boshqa shaxslar bilan ishlarni muhokama qilishi uning begʻarazligini shubha ostiga qoʻyadi va shuning uchun bunga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudya faqat maslahatxonada ishni muhokamasida qatnashganda uni mazmunan hal qilishga doir fikrini bildiradi. Sudya, shuningdek, muayyan ishni hal qilish boʻyicha biron bir kishiga maslahat berishga va oʻz fikrini bildirishga haqli emas, chunki kelgusida bu ish uning hal etish doirasida boʻlib qolishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tushuntirilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar), harbiy sudlar yuqori turuvchi sudlarga faqat protsessual jihatdan boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha darajadagi sudlar sudyalari tegishli sud raislari va rais oʻrinbosarlariga faqat ishni tashkil etish masalalari boʻyicha boʻysunadilar.
(9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilgan mansabdor shaxslar sud ishlari boʻyicha sudyalarga yoʻllanma berishga, sudyalarni intizomiy tartibda jazolashga haqli emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalarga intizomiy jazo berishga faqat sudyalarning malaka hayʼati haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar qonunga muvofiq malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy malaka hayʼatiga, Sudyalar oliy malaka hayʼatining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga shikoyat berish huquqiga ega. Malaka hayʼatining qarori qonuniy kuchga kirmaguncha sudyani intizomiy tartibda jazolangan deb hisoblash mumkin emas;
(9-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya faqat oʻzi tomonidan bila turib qonunning buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilgan hollardagina intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu holatlarga sudyalarning malaka hayʼatlarigina baho berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 91-moddasiga muvofiq sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qonun sudyalarni senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati, siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari, siyosiy harakatlarda ishtirok etishlari, shuningdek sudyaning vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilmaydigan pedagogik, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlarini taqiqlaydi. Shu bilan birga sudyalar kasbiy faoliyatiga oid uyushmalarga birlashishlari mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muhim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hayʼatining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sudlar ishlarni va materiallarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga koʻra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi prinsipiga ogʻishmay rioya etishlari shart. Shuni nazarda tutish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi, xususiy mulk daxlsizdir. Shuning uchun sudlar ishlarni koʻrishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik himoya qilayotganligi va ularga rioya etayotganligini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida mulkdorga yetkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini koʻrishlari lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sud hokimiyati umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqib, sudlar har bir ish boʻyicha qonuniylikni va fuqarolarning huquqlariga rioya qilinishini taʼminlashlari hamda ularning har qanday buzilishiga zudlik bilan munosabat bildirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha sud tartiblariga, shu jumladan, har bir fuqaroning himoya huquqiga ogʻishmay amal qilinmogʻi lozim. Fuqarolarni asossiz jinoiy javobgarlikka tortish, noqonuniy hibsga olish va hibsda saqlash, jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik ishlatish yoki ishlatishga tahdid qilish bilan bogʻliq har bir holat tegishli ravishda baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirilsinki, bunday gʻayriqonuniy usullarni qoʻllab olingan har qanday dalillar yuridik kuchga ega emasdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga sudlar javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga qatʼiy amal qilishlari lozim.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sudya tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifani, nufuzni va sudga hurmatni shakllantiruvchi yuksak axloq-odob meʼyorlariga rioya qilinmasdan turib, sud hokimiyatini va sudya vakolatlarini amalga oshirish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya odob va axloqning umumeʼtirof etilgan qoidalarga amal qilishi, har qanday vaziyatlarda haqiqatparvar boʻlishi, sud hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obroʻ-eʼtiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va begʻarazligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi, oʻzining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishdan oʻzini saqlashi, huquq sohasida oʻzining kasb malakasini oshirib borishi, sud protsessida taraflarga sabr-toqatliligini va obroʻsini koʻrsatishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi shart.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1/60-son