Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
BUDJET TAShKILOTLARI XODIMLARINI BIR YOʻLA MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarining halol mehnatini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida hamda kirib kelayotgan Yangi – 2009-yil bayrami munosabati bilan:
1. 2008-yilning dekabr oyida budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari oylik lavozim maoshining 10 foizi miqdorida pul bilan bir yoʻla mukofotlansin.
2. Budjet tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla pul mukofotini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur mukofotni toʻlash tartibi va manbalarini belgilasin.
3. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlarga oʻz xodimlarini shaxsiy mablagʻlari hisobidan bir yoʻla mukofotlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-dekabr,
PF-4069-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 12-son, 692-modda)