Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.12.2008 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIShLOQ XOʻJALIGI EKINZORLARINING PAYHON QILINIShIGA QARShI KURAShIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qishloq xoʻjaligi ekinlarining payhon qilinishiga qarshi kurashishni tashkil etish va kuchaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini nazarda tutuvchi bir qator hujjatlari qabul qilindi. Qonun hujjatlarida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining payhon qilinishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkazilayotgan monitoring va tekshirishlar natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay ekinzorlarning payhon va nobud qilinishining koʻplab holatlari hanuzgacha davom etmoqda, bu don va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosilining koʻplab nobud boʻlishiga olib kelmoqda. Masalan, oʻtgan davrda qishloq xoʻjaligi ekinlari 2008-yil hosilining payhon va nobud qilinishiga doir 1600 tadan ziyod holat aniqlandi. Bunday holatlar Kasbi, Navbahor, Karmana, Mirzachoʻl, Yangiobod, Taxtakoʻpir, Shovot, Pastdargʻom, Yuqori Chirchiq, Sardoba, Gʻijduvon, Pop, Boʻz, Oxunboboyev, Qiziriq tumanlari va boshqa bir qator tumanlarda ayniqsa keng tarqalgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bularning hammasi qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va boshqa yerdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu tadbirlarning muhimligini toʻliq anglab yetmaslik va ularga yetarli baho bermaslik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek fermer xoʻjaliklari hamda boshqa yerdan foydalanuvchilar tomonidan zarur darajada va taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrilmayotganligi natijasida sodir boʻlmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari payhon qilinishi holatlarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirish va faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlarining ekinzorlar payhon qilinishiga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan qarorlarni bajarishga doir ishlari nihoyatda qoniqarsiz deb eʼtirof etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda chorva mollarini ekinzorlarda oʻtlatish va haydab oʻtkazish, avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasining ular orqali oʻtishi holatlariga hamda ekinzorlarning payhon va nobud qilinishiga olib keladigan boshqa qoidabuzishlarga qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinlarning payhon va nobud qilinishi holatlari sodir etilishi mumkin boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari atrofini toʻsish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinzorlar koʻplab payhon qilingan joylarda, yerdan foydalanuvchilarni jalb etgan holda kuzatish postlari tashkil qilsinlar. Dala nazoratchilari ish samaradorligini oshirsinlar, ularga xoʻjaliklar tomonidan ekin maydonlarini aylanib chiqishlari uchun zarur miqdorda miniladigan otlar ajratilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorva mollarining faqat maxsus ajratilgan joylarda oʻtlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar, ularning ekin maydonlari chetlarida oʻtlatilishini qatʼiyan taqiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda, jamoatchilikning saʼy-harakatlari bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan ekinzorlarning payhon boʻlishi holatlarini aniqlash va bunday qoidabuzishlarning oldini olish boʻyicha muntazam reydlarni tizimli asosda tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinzorlarning payhon va nobud qilinishi holatlari aniqlangan taqdirda chorva mollari, avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi yoki ekinzorlarni payhon va nobud qilishning boshqa vositalari egalarini aniqlash yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrsinlar hamda ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlik choralarini koʻrish uchun materiallarni tegishli organlarga taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Joylarda qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining payhon qilinishiga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, ichki ishlar viloyatlar boshqarmalari va tumanlar boʻlimlari boshliqlari, shuningdek tegishli tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 3-martdagi PQ-22-son qaroriga muvofiq, ekinzorlar payhon qilingan joyda ushlangan chorva mollarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga topshirilishi hamda ular faqat chorva mollari egasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralari qoʻllangandan soʻng va yetkazilgan zarar toʻliq undirib olingandan keyin qaytarib berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinzorlar payhon qilinishining oldini olish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tashkiliy-profilaktika tadbirlarini amalga oshirsin, profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun tegishli postlar tashkil qilsin, ekinzorlar payhon qilinishining har bir holati boʻyicha aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlik choralarini qoʻllasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli boʻlinmalar va xizmatlar saʼy-harakatlarini ushbu holatlar sodir boʻlishiga qarshi faol kurashishga safarbar etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinzorlarning saqlanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinzorlarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrmagan xoʻjalik rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Mahalla” respublika jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, tumanlar hokimliklarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarini jalb etgan holda, ekinzorlarning payhon va nobud qilinganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida amaldagi qonun hujjatlarini targʻib qilish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga ekinzorlarning payhon va nobud qilinganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlari payhon qilinishining oldini olish va ushbu holatlarga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning matbuot, radio va televideniye orqali muntazam yoritilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 10-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 497-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)