Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 08.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
yangitdan qurilgan hamda kapital rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini foydalanishga qabul qilish 4-ilovaga* muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan sifat standartlari va namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi;
* 4-ilova rus tilidagi matda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
TadbirlarIjro etish muddatlariMas’ul ijrochilar

I. Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish

1.Bolalar musiqa va san’at maktablarining yangi qurilishlari va kapital rekonstruksiya qilishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2008-yilning 1-sentabrigachaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
2.Bolalar musiqa va san’at maktablari kapital rekonstruksiya qilinishi davrida boshqa binolarda o‘quv jarayoni tashkil etilishining vaqtinchalik aniq jadvalini ishlab chiqish.har yili 1-sentabrgachaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi
3.Bolalar musiqa va san’at maktablarini musiqa asboblari, texnika vositalari, inventar va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2008-yilning 1-sentabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya
4.V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining binolari va inshootlarini ekspertizadan o‘tkazish, uning yakunlariga ko‘ra ularni kengaytirish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish uchun loyiha-sm�ta hujjatlarini ishlab chiqish.2008-yilning 1-sentabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
5.V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylaridagi mavjud musiqa asboblari, maxsus uskunalar, inventar hamda o‘quv mebellarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va uning yakunlariga ko‘ra ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish.2008-yilning 1-sentabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi,Madaniyat va sport ishlari vazirligi
6.Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilayotgan musiqa asboblari, jihozlari hamda o‘quv qurollari ko‘rgazmalarini tashkil etish.har yili 1-oktabrgachaXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
7.Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida 2007—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish Dasturi tadbirlarini amalga oshirish doirasida o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida olib boruvchi musiqa asboblarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ustaxonalarini tashkil etish.2009-yilning 1-yanvarigachaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Hunarmand” birlashmasi
8.Bolalar musiqa va san’at maktablariga musiqa asboblarini xarid qilish uchun tanlov savdolarini o‘tkazish.har yili 1-noyabrgachaIqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
9.Umumta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati va san’at” fani xonalarini 2004—2009-yillarda amalga oshirilayotgan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumta’lim dasturi parametrlariga muvofiq zarur texnik vositalar, musiqa asboblari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.2008-2009-yillarXalq ta’limi vazirligi
P. Bolalar musiqa va san’at maktablarini zamonaviy darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlash
1.Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati bilan bog‘liq mavjud o‘quv rejalari, namunaviy nizomlar va shtatlar, shuningdek normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2008-yilning 1-sentabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
2.Umumta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati va san’at” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartini, bolalar musiqa va san’at maktablari yo‘nalishlari, o‘quv dasturlari bo‘yicha davlat talablarini takomillashtirish.

2008-yilning 10-avgustigacha

Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
3.Bolalar musiqa va san’at maktablari uchun yangi avlod darsliklari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, notalar va materiallarni bosqichma-bosqich tayyorlash hamda chop etish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2008-yilning 1-noyabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi
III. Bolalar musiqa va san’at maktablarini mutaxassislar hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish
1.Madaniyat, san’at, musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tahlil qilish hamda uni tubdan yaxshilash, shuningdek bitiruvchilarni, ayniqsa qishloq joylardagi bolalar musiqa va san’at maktablariga jalb etish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.2008-yilning 1-sentabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.Respublika oliy o‘quv yurtlarining malaka oshirish markazlari va fakultetlarida, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish institutlarida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlarini, “Musiqiy madaniyat va san’at” fani bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va kengaytirish.2008-yilning 15-avgustigachaMadaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
3.Bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek umumta’lim maktablarini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2009-2010 o‘quv yilidan boshlab musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasiga kiritish.2009-yilning 1-mayigachaXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
4.2009-2010 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (kasb-hunar kollejlari)da musiqa asboblarini ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish.2009-yilning 1-mayigachaOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi
5.Bolalar musiqa va san’at maktablari pedagoglari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamas??a kiritish.2008-yilning 1-oktabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
IV. Bolalar musiqa va san’at maktablarining iqtidorli o‘quvchilarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish
1.Ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda kam tahminlangan va ko‘p bolali oilalardagi iqtidorli bolalarni to‘liq qamrab olish maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun ota-onalar tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov mexanizmini tadbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2008-yilning 1-sentabrigachaXalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi
2.Muntazam ravishda Respublika bolalar musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2008-yilning 10-avgustigachaXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
3.Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ishtirokida Respublika bolalar musiqa festivallari va tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish.muntazamXalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4.Davlat dasturi doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha bolalarda musiqa madaniyati va san’atga nisbatan kuchli qiziqishni shakllantira oladigan materiallarning OAVda chop etilishini tashkil etish. Ularning ijodiy muvaffaqiyatlari va yutuqlarini targ‘ib qilish, shuningdek milliy va jahon musiqa san’atining yuksak namunalaridan bahramand etish.muntazamXalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi