LexUZ sharhi
(4) 3-moddaga muvofiq tashkil etilgan Ekspertlar qo‘mitasi (bundan buyon matnda “Ekspertlar qo‘mitasi” deb nomlanadi) tomonidan o‘zgartirilgan va to‘ldirilgan, ushbu Bitimga ilova* qilingan sinflar va kichik sinflar ro‘yxati.
(5) Tovarlarning alifbo tartibidagi ro‘yxati va izohli yozuvlari 3-moddada belgilangan tartibda Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(6) Xalqaro tasnif 3-moddada belgilangan tartibda Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin.
(b) 5-moddada ko‘rsatilgan Assambleya belgilashi mumkin bo‘lgan boshqa tillardagi xalqaro tasnifning rasmiy matnlari Butunjahon intellektual mulk tashkilotini (bundan buyon matnda — “Tashkilot”) ta’sis etish konvensiyasida ko‘rsatilgandek Intellektual mulk xalqaro byurosi (bundan buyon matnda — “Xalqaro byuro”) bilan tegishli hukumatlar maslahatlashgandan so‘ng tuziladi.
(1) Ekspertlar qo‘mitasiga 1-moddaning (4), (5), (6)-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar yuklatilgan. Maxsus ittifoqning har bir davlati, protsedura qoidalariga muvofiq, o‘z faoliyatini tashkil etuvchi Ekspertlar qo‘mitasida vakillik qiladi, uning vakili oddiy ko‘pchilik ovoz bilan tanlanadi.
(2) (a) 3-moddaning qoidalariga binoan, Assambleya:
(vii) 3-moddada ko‘zda tutilgan Ekspertlar qo‘mitasidan qat’i nazar, Maxsus ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblagan boshqa ekspert qo‘mitalari va ishchi guruhlarni tuzadi;
(ix) 5 — 8-moddalarga tuzatishlarni tasdiqlaydi;
(c) (b)-kichik bandining qoidalariga qaramay, agar biron bir sessiyada vakillik qilingan davlatlar soni yarmidan kam bo‘lsa-da, lekin Assambleyaga a’zo davlatlarning uchdan bir qismiga teng yoki ko‘p bo‘lsa, Assambleya qaror qabul qilishi mumkin; ammo, Assambleyaning barcha qarorlari, o‘z tartibiga tegishli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina kuchga kiradi. Xalqaro byuro Assambleya sessiyasida bo‘lmagan a’zo davlatlariga qarorlarni taqdim etadi va ularni qarorlar yuborilgan sanadan boshlab, ular ovoz berishsa yoki qarshi bo‘lsa ham, betaraf qolsa ham, uch oy ichida yozma ravishda xabar berishga taklif qiladi. Agar bu muddat tugagandan so‘ng, ovoz bergan yoki betaraf qolgan davlatlar soni hech bo‘lmaganda sessiyaning o‘zida kvorumga erishish uchun yetarli son bo‘lmagan bo‘lsa, zarur bo‘lgan ko‘pchilik ovoz bilan bunday qarorlar kuchga kiradi.
(d) 8-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olgan holda, Assambleya ovoz berganlarning uchdan ikki qism ovozi bilan qaror qabul qiladi.
(3) (a) Xalqaro byuro, Assambleyaning ko‘rsatmasiga binoan, 5 — 8-moddalarda ko‘rsatilgan qoidalar bundan mustasno, Bitim qoidalarini qayta ko‘rib chiqish uchun konferensiyalar tayyorlaydi.
(4) (a) (3) (i)-bandiga muvofiq budjetga qo‘shiladigan hissani aniqlash uchun Maxsus ittifoqning har bir davlati Sanoat mulkini himoya qilish bo‘yicha Parij ittifoqi bilan bir xil sinfga kiradi, har yili o‘z hissasini ushbu Ittifoq uchun belgilangan birliklar soni bo‘yicha to‘laydi.
(b) (a)-kichik bandda ko‘rsatilgan davlat ham, Tashkilot ham kredit majburiyatini yozma ogohlantirish orqali bekor qilishga haqli. Bekor qilish bunday xabarnoma yuborilgan yil tugaganidan uch yil o‘tgach kuchga kiradi.
(1) 5, 6, 7-moddalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar Maxsus ittifoqning har qanday davlati yoki Bosh direktori tomonidan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Assambleyada ko‘rib chiqilishidan kamida olti oy oldin Maxsus ittifoq a’zo davlatlariga yuboriladi.
(2) (1) bandda ko‘rsatilgan moddalarga kiritilgan har qanday o‘zgartishlar Assambleya tomonidan tasdiqlanadi. Ularni qabul qilish uchun ovozlarning to‘rtdan uch qismi kerak; ammo, 5-modda va bu bandga o‘zgartishlar kiritish uchun ovozlarning beshdan to‘rt qismi kerak.
(3) (1) bandda ko‘rsatilgan moddalarga kiritilgan har qanday o‘zgartish Bosh direktor Maxsus ittifoq a’zosi bo‘lgan davlatlarning, o‘z konstitutsiyaviy qoidalariga muvofiq, to‘rtdan uchidan uning qabul qilinganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’qullagani to‘g‘risida xabar olganidan keyin bir oy o‘tgach kuchga kiradi. Shu tarzda qabul qilingan yuqoridagi moddalarga kiritilgan har qanday o‘zgartish kuchga kirgan vaqtda Maxsus ittifoq a’zolari bo‘lgan yoki keyinchalik Maxsus ittifoq a’zolari bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiy bo‘ladi. Ammo, Maxsus ittifoqqa a’zo davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiradigan har qanday o‘zgartirish faqat bunday tuzatish qabul qilinganligini bildirgan davlatlar uchun majburiy bo‘ladi.