Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA AHOLISINI MAMLAKATIMIZDA IShLAB ChIQARILGAN QAND-ShAKAR BILAN TAʼMINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada qand-shakar ishlab chiqarish va sotishni koʻpaytirish hamda “Xorazm Shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyatini moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Xorazm Shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyati istisno tariqasida 2009-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, mexanizmlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
oʻzi ishlab chiqargan tayyor mahsulotni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 210-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 380-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-mart,
52-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 73-modda; 37-38-son, 380-modda)